Asab tizimi patofiziologiyasi. Og'riq



Yüklə 21,5 Kb.
səhifə1/2
tarix27.06.2022
ölçüsü21,5 Kb.
#62370
  1   2
Документ (6)


Asab tizimi patofiziologiyasi. Og'riq

Nerv sistemasi kasalliklari umumiy kasalliklarni 8-10 %ni, o‘limlarning sababini 12 % ni tashkil qiladi. Oxirgi paytlarda nerv sistemasini infeksiya, toksik va avitaminoz kasallari kamayib tomir kasallari va travmalari ko‘paymoqda.


Gippokrat, Galen va Ibn-Sinolar nerv kasalliklaridan insult, chayqalish miningitlar xaqida ma’lumotlar berganlar.
Nerv sistemasini kasalliklarini uchrashi:
1. Nerv sistemasining tomir kasalliklari - 18-20 %
2. Nerv sistemasining infeksion kasalliklari - 5-7 %
3. Nerv sistemasining irsiy kasalliklari – 1 %
4. Travmatik shikastlanishlar - 6-8 %
5. Pereferik nerv sistemasining kasalliklari - 40-45 %
6. Vegetativ nerv sistemasining kasalliklari - 2-3 % (diensifal
sindrom, vegetativ tomir distoniyalari, migrenlar)
7. Nerv sistemasini funksional kasallari - 15%:
- umumiy nevrozlar: nevrostepiya, isteriya, psixosteniya
- Lokal formalari: harakat, vegetativ va nevrozga o‘xshash
holatlari.
Etiologiya:
1. Ekzogen: biologik, toksik, kuchli tashqi ta’sir, operativ informatsiya yuklamasi.
2. Endogen: irsiy forma, sistemali va regional qon aylanishini buzilishi, autoimmun jarayonlar.
Nerv sistemasi faoliyatiga quydagilar muxim ta’sir qiladi:
1. Gipoksiya, nerv sistemasining faoliyatida muxim rol o‘ynaydi. Organizmga tushadigan kislorodni 20% miya to‘qimasi ishlatadi. Qon aylanishi to‘xtaganda 6-7 sekunddan keyin odamni xushi yo‘qoladi, 15 sekund-
dan keyin bioelektrik jarayonlar buziladi. 5-6 minutgacha davom etgan gipoksiyadan keyin miya faoliyati qayta tiklanishi mumkin. Nafas markazi hamda tomir harakat markazlari anoksiyani 30 mnutgacha ko‘tara oladi.
2. Gipoglikemiya to‘satdan bo‘lsa bioelektrik jarayonlar tez buziladi, odamni xushi ketadi, po‘stloqda qaytmas o‘zgarishlar yuzaga keladi.
3. Vitaminlarni V gruppasi etishmovchiligida hamda ayrim endokrin bezlarni patologiyasida nerv sistemasida o‘zgarishlar yuzaga keladi.
4. Nerv hujayralarida ishlab chiqariladigan peptid tabiatli moddalar nerv sistemasining har xil bo‘limlariga ta’sir qilib epilepsiya, og‘riq yoki analgeziyalar hosil qiladi.

Yüklə 21,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin