See
discussions, stats, and author profiles for this publication at:
https://www.researchgate.net/publication/349125987
TA'LIM SOXASIDA INTERNET -TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Article
· February 2021
CITATIONS
0
READS
29,804
1 author:
Nurmuxamad Duisenov
Chirchik
state pedagogical Institute
188
PUBLICATIONS
311
CITATIONS
SEE PROFILE
All content following this page was uploaded by
Nurmuxamad Duisenov
on 09 February 2021.
The user has requested enhancement of the downloaded file.
1
TA’LIM SOXASIDA INTERNET – TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
Abstract:
Davr
ruhini ifodalab, kun sayin barcha soalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan
axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablari ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish
dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday
sohada axborotning hajmi va tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul
qilish uchun taqdim eta oladi.
Multimediya
va
Internet
texnologiyalarining
paydo bo‘lishi
axborot
texnologiyalarining umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot
jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot
texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va
kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini
shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan
o‘rni va ta’siri ortib borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim
maktablaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va
o‘quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:
axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;
bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;
mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;
bolani
aqliy
jihatdan
rivojlantirishga,
hissiy-estetik
doirasini
kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.
Kompyuter va axborot
texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv
faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar
yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish
jarayonida hayot bilan
uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan
2
chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘l-
lashda o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter
vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy
imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va
axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga
aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari
sohasida bilimdon
(salohiyatli) bo‘lishi kerak.
Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova-
Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot
texnologiyalari sohasidagi
bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar:
1)
zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga
qodirlik;
2)
shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish;
3)
umumiy komunikativ (o‘zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada
bo‘lishi;
4)
axborot vositasida o‘zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy
tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo‘lishi;