Annotatsiya. Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlarini tarqalish ehtimolligini bashoratlash va ulardan himoyalash usuli va modellarini takomillashtirishga bag'ishlangan



Yüklə 25,21 Kb.
səhifə1/2
tarix20.12.2023
ölçüsü25,21 Kb.
#187291
  1   2
Ijtimoiy tarmoqlarda axborot


Ijtimoiy tarmoqlarda axborot
xurujlari va tahdidlar
AXMEDOVA NIGINA
A.Qodiriy nomidagi
JDPU ‘XORIJIY TILLAR’
FAKULTETI
740-23 GURUH TALABASI
Annotatsiya. Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlarini tarqalish ehtimolligini bashoratlash va ulardan himoyalash usuli va modellarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda buzg'unchi ma'lumotlarni tarqatish mexanizmiga qarab axborot xurujlarining tarqalish darajasi bo'yicha ehtimoliy taxminlarni olishga imkon beruvchi matematik modellar takomillashtirilgan.


Kalit so’zlar. ‘ ommaviy madaniyat’transformatsiya,integratsiya,diffuziya,demografiya, vahimali maʼlumotlar, : axborot xavfsizligi, kiberxujum, kiberjinoyatchi, ijtimoiy tarmoqlarning arxitekturasi.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoq va messenjerlar “Ommaviy madaniyat” targʻibotida yetakchi oʻrinlarni egallab kelmoqda. Bu hol odob-axloq, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat pasayishi kabi koʻplab noxushliklarni keltirib chiqaryapti. Yoshlarning hayosizlarcha kiyinishi, tanalariga rasm chizdirishi, quloq va burunlarini teshib, “zirak” taqib olishlari, qiz bolalarning oʻgʻil bolalarga oʻxshab kiyinishi kabi “moda” unsurlari aynan internet orqali yoyilayotgani aniq. Internetdagi gʻoyaviy tuzoqlar goʻyo madaniyatga oʻxshashi va yoshlarga moydek yoqishi bilan ham xatarlidir. Insoniy axloqda ters olomoncha madaniyat ayrim yoshlar ongiga chang solib, maʼnaviyat kushandasiga aylanmoqda. Achinarlisi, mazkur “madaniyat” taʼsiriga berilib qolganini yoki uning qurboniga aylanayotganini koʻpincha yoshlar oʻzlari sezmaydi. Global axborot tizimidagi xabarlarni “filtrsiz” qabul qilish oqibatida yoshlar ongi zaharlanmoqda. Masalan, biror kerakli maʼlumotni olish maqsadida saytga kirgan yoshlarning “falonchi mashhur shaxs halokatga uchradi” kabi shov-shuvli eʼlonga koʻzi tushadi va beixtiyor uni ochadi. U yerda esa yana bir sayt ochiladi va unda aldamchi xabarlarning davomini oʻqiydi. Shu tariqa gʻoʻr yoshlar gʻalamislarning tuzogʻiga ilinadi. Bunday jirkanch “madaniyat” taʼsiriga berilgan oʻsmir loqayd, hayotga yengil-yelpi qaraydigan, yurt ravnaqi va xalq tinchligiga befarq kimsa boʻlib ulgʻayadi. Shuningdek, “ommaviy madaniyat” tuzogʻiga ilingan bolalar inson istagan ishini qilaverishi mumkin, deb biladi, yaʼni oʻtaketgan manqurtga aylanib qoladi. Ijtimoiy tarmoqlarning oila va jamiyat barqarorligiga solayotgan eng katta tahdidlaridan yana biri – ulardagi muloqotlar sababli koʻplab tinch-totuv oilalar barbod boʻlib ketayotganidir.


Ijtimoiy tarmoqlardagi madaniy transformatsiya, integratsiya va diffuziya madaniy elementlar, gʻoyalar, qadriyatlar va amaliyotlarning qanday oʻzgarishi, boshqa madaniyatlar bilan aralashishi va onlayn ijtimoiy platformalarda tarqalishini anglatadi. Ijtimoiy tarmoqlar madaniy oʻzaro taʼsirlar uchun kuchli kanalga aylandi, bu turli xil kelib chiqishiga ega boʻlgan shaxslarning qanday bogʻlanishi, muloqot qilishi va madaniy oʻziga xosliklarini baham koʻrishiga taʼsir qiladi. Bu jarayonlar ijtimoiy tarmoqlarda qanday sodir boʻladi: Ijtimoiy tarmoqlarda madaniy transformatsiya, integratsiya va diffuziya Ijtimoiy tarmoqlar odamlarga turli madaniyatlarning yangi gʻoyalari va istiqbollarini ochib berish orqali madaniy transformatsiyalarda muhim rol oʻynashi mumkin. Turli mazmun va oʻzaro aloqalarga taʼsir qilish mavjud madaniy meʼyorlar va eʼtiqodlarga qarshi chiqishi mumkin, bu esa madaniy moslashuv va transformatsiyalarga olib keladi. Masalan, foydalanuvchilar boshqa madaniyatlarning jihatlarini qabul qilishlari (multikulturalizmni) yoki boshqalar bilan oʻzaro munosabatlar taʼsirida yangi madaniy amaliyotlarni ishlab chiqishlari mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar madaniy almashinuv uchun virtual maydonni taqdim etadi, bu yerda shaxslar madaniyatlararo suhbatlarda qatnashishi, anʼanalarni baham koʻrishi va madaniy tadbirlarni birgalikda nishonlashi mumkin. Ushbu almashuv madaniy xilma-xillikni oʻzaro tushunish, qadrlash va hurmat qilishni rivojlantiradi. Ijtimoiy tarmoqlar oʻz-oʻzini ifoda etish va oʻxshash odamlar bilan aloqa qilish uchun platforma taklif qilish orqali odamlarning madaniy oʻziga xosligiga taʼsir qilishi mumkin. Foydalanuvchilar oʻzlarining madaniy oʻziga xosliklari, merosi va qadriyatlarini ochiqchasiga taʼkidlashlari va nishonlashlari mumkin, bu madaniy gʻurur va imkoniyatlarni oshirishga hissa qoʻshadi. Ijtimoiy tarmoqlar madaniy harakatlar va ijtimoiy faollikni kuchaytirishi mumkin. Turli madaniyatlarga mansub odamlar madaniy muammolarni hal qilish, ijtimoiy oʻzgarishlarni ragʻbatlantirish, madaniy meros va saqlash haqida xabardorlikni oshirish uchun onlayn tarzda birlashishi va safarbar etilishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar koʻp tilli muloqotni taʼminlaydi, til toʻsiqlarini yoʻq qiladi va madaniyatlararo muloqotni ragʻbatlantiradi. Shaxslar turli tillardagi kontent bilan shugʻullanishlari, til almashinuvini va oʻrganish imkoniyatlarini rivojlantiradi.
Keyingi paytlarda internet bilan bogʻliq buzgʻunchiliklar, global tarmoqdan qabih maqsadda foydalanayotganlar koʻpayib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqda axborot almashinuvi prinsipi maʼlum bir onlayn ijtimoiy platforma doirasida foydalanuvchilar oʻrtasida maʼlumot almashish, tarqatish va qabul qilish boʻyicha tizimli tadqiqot va tahlilni oʻz ichiga oladi. Ushbu tamoyilni tushunish uchun bir nechta asosiy jihatlarni hisobga olish kerak: Foydalanuvchining xatti-harakati: foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilish ijtimoiy tarmoqda maʼlumotlar almashinuvini tushunish uchun juda muhimdir. Bunga foydalanuvchilarning postlar bilan qanday munosabatda boʻlishlari, kontent bilan shugʻullanishlari (yoqtirish, fikr bildirish, baham koʻrish) va boshqa foydalanuvchilar bilan qanday aloqa oʻrnatishni oʻrganish kiradi.
Tadqiqotchilarning ijtimoiy tarmoq haqidagi xulosasiga koʻra, yaqin oʻtmishdagi avlod vakillari muloqot vositasi sifatida sms xabarlarini afzal koʻrishgan boʻlsa, hozirgi avlod onlayn tartibidagi suhbatlarni ustun qoʻymoqda. Soʻrovnomada ishtirok etgan vakillarning aksariyati ijtimoiy tarmoqdagi suhbatni turli ziyofat va uchrashuvlar, musiqa va doʻstlar davrasidanda ustun qoʻyishi maʼlum boʻldi. Mavzuga doir navbatdagi fakt bundan xam oʻtib tushadi. Vashington universiteti professori Frederik Zimmerman 4 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan 1266 nafar bola oʻrtasida tadqiqot oʻtkazib, bunday xulosaga keldi: “Aslida boladagi jizzakilik, jahldorlik, betkachoparlik holati vahshiy televideo, kompyuter o’yinlari taʼsirida emas, ota-onaning beparvoligi bois kelib chiqadi. Go’dak oʻziga shu tarzda eʼtibor tortishga urinadi. Ota-onasidan topa olmagan mexrni mitti qalb, albatta, “temir qutilar”dan izlaydida!” Bu jarayon hayotimizda oʻz aksini topmoqda. Masalan, ijtimoiy tarmoqlar nafaqat yoshlarning asosiy vaqtini oʻtkazuvchi, balki ommaviy axborot vositalarining oʻrnini bosuvchi vositaga aylandi. Endi odamlar biror voqea sodir boʻlsa, ushbu xabarni internet orqali anʼanaviy OAVda eʼlon qilinmasidan oldin olmoqda. XXI asrda maʼnaviy, mafkuraviy va axborot omillarining taʼsir kuchi moddiy va moliyaviy resurslarga nisbatan koʻproq koʻzga tashlanmoqda. Ushbu jarayonda shu paytgacha asosiy rolni OAV bajargan boʻlsa, bugun bu vazifani ijtimoiy tarmoqlar toʻlaqonli ravishda bajarib kelmoqda. Ammo bir qancha ijobiy tomonlari bilan birga ijtimoiy tarmoqlarning xavfli tomonlari ham kun sayin ortib bormoqda. Shu nuqtai nazardan keng jamoatchilikning qiziqishiga sabab boʻlayotgan, baʼzi oʻrinlarda tashvishga solayotgan, inson ruhiyati, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlarga oʻzini yetarlicha taʼsirini koʻrsatayotgan ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi, ayni paytda dunyo miqyosida ommalashuvi va albatta uning salbiy jihatlari alohida tadqiq qilishni talab etadigan masaladir.
Statistik maʼlumotlarga koʻra 2020 yilda Oʻzbekiston aholisining soni 34 milliondan ortiq boʻlib, internet foydalanuvchilarning soni 22 millionga yetdi. Ularning 85 foizidan ortigʻi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. Yuqoridagi koʻrsatkichlardan shuni xulosa qilish mumkinki, bugungi kundagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari juda katta auditoriyani tashkil etadi. Bugun dunyoda jadal surʼatlar bilan axborot urushlari ketmoqda. Bu urushdagi qurol ham, qalqon ham faqat axborot, faqat maʼlumotdir. Axborotlar makoni esa internetdir. Ijtimoiy tarmoqlar esa barcha turdagi axborotlarni tarqatishning eng qulay vositachisi hisoblanadi. Chunki zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning asosiy ustunligi muloqot erkinligi hisoblanadi. Buning oqibatida ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan xavflar bugun har bir mamlakat uchun global muammoga aylandi. Shu nuqtai nazardan bir narsani taʼkidlab oʻtish lozim. Axborot xavfsizligi, bugungi kunda milliy xavfsizlikning muhim bir qismidir. Ijtimoiy tarmoqlarni mutlaqo nazoratsiz qoʻyish real dunyoda koʻplab buzgʻunchiliklarni keltirib chiqarmoqda
Vahimali maʼlumotlar internet foydalanuvchilari oʻrtasida juda tez tarqaladi. Bu kabi maʼlumotlarda mintaqaviy yoki global miqyosda insonlar hayotida keskin, qutqarilib qolish oʻta mushkul va hatto iloji yoʻq boʻlgan voqelik boʻlishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqatiladi. Bunday mishmishlardan maqsad maʼlum bir mamlakat yoki mintaqa aholisida targʻibot orqali mamlakatda notinchlik tugʻdirish va moddiy manfaatdorlik koʻrishdir. Bugun dunyoda siyosiy va diniy radikalizm, ekstremizm, qurol va odam savdosi, terrorizm, ogʻufurushlik, etnik hamda millatlararo ziddiyatlar ijtimoiy tarmoqlar orqali vujudga kelayotganiga bejiz alohida eʼtibor qaratilmayapti. Shu mavzu nuqtai nazaridan bir narsani alohida taʼkidlab oʻtish kerakki, ijtimoiy tarmoqlarning mamlakat xavfsizligi va barqarorligidagi roli ortib bormoqda. Liviya, Misr, Ukraina, Suriya, kabi mamlakatlarda roʻy bergan mudhish voqealarning boshlangʻich qoʻzgʻatuvchi nuqtasi ijtimoiy tarmoqlar deb koʻrsatilmoqda. Bu bejiz emas, yuqoridagi mamlakatlar yoshlariga internet orqali avvaliga chetdan turib «demokratiya» qurishga koʻmaklashuvchi «xolislar» yoshlarda amaldagi tuzumga nisbatan norozilik kayfiyatini uygʻotgan. Bunday muammolarni bartaraf etish maqsadida filtrlarni qoʻllash va internetdan foydalanishni cheklash doim ham koʻzlangan maqsadga olib kelmaydi. Bu borada eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihat, avvalo, axborot tarqatishga moʻljallangan saytlar faoliyatini takomillashtirish, milliy elektron axborot resurslarimizni boyitish va milliy ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish zarur boʻladi. Hozirda gʻoyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy, badiiy, sport, harbiy-vatanparvarlik va boshqa yoʻnalishlarda milliy axborot resurslarini rivojlantirish asosiy talabga aylangan. Chunki axborot ummonida asosiy obyekt inson ongi hisoblanadi. Agar fuqarolarning axborot ehtiyoji qondirilmasa, u boshqa manba qidiradi, uni boshqalar qondiradi. Natijada axborot oluvchi internetning salbiy axborotlar ummoniga kirib qolishi mumkin. Shuning uchun ham asosiy axborot manbaiga aylanib borayotgan ijtimoiy tarmoqlarga katta eʼtibor qaratishimiz va milliy ijtimoiy tarmoqlarimizni rivojlantirishimiz zarur
O'zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va ularni jamiyat faoliyatining barcha sohalarida amalga oshirish axborot xavfsizligi tizimlarini joriy etishni o'z ichiga oladi. Buning sababi zamonaviy texnologiyalar paydo bo'lishi bilan turli xil tahdidlar virtual muhitda jadal rivojlanmoqda. Va mavjud axborot xavfsizligi texnologiyalari eskirmoqda. So'nggi bir necha yil ichida bu hodisa ancha sezilarli bo'lib qoldi. "Kiberjinoyatchining asosiy istagi tahdidlar amalga oshirilishidan foyda olish va texnologiya qancha ko'p imkoniyatlar yaratsa, ular (kiberjinoyatchilar) o'z niyatlarini amalga oshirishda shuncha ko'p imkoniyatlarga ega bo'lishadi." So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligi quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirilmoqda.
Bu:
1. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va rivojlantirish.
2. Axborot xavfsizligini ta'minlash dasturiy ta'minotini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Xalqaro ta'sir o'tkazish va boshqa mamlakatlar bilan ilg'or tajribalarni almashish. Yuqorida aytib o'tilganlarga qaramay, axborot xavfsizligi sohasida zarur choralarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish masalalari haligacha dolzarb bo'lib turibdi


Yüklə 25,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin