Atom elektr stansiyasi (aes) texnologik sxemasi jihatidan issiqlik



Yüklə 183 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix12.05.2023
ölçüsü183 Kb.
#112476
Atom elektr stansiyasi - Vikipediya (1)



Atom elektr
stansiyasi
Atom elektr stansiyasi (AES) —
texnologik sxemasi jihatidan issiqlik
elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr
stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari
(TES)da koʻmir, neft, qoramoy (mazut) va
gaz yoqilsa, atom elektr stansiyasida
yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi. Atom
elektr stansiyasining asosiy qismi atom
qozoni, yaʼni atom reaktori. Atom elektr
stansiyasida, koʻpincha, atom


reaktorlarining. 4 tipi qoʻllaniladi: 1) Suv-
suvli (bunda susaytirgich moda oʻrnida
ham, issiqlik eltuvchi modda oʻrnida ham
oddiy suv ishlatiladi); 2) Grafit-suvli
(suv — issiqlik eltuvchi, grafit esa
susaytiruvchi boʻladi); 3) Ogʻir suvli (oddiy
suv issiqlik eltuvchi, ogʻir suv esa
susaytiruvchi); 4) Grafit-gazli (gaz —
issiqlik eltuvchi, grafit — susaytiruvchi).
Zamonaviy atom energetikasida asosan
uran235 dan foydalaniladi. Uning tabiiy
zaxirasi unchalik katta emas, organik
yoqilgʻining esa atigi 10% ini tashkil kiladi.
Bu miqdor atom energetikasini yoqilgʻi
bilan uzoq vakdtacha taʼminlay olmaydi.
Yadro yoqilgʻisi sifatida qoʻllaniladigan
plutoniy-239 va uran-233 olish uchun xom


ashyo hisoblanadigan uran-238 bilan
toriy-232 ning zaxirasi yer bagʻrida yetarli
miqdorda. Bu yadro yoqilgʻilari yerdagi
energetik resursni taxminan. 1000
baravar oshiradi. Hozirgi yoqilgʻi ishlab
chiqaradigan koʻpaytiruvchi atom
reaktorlarida yoqilgʻi miqdorini ishlash
jarayonida orttirish mumkin. Masalan, ikki
marta koʻpaytirish uchun taxminan. 10
yilgacha vaqt kerakligi maʼlum. Demak,
odamzod atom yoqilgʻisisiz qolmaydi.
Atom energiyasi xalqaro agentligining
xabar berishicha, 1985-yil oxirida
dunyoning 26 mamlakatida atom elektr
stansiyalarida umumiy quvvati 248577
MVt boʻlgan 374 reaktor ishlab turgan.
Shulardan umumiy quvvati 77851 MVT


boʻlgan 93 reaktorli AQSH birinchi oʻrinda,
qolganlari esa Fransiya (37533 MVT),
sobiq SSSR (26803 MVT), Yaponiya
(23665 MVT), sobiq GDR (16429 MVT) va
Angliya (10120 MVT). Dunyoning koʻplab
boshqa mamlakatlarida ham atom elektr
stansiyasilar ishlab turibdi. Hozirgi
vaqtda xalq xoʻjaligining elektr
energiyasidan foydalanmaydigan biror
sohasini topish qiyin. Shuning uchun
elektr energiyasi ishlab chiqarish yildan
yilga ortib bormoqda. Masalan, 1980-
yilda dunyoda ishlatilgan elektr
energiyasining 5,6%, 1985-yilda — 10,8%
va 1988-yilda — 27% atom elektr
stansiyasilarda ishlab chiqilgan.


Taqqoslash uchun 1987-yil AQSH
ishlatgan energiyasining 19%, Buyuk
Britaniyada 19%, Yaponiyada 30%, GFRda
34%, Fransiyada 76% atom elektr
stansiyasilarda ishlab chiqilgan. Lekin
1986-yil aprelda Chernobil (sobiq SSSR)
atom elektr stansiyasida boʻlib oʻtgan
Atom elektr stansiyalari bor mamlakatlar.
AES ishlatiladi, yangi energobloklar qurilmoqda.
AES ishlatiladi, yangi energobloklar qurilishi rejalashtirilgan.
AES yoʻq, stansiyalar qurilmoqda.
AES yoʻq, qurilish rejalashtirilgan.
AES ishlatiladi, yangilarini qurish rejalashtirilmagan.
AES ishlatiladi, miqdori kamaytirilishi rejalashtirilgan.
Fuqaro yadro energetikasi taqiqlangan.
AES yoʻq.


katta avariya butun dunyo atom elektr
stansiyasilar kurilishi rejalarini buzib
yubordi. AQSHda qurilish ishlari
sekinlashtirildi, Skandinaviya
mamlakatlarida esa butunlay toʻxtaldi.
Ammo yer yuzidagi energiya manbalari
hisoblanmish — neft, gaz, koʻmir
zaxiralari cheklanganligidan atom elektr
stansiyasilarni takomillashtirishdan
boshqa iloj yoʻq. Atom energiyasi manbai
uran va toriyning yer yuzidagi zaxiralari
dunyo xalqlarining energiyaga boʻlgan
talabini bir necha ming yillar davomida
qondirib turish uchun yetarlidir. Kelajakda
atom elektr stansiyasilar yetarli darajada
rivojlanadi va dunyo mamlakatlarining


umumiy energetika balansida yetakchi
oʻrinni egallaydi
[1]
.
Gidroelektrik stansiya
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Atom_elektr_stansiyasi&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Yana qarang
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 14-Mart 2023, 16:30 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Atom_elektr_stansiyasi&oldi
d=3616059" dan olindi

Yüklə 183 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin