Atrof muhitni muhofazasi va xalqaro



Yüklə 43 Kb.
səhifə1/2
tarix04.02.2023
ölçüsü43 Kb.
#82854
  1   2
Atrof - muhitni muhofazasi va xalqaro harakatlar


Atrof - muhitni muhofazasi va xalqaro harakatlar
Reja:


l. Tabiatni muhofaza qilish sohasida davlatlararo hamkorlik va uning asosiy shakllari.
2. Davlatlararo shartnoma va konvensiyalarning tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati.
3. S.Tabiatni muhofaza qilishda davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorligi.
4. O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish muammolari.
Tayanch so’zlar:
Davlatlararo hamkorlik, konvensiya, shartnoma, kongress, strategiya, regional, BMT, YUNESKO, EKOSAN.
Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi va yer yuzida ekologik halokatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlarning, 5,7 mlrd.dan ortiq insonlarning umumiy vazifasidir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida, umumjahon miqiyosida amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorlikning zarurligi sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta'siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib chiqadi. Oxirgi yilarda insoniyatni tashvishga solayotgan ko'plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo'li bilan hal qilinishi mumkinligi ma'lum bo"lib qoldi.
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning ikki asosiy shakli ajratilgan: 1. Atrof muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnoma va konventsiyalar; 2. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari faoliyati.
Turli davlatlarning tabiatni muhofaza qilish soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlararo shartnomalar va konvensiyalar keng qo'llaniladi. Bunday hamkorlik dastlab XIX asr oxirida hayvonot dunyosidan foydalanishni tartibga solish yo'nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa ko'chib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilishga katta e'tibor berilgan. Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish haqida VOdan ortiq shartnomalar mavjud. Kitlarni ovlashni cheklashga oid birinchi xalqaro konvensiya 1931 yilda tuzilib, unda Anktarktida atrofldagi suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlamaslik ko'rsatilgan edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza qilishga oid 300 ga yaqin turli shartnoma va konvensiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963 yili Moskvada tuzilgan atmosfera, suv osti va kosmik fazodagi yadro sinovlarini taqiqlash haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega. 1973 yilda nodir hayvon va o'simlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash to’g'risidagi xalqaro konvensiya tuzildi. 1972 yili Stokgolmda tabiatni muhofaza qilish bo'ykha o'tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning 1-Umumjahon kongressida 5 iyun Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni deb elon qilingan. 1973 yili Londonda dengizlarni neft va boshqa zaharli ximikatlar bilan ifloslanishining oldini olish yuzasidan yangi xalqaro konvensiya qabul qilindi. 1978 yili Ashxabodda utgan Xalqaro Tabiati Muhofaza qilish Ittifoqi (XTMI) bosh assambleyasida Jahon tabiatni muhofaza qilish strategiyasi qabul qilindi. 1982 yil BMTda Tabiatni muhofaza qilishning umumjahon xaritasi qabul qilindi. Bu muhim xujjatlarni tabiatni muhofaza qilishning prinsiplari va ko’p yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan.
Atrof muhitga inson ta'sirining kuchayishi 1985 yili Venada ozon qatlamini muhofaza qilish konvensiyasi, 1992 yili-Rio-De-Janeyroda biologik xilma-xillikni saqlash, 1992 yili Nyu-Yorkda iqlim o’zgarishi bo'yicha va boshqa konvensiyalarning tuzilishiga sabab bo'ldi.
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik turli davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatida ham amalga oshiriladi. Bunday hamkorlik maqsadlari, tuzilishi va faoliyati bilan farklanadi, hamkorlik xarakteriga ko'ra ikki tomonlama yoki ko'p tomonlama, regional va subregional bo'lishi mumkin. BMT tabiat muhofazasi masalalariga katta ahamiyat beradi. BMTning 1973 yilda tuzilgan atrof muhit bo'yicha maxsus dasturi YUNEP xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. 1948 yili tuzilgan nodavlat tashkilot-Tabiatni Muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi yuzdan ortiq davlatlarning 300 ga yaqin milliy, davlat va jamoat tashkilotlarini birlashtiradi. Hozirgi vaqtda tabiat muhofazasi sohasida 250 dan ortiq nodavlat tashkilotlari faoliyat ko^rsatmoqda.
BMT ning fan, maorif ta'lim va san'at masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkiloti-YUNESKO 1968 yili qabul qilgan 14 loyihadan iborat "Inson va biosfera' dasturi xalqaro hamkorlikni amalga oshirilayotgan eng yirik dasturdir. TMXI 1966 yildan xalqaro "Qizil kitob"ni e'lon qilib keladi. Biologik resurslarni himoya qilishda uning ahamiyati kattadir.
Tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar eng ziddiyatli bosqichiga yetgan hozirgi davrda tabiatni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiqdir»
O'zbekiston Respublikasining 1992 yili 2 martda BMTga teng huquqli a'zo bo'lishi tabiat muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun ham keng yo'l ochib berdi. 1992 yili Rio-De-Janeyroda o'tkazilgan BMTning Ikkinchi Umumjahon tabialni muhofaza qilish kongressida O’zbekiston Respublikasi birinchi bor mustaqil davlat sifatida qatnashdi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda BMTning atrof muhit muammolari bilan shug’ulanuvchi 7-missiyasi faoliyat kcfrsatmoqda. Ayniqsa, Orol va Orolbo'yidagi ekologik muammolar xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida bo’lib, ushbu yo'nalishda turli tadbirlar crtkazilmokda. Orolbo'yi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'miilash, ularga tibbiy yordam ko"rsatish hamkorlikning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Jahon Banki, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXXT) va boshqalar (Tzbekistondagi ekologik muammolarni hal qilish ishiga katta hissa qo'shmoqdalar. (Tzbekistondagi nodavlat tashkilot-Ekologiya va salomatlik fondi "Ekosan" ekologik muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish ishiga o'z hissasini qo'shmoqda.
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDX) mamlakatlari kelishuviga binoan tabiatni muhofaza qilish sohasidaga hamkorlik 1992 yil tuzilgan Davlatlararo Ekologik Ittifoq (DEI) orqali amalga oshiriladi. Ekologiya va tabiatni muhofoza qilish muammolarini hal qilishda 0'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari, Osiyo, Evropa, Amerika va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan ikki tomonlama va ko’p tomonlama hamkorlikni rivojlantirmoqda. Xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ekologik ta'lim va tarbiya masalalariga ham alohida e'tibor beriladi.
O’zbekiston Respublikasi 1985 yili ozon qatlamini himoya qilish (Vena) konvensiyasi, 1987 yili ozon qatlamini emiruvchi birikmalar bo'yicha Protokol (Monreal), 1989 yili (Bazel) xavfli chiqindilarni chegaralararo tashishni nazorat qilish konventsiyasi, 1992 yil (Nyu-York) iqlim o’zgarishi to'g'risidagi, 1993 yil Cho'llashish bo'yicha konvensiyalarga qo'shildi. Ushbu yo'nalishda faol harakatlar amalga oshirilmoqda. Ekologiya va tabiatni muhofazasi sohasidagi har qanday davlatlararo hamkorlik ekologik vaziyatni mahalliy, mintaqaviy va global darajada yaxshilashning asosidir.

Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin