Asosiy tushunchalar:
Jamoa strukturasini turlarning moʻlligi (jamoada mavjud turlar soni) va turlarning xilma-xilligi (ham mavjud turlar soni, ham har bir tur vakillarining nisbiy miqdori) bilan izohlash mumkin.
Jamoaning strukturasiga abiotik omillar, turlararo munosabatlar, beqarorlik darajasi va tasodifiy hodisalar kabi koʻplab omillar taʼsir koʻrsatadi.
Ayrim turlar, masalan, asos turlar va tayanch turlar ekologik jamoa tarkibini belgilashda alohida rol oʻynaydi.
Kirish
Turli ekologik jamoalar tarkibida qanday turlar borligi va ularning qanchadan vakillari borligiga qarab bir-biridan katta farq qilishi mumkin. Misol uchun, Arktikadagi ayrim jamoalarda sanoqli turlar mavjud boʻlsa, ayrim tropik oʻrmonlarning har bir kub metrida juda koʻp turlar uchraydi.
Jamoalar orasidagi ushbu farqni izohlashning bir yoʻli bu turlar har xil strukturaga ega deyishdir. Sodda qilib aytganda, jamoa strukturasi uning tarkibi boʻlib, jamoada mavjud turlar soni va har bir tur vakillarining nisbiy miqdorini oʻz ichiga oladi^11start superscript, 1, end superscript. Bu taʼrifni yanada kengroq qilib, turlar orasidagi barcha munosabat qonuniyatlarini ham oʻz ichiga oladi deyish mumkin^22squared.
[Boshqa taʼriflar ham bormi?]
Ushbu maqolada jamoa strukturasini raqamlar bilan ifodalashning turli yoʻllarini koʻrib chiqamiz. Soʻngra jamoa strukturasiga taʼsir qiluvchi omillarni, xususan, asos va tayanch turlarni koʻrib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |