Tabiiyki, bu bozorga katta ta’sir ko‘rsatdi, chunki hamma vahima ichida, mutaxassislarni qayerdan olishni o‘ylashmoqda.
“Ustoz"da mentorlar orasida yirik kompaniyalarning top-menejerlari va HR-direktorlari bor, ular dasturda yosh iqtidorli kadrlarni kuzatib boradi va keyinchalik o‘z kompaniyalariga ishga taklif qiladi. Shunday qilib, klanlar qarindosh-urug‘chilik tamoyiliga emas, balki kasbiy mahoratga ko‘ra shakllanadi.
Shu tarzda, yoshlar o‘zlarining iste’dodlari va ko‘nikmalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki faqat rezyumeni yuborish orqali bitiruvchi talabalar bunday kompaniyalarga ishga qabul qilinishi ehtimoldan yiroq.
O’zbekistonda amaliyotda bu kabi loyihalarni ko’payishi yangidan yangi qobiliyatli yoshlarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.