Aqsh ning geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari Reja



Yüklə 312,67 Kb.
səhifə1/2
tarix08.06.2023
ölçüsü312,67 Kb.
#126935
  1   2
AQSH ning geografik o



AQSH ning geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari
Reja:
1. AQSH ning geografik o’rni, maydoni
2. AQSHning aholisi
3. AQSHning tabiiy sharoiti va resurslari.

Atlantika okeanining AQSh qirgʻogʻida koʻrfaz va qoʻltiqlar juda koʻp, sohillari asosan pasttekislikdan iborat; eng katta yarim orol — Florida. Mamlakat relyefi uch turga boʻlinadi. Gʻarbdagi Kordilyera togʻ tizmasi AQSh hududining uchdan bir qismini egallaydi. Tinch okean sohili baland togʻlar (Alyaska tizmasida AQSh va butun — 6194 m balandlikdagi Mak-Kinli choʻqqisi joylashgan; bundan tashqari Qirgʻoqboʻyi tizmalari va Kaskadli togʻlar, Syerra-Nevada togʻlari bor). Sharqiy mintaqani Qoyali togʻ tizmalari egallagan. Mazkur ikkala togʻli mintaqa oraligʻida Kolumbiya va Kolorado platolari bor. Katta Havza choʻl yassi togʻliklarini chuqur daralar bir-biridan ajratib turadi. Sharqda uncha baland boʻlmagan Appalachi togʻlari (balandligi 2037 m gacha, Mitchell togʻi) boʻlib, uni torgina Atlantika boʻyi pasttekisligi okeandan ajratib turadi. Kordilyera bilan Appalachi oʻrtasida Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar (yoki Preriy platosi) va Meksikaboʻyi tekisliklarini oʻz ichiga olgan ichki tekisliklar joylashgan. Shim.da suv-muz shaklidagi relyefli Lavrentiy tepaligining bir qismi joylashgan. AQSh — foydali qazilma zaxiralari va xilma-xilligi jihatidan dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri. Koʻmir, neft, gaz, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, uran, temir, titan rudalari, simob, oltin, molibden, volfram, fosforit konlari mavjud. Tosh va kaliy tuzlari, oltingugurt va boshqa minerallar ham bor. AQSh hududining deyarli hammasi moʻ`tadil va subtropik mintakalarda, Alyaska — subarktika, Floridaning janubiy qismi tropik mintaqalarda joylashgan. Mamlakatning shimoli-sharqiy va sharqiy qismlari iqdimiga iliq Golfstrim oqimi, Tinch okean sohili iqlimiga sovuq Kaliforniya oqimi anchagina taʼsir oʻtkazadi. Hudud yuzasining tuzilish xususiyatlariga koʻra shimoliy va janubiy mintaqalar oʻrtasida havoning faol almashinuvi munosabati bilan ob-havo tez-tez oʻzgarib turadi. AQSh ichki mintaqalarining iqlimi — kontinental, Kordilyera ichki hududlarida keskin kontinental. Bismark shahrida (Shimoliy Dakota shtati) yanvarning oʻrtacha harorati −19’, iyulda 21°, Chikago shahrida yanvarda −3,7° va iyulda 32, G. Meksikaboʻyi pasttekisligi va Atlantika boʻyi pasttekisligining janubiy qismida subtropik iqlim. Yangi Orlean shahrida yanvarning oʻrtacha harorati 12°, iyulda 27,4°. Atlantika boʻyi sohilining shimoli-sharqiy qismi va Tinch okean boʻyi sohilining shimoliy qismida — dengiz iqlimi. NyuYorkda yanvarning oʻrtacha harorati −0,8°, iyulda 23". Tinch okean sohilining janubida Oʻrta dengizga oʻxshash iqlim, Kordilyera janubiy qismining ichki tumanlarida juda issiq va qurgʻoqchil. Havoning eng past harorati (-64° gacha) Yukon yassi togʻligi (Alyaska)da, eng yuqori harorati esa (50°) Ajal vodiysi (Kaliforniya)da kuzatilgan.



Oʻrtacha yillik yogʻin Alyaskaning janubi-sharqida va Vashington shtatining gʻarbida — 3000-4000 mm, mamlakatning janubi-sharqida — 1500-2000 mm, ichki tekisliklarda — sharqda 1 500 mmdan gʻarbda 3 000 mm gacha. AQShning koʻp daryolari Atlantika okeani havzasiga quyiladi. Mamlakat hududidan dunyoning eng yirik daryo tizimlaridan biri — Missuri bilan Missisipi daryosi oqib oʻtadi. Appalachidan oqib kelib Atlantika okeaniga quyiladigan daryolar (Gudzon, Potomak va boshqalar) — qisqa, tez va sersuv. Kordilyeraning daryo tarmogʻi siyrakroq. Bu yerdagi Kolumbiya, Kolorado kabi soylar chuqur daralardan oqib oʻtadi. Mamlakat shimolida, Kanada chegarasida Buyuk koʻllar (Yuqori koʻl, Guron, Michigan, Eri, Ontario) bor. Katta Havza togʻida Katta Shoʻr koʻl, Floridada koʻpdan-koʻp sayoz koʻl va qoʻltiqlar, Alyaskada muzliklardan hosil boʻlgan tektonik koʻllar, jumladan, Iliamna koʻli bor. Ichki suvlardan sanoat va kommunal suv taʼminoti, kema qatnovi, sugʻorish va gidroenergiya manbai sifatida barakali foydalaniladi. Tuproq qoplami xilma-xil. Shimoli-sharqda serajriq podzol (kulrang) va qoʻngʻir oʻrmon tuproq, janubi-sharqda qizgʻish va sargʻish tuproq, Ichki tekisliklarda qoramtir preriy, qoratuproq va toʻq sur, Kordilyeraning togʻ oraligʻi platosida quruq dashtlarning kulrang va och sur tuproqlari. Mamlakat shimoli-sharqida aralash va qaragʻay oʻrmonlari, janubida keng bargli, Tinch okean sohili va Kordilyera yon bagʻirlarida igna bargli oʻrmonlar ustun. Markaziy tekisliklarning gʻarbidagi ayrim joylarda oʻtsimon preriy oʻsimlikzorlari, Buyuk tekisliklar, Kordilyera platosi va vodiylarida quruq dashtlarning oʻsimliklari saqlanib qolgan. Kordilyera yassi togʻligining qurgʻoqchil qismini yarim choʻl va choʻllar egallaydi. Muhofazaga olingan yirik tabiat obyektlari orasida Iyellouston milliy bogʻi, Yosemit milliy bogʻi, Sekvoyya, Grand-Kanon milliy bogʻlari, Mamont va Karlsbad gʻorlari bor.
Maydoni –9519,4 ming km2. Aholisi (2018-y.) 328 mln. Poytaxti – Vashington.
Amerika Qo‘shma Shtatlari jahon mamlakatlari orasida maydoni jihatidan 4-, aholisi soni bo‘yicha esa 3-o‘rinda turadi. Shuningdek, AQSH iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ilmiy-texnologik qudrati bo‘yicha zamonaviy jahonning yetakchi davlatlaridan biridir. AQSH hududi 3 qismdan iborat: Shimoliy Amerika materigining o‘rta qismidagi kontinental shtatlar, Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbida joylashgan Alyaska hamda Tinch okeandagi Gavayi orollari. 
AQSH 3 ta – Atlantika, Tinch va Shimoliy Muz okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. U quruqlikda faqat Kanada va Meksika bilan chegaradosh. AQSH va Kanadaning chegarasi jahon bo‘yicha ikkita davlat o‘rtasidagi eng uzun chegara hisoblanadi. Bering bo‘g‘izi orqali AQSH Rossiya bilan chegaradosh.
AQSH – prezidentlik respublikasi: prezident davlat va hukumat rahbari hisoblanadi. Siyosiy-hududiy tuzilishi nuqtayi nazaridan, AQSH 50 ta shtat va Kolumbiya federal poytaxt okrugidan iborat federatsiyadir. 48 ta shtat hamda Kolumbiya okrugi (Vashington shahri) kontinental shtatlar hududida joylashgan, 49-shtat Alyaska, 50-shtat esa Gavayi hisoblanadi.
AQShning hozirgi aholisi uch asosiy etnik tarkibiy qismdan: AQSh amerikaliklari, muhojirlar va tub joy aholisidan iborat. AQSh aholisining 82,8 % ni asli kelib chiqishi yevropaliklar, 12,6 % ni afrikaliklar, 3,6 % ni osiyoliklar, 1 % ni hindular, eskimoslar, aleutlar tashkil etadi. Aholining 80 % shaharlarda yashaydi. AQSh amerikaliklari millat sifatida asosan 18-asrning 2-yarmida Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning aralashib ketishi natijasida tarkib topgan. Afroamerikaliklar („qoralar“ deb ata-luvchi negrlar) AQSh amerikaliklarining irqiy-etnografik guruhi boʻlib, ular 17-19-asrlarda mamlakatga keltirilgan afrikalik qullarning avlodlaridir. Afroamerikaliklar koʻp asrlar davomida ayirmachilik va kamsituvga duchor qilinishiga qaramay, afrikaliklarning oq tanlilar bilan jismoniy aralashuvi sodir boʻldi. Duragaylar afroamerikaliklar umumiy sonining anchagina qismini tashkil etadi. AQShda meksikanlar, italyanlar, nemislar, fransuzlar, shvedlar, norveglar, gollandlar, yaponlar, polyaklar, xitoylar va boshqaxalqlar ham yashaydi. AQShda 5 mingga yaqin oʻzbek istiqomat qiladi. Ular asosan NyuYork, Vashington, Nyu-Jersi shtatlarida, Filadelfiya shahrida hamda mamlakatning boshqa shtat va shaharlarida yashaydi. Ular turli kasb hamda tijorat ishlari bilan shugʻullanadilar. Hozirgi amerikalik oʻzbeklarning ota-bobolari 1917-yilgi oktyabr toʻntarishidan keyin bolsheviklar tazyiqidan qochib, avval Afgʻoniston va Xitoyga oʻtib ketganlar. 1950-yillarda esa, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya orqali AQShga borib qolishgan. Ikkinchi jahon urushi davrida turli yoʻllar bilan u yerga borib qolgan oʻzbeklar ham uchraydi. AQSh aholisining zichligi — 1 km² ga 27,2 kishi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlar asosan protestantlar va katoliklardir. Yirik shaharlari: Nyu-York, Chikago, Los Anjeles, Filadelfiya, Xyuston, Detroyt, San Fransisko, Vashington, Boston, Dallas, Klivlend, Baltimor (yana qarang Amerikaliklar).
Tabiiy sharoiti va resurslari. AQSH hududi yirikligi uchun tabiiy sharoiti juda xilma-xil. Kontinental shtatlarning sharqiy va markaziy qismlari, asosan, tekisliklardan iborat, g‘arbiy qismidan esa Kordilyera tog‘larining bir nechta tarmoqlari o‘tgan. Alyaska va Gavayi shtatlarining relyefi ham, asosan, tog‘li. Alyaska hududida Shimoliy Amerika materigining eng baland nuqtasi – balandligi 6194 metr bo‘lgan Denali (oldingi nomi – Mak-Kinli) cho‘qqisi joylashgan. 
Mamlakatning materik qismi hududi dehqonchilik va chorvachilikning deyarli barcha tarmoqlarini yetishtirish uchun qulay bo’lgan agroiqlim resurslariga ega. AQShning juda katta maydonini egallagan dasht zonasi mamlakatning eng yirik g’alla makonidir. Qizig’i shundan iboratki, deyarli 100-120 mln. tonna don lalmi yerlarda yetishtiriladi. Yalpi hosilning barqarorligi 6-7 yilda bir marta buziladi, ya’ni iqlim qurg’oqchil kelib, don ekinlari binnuncha zarar ko’radi.
AQSh — tabiiy resurslarning barcha turlariga boy. Mineral resurslarning ba’zi bir turlarining zaxiralari bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlarni egallaydi. Shular qatoriga toshko’mir, mis, molibden, aluminiy xomashyosi, qo’rg’oshin-rux, uran rudalari, oltin, fosforitlar, har xil tuzlar kiradi.
Yoqilg’i-energetika resurslari toshko’mir, neft, tabiiy gaz va gidroresurslarga asoslanadi. Toshko’mirning yirik konlari Appalachi havzasida hamda O’rta G’arb rayonida mavjud, bir yilda mamlakatda 900 million tonnadan ziyod ko’mir qazib olinmoqda.
AQSh yirik neft zaxiralariga ega. Yirik neft konlari Alyaska(Pradxo-Bey), Texas, Nyu-Meksika, Luiziana, Kaliforniya shtatlarida hamda Meksika ko’rfazida joylashgan. Mamlakatda bir yilda 400-450 million tonna atrofida neft qazib olinmoqda.
AQShda yirik tabiiy gaz konlari neft konlari yonida joylashgan (Texas, Kaliforniya shtatlari va Meksika ko’rfazi). Mamlakatda yiliga o’rtacha 500 milliard kub.m. tabiiy gaz olinmoqda.
AQShda qora va rangli metallurgiya tarmoqlari uchun zarur bo’lgan rudali qazilma konlari va zaxiralari ancha ko’p.Temir rudasining katta zaxiralari Buyuk ko’llarning sohillaridagi konlarda to’plangan.Daryolaridan Kolumbiya, Kolorado, Niagara gidroenergiya resurslariga boy bo’lib, undan hozirgi vaqtda samarali foydalanilmoqda.Aholi soni bo’yicha mamlakat Xitoy va Hindistondan so’ng 3- o’rinni egallaydi. Aholi sonini bu darajaga yetishida immigratsiya katta rol o’ynagan.
AQSh aholisining soni 2004- yilning 1- yanvarida olingan ma’lumotga ko’ra 291,0 mln. kishini tashkil etdi. Aholining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 1,2 foizga teng bo’lmoqda. Aholi soni tabiiy ko’payish hisobiga ham, immigratsiya hisobiga ham o’smoqda. Mamlakatda keyingi yillarda aholining har mingtasida 16 bola tug’ilmoqda, 9 kishi o’lmoqda. Tabiiy ko’payish koeffitsienti 7 ga teng. O’rtacha yashash davri erkaklar uchun 75 yoshni, ayollarda 81 yoshni tashkil etadi.
AQSh aholisining o’rtacha zichligi iqtisodiy rivojlangan Yevropa mamlakatlaridan ancha past (o’rtacha 1 kv. km. maydonga 29 kishi). Aholi notekis taqsimlangan.
Aholisining soniga ko’ra yirik shtatlar quyidagilar: Kaliforniya (35 mln. kishi), Nyu-York (21 mln. kishi), Texas (20 mln. kishi), Florida (16 mln. kishi). Umuman, mamlakatning iqtisodiy rivojlangan, yuqori darajada sanoatlashgan hududlarida aholining deyarli 2/3 qismi istiqomat qiladi (Bosvash, Chpits, Sansan). AQSh jahonning yirik urbanizatsiyalashgan hududlaridan biridir (shaharlarda yashovchilar ulushi 75 foiz). Millioner shaharlar qatoriga Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles, Xyuston, Filadelfiya, Detroyt, Dallas, Sietl, Boston, San-Fransisko va boshqalar kiradi.
Materikning eng past nuqtasi – Ajal vodiysi (-86 m) ham AQSHda, Kaliforniya shtatida joylashgan. AQSH ko‘mir, neft, tabiiy gaz,temir, turli rangli etallar rudalari, mineral tuzlarning yirik zaxiralariga ega. Ayniqsa, mamlakatning g‘arbiy tog‘li hududlari mineral resurslariga boy. Ammo AQSHda sanoat ishlab chiqarishining hajmi yirikligi tufayli mamlakat mineral xomashyoning ko‘p turlarini import qiladi. Kontinental shtatlarning hududi, asosan, mo‘tadil va subtropik, Alyaskaning katta qismi subarktika va arktika, Florida yarimoroli hamda Gavayi orollari esa tropik iqlim mintaqasida joylashgan. Meksika ko‘rfaziga tutash hududlarda tropikdovullar (tornado) ko‘psodir bo‘ladi. AQSH suv va gidroenergetika resurslariga boy. Mamlakatning eng yirik daryolari – Missisipi, Missuri, Rio-Grande, Kolorado, Kolumbiya. 

Yüklə 312,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin