Antibiotikla r



Yüklə 38,18 Kb.
səhifə1/7
tarix04.01.2023
ölçüsü38,18 Kb.
#78432
  1   2   3   4   5   6   7
A N T I B I O T I K L A R


A N T I B I O T I K L A R
REJA:
1. Antibiotiklar haqida tushuncha.
2. Antibiotiklarning ta’sir etish mexanizmi.
3. Zamburug’lardan olinadigan antibiotiklar.
4. Bakteriyalardan va aktinomitsetlardan olinadigan antibiotiklar.
5. Hayvonlardan olinadigan antibiotiklar.
6. Yuqori o’simliklardan olinadigan antibiotiklar.
Antibiotiklarni (grekcha so’z bo’lib «anti» — qarshi, «bios» — hayot degan ma’noni anglatadi) ko’pincha qancha roqda yashoovchi aktinomitsetlar, mog’orlar, sporalik va sporasiz mikroblar, o’simliklar va hayvon organizmlari hosil qiladi.
Antibiotiklar bir qator sezgir mikroblarga ta’sir etib, ularning rivojlanishini va bioximiyaviy aktivligini pasaytiradi. Antibiotiklarniig mikroblarga ta’siri har xil bo’lishi mumkin. Bir xil antibiotiklar mik­roblarga ta’sir etib, ularning ko’payishiga yo’l qo’ymaydi. Antibiotikning bunday ta’sir etishi bakteriostatik ta’­sir deyiladi. Antibiotiklar mikroblarga kuchli ta’sir etib, ularni uldirishi ham mumkin. Antibiotikning bun­day ta’sir etishi bakteritsid ta’sir etish deyiladi. Ayrim antibiotiklar mikrobni eritib yuborishi ham mumkin, bunday ta’sir etish bakteriolitik tasir etish deyiladi. Gramm-musbat bakteriyalarga ta’sir etuvchi antibiotiklar bilan bir qatorda gramm-manfiylarga ham ta’sir etuvchi antibiotiklar bor. Agarda antibiotiklar gramm-manfiy va gramm-musbat mikroblarning ko’pchilik turlariga ta’sir etsa, bu bakteriyalarga keng kulamda ta’sir etuvchi antibiotiklar deyiladi, aksincha, oz turdagi mik­roblarga ta’sir etsa — oz kulamda ta’sir etuvchilar deyiladi.
Rus olimi V. A. Manassein (1871) yashil mog’orning bakteriyalarga ta’sir etishini o’z tajribalarida tasdiqlangan. 1872 yilda esa A. G. Polotebnov yiringli yaralarni yashil mog’or bilan davolagan. M. G. Tartakovskiy (1904) tovuqlarning pasterellez kasalligini penitsilium mog’orining mahsuloti bilan davolagan. Angliyalik olim Fleming (1928) oziq muhitida rivojlangan yashil mog’or atrofida stafilokokklarning rivojlanib o’smaganligi, ya’ni ulariing antagonizminn aniqlagan. Sut kislotasi hosil qiluvchi mikroblar sut kislotasi hosil qilishdan tashqari, ulardan yuqori temperatura va kislotalarga chidamli va ko’pchilik mikroblarga halokatli ta’sir etuvchi antibiotiklar tayyorlanadi.
Hozirga qadar necha yuzlab antibiotiklar topilgan bo’lsa ham, bulardan meditsina va veterinariyada atigi bir necha o’n turi ishlatilmoqda; buning sababi shuki, ko’pchilik antibiotiklar zaharli xususiyatga ega bo’lib, kasallikni davolaganda ularni qo’llash mumkin emas. Mog’or zamburug’ning penitsillium va aspergillium gruppalaridan aktiv antibiotiklar tayyorlanadi. Penitsillium mog’oridan penitsillin (kristall holdagi, kaliy tuzli, fenoqsimetillin, bitsillin va boshqalar), aspergillium mog’oridan aspergillin, fumigatsin, klavatsin antibiotiklari tayyorlanadi.
Nursimon zamburug’lar hosil qiluvchi antibiotiklardan srteptomitsin, biomitsin, aureomitsin, xlormitsetin, terramitsin, eritromitsin, neomitsin gruppasi (kolimitsin, mitserin, monomitsin) juda aktiv bo’ladi.
Batsitratsin, polimiksin, gramitsidin va subtilin bakteriyalar ishlab chiqaruvchi antibiotiklarga kiradi. Bu antibiotiklarning mikroblarga ta’sir etishi zamburug’lardan olinadigan antibiotiklarga nisbatan ancha kuchsizdir. Hayvon organizmidan olinadagan antibiotiklar qo’yidagilardan iborat: qondan – eritrin, baliq to’qimalaridan – ekmolin, organizmning turli to’qima va suyuqliklaridan (sutda, qon zardobida, tuxumda, so’lakda, ko’z yoshida va boshqalardan) lizotsim antibiotiklari hosil bo’ladi.
O’simliklar organizmidan olinadigan antibiotiklar fitontsidlar deyiladi. Hayvon organizmi va o’simliklardan olinadigan antibiotiklar hozircha to’liq o’rganilmagan, shu sababli ular juda kam qo’llaniladi.
Antibiotiklarning ximiyaviy tuzilishi har xildir. Ba’zi bir xillarining ximiyaviy tuzilishi hali aniqlanmagan. Bir qancha antibiotiklar kristall holda olingan bo’lib, ximiyaviy formulasi aniqlangan. Masalan, xlormitsetindan sun’iy sintezlash bilan sintomitsin va levomitsetin antibiotiklari tayyorlangan.
Antibiotiklarning aktiv ta’sir etish birligi «YeD» bilan aniqlanadi. «YeD», ya’ni ta’sir etish birligi – bu antibiotikning aktivligini ko’rsatadigan miqdordir. Halqaro ta’sir etish birliklari mavjud. Masalan: penitsillinning bir halqaro ta’sir etish birligi 0,6 mkg ga, streptomitsinning — 1 mkg ga va biomitsinning — 0,001 mkg ga teng.

Yüklə 38,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin