"Audit-konsalting" mchj hamda "Prime" mchj buyurtmachining



Yüklə 169,67 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix12.06.2023
ölçüsü169,67 Kb.
#128837
Документ Microsoft Word (1)



 14-kazus 
"Audit-konsalting" MCHJ hamda "Prime" MCHJ buyurtmachining 
buxgalteriya hamda moliyaviy hujjatlarini auditdan o'tkazish to'g'risida shartnoma 
tuzadilar. 
Audit ijrochi - "Audit-konsalting" MCHJga tegishli binoda o'tkaziladi. 
Tekshiruvning 10 kuni ijrochi mutaxassislari tomonidan buxgalteriya hamda 
moliyavoy hujjatlarning 50 %i tekshiruvdan o'tkaziladi, biroq 11 kunga o'tar 
kechasi, binoga chaqmoq tushib yong'in chiqishi oqibatida binoda mavjud bo'lgan 
barcha hujjatlar, jumladan tekshiruvga berilgan hujjatlar ham nobud bo'ladi. 
Shundan so'ng ijrochi - "Audit-konsalting" MCHJ buyurtmachi - "Prime" 
MCHJ bu haqda xabar berib, tekshiruv uchun berilgan hujjatlar mavjud emasligi, 
amalga oshirgan ish uchun xizmat haqini, ya'ni shartnoma bo'yicha belgilangan 
bahoning 50% miqdorida haq to'lashi lozimligini ma'lum qiladi. 
Vaziyatdan kelib chiqib, haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasi taraflari 
hamda ushbu shartnoma bo’yicha javobgarlik masalalarini muhokama qiling. 


Reja
1. Haq evaziga hizmat ko’rsatish shartnomalari, 
2. Haq evaziga hizmat ko’rsatish turlari. 
3. Auditorlik va auditorlik firmalari 


Javob
1. Haq evaziga hizmat ko’rsatish shartnomalari, 
Haq evaziga xizmat ko 'rsatish bu aholiga aloqa tashkilotlari orqali xizmat 
ko'rsatish, tibbiyot xizmati, veterinariya xizmati, auditorlik, maslahat, axborot, 
ta'lim berish, sayyohlik xizmatlari va shunga o'shash boshqa xizmatlardir. 
Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining ushbu xizmatlarga bo'lgan 
ehtiyoji tobora oshib bormoqsa. 
Shu sababli xizmat ko'rsatish bilan bog'liq tadbirkorlikka davlat tomonidan 
alohida e'tibor berilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1998-yil 27-maydagi «Kichik va o 'rta tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmini 
takomillashtirish to'grisida» qabul qilingan qarori bu borada muhim ahamiyatga 
ega bo’ldi. 
Haq evaziga xizmat ko'rsatish xizmat ko'rsatuvchi tadbirkor bilan shu 
xizmatdan foydalanuvchi shaxslar o'rtasida shartnoma tuzish yo'li bilan 
rasmiylashtiriladi. Shartnomaning ta'rifi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining 703-modsasida berilgan. Bu qonunda belgilanishicha, haq evaziga 
xizmat ko'rsatish shartnomasi bo'yicha ijrochi buyurtmachining topshirigi bilan 
ashyoviy shaklda bo'lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki 
muayyan faoliyatni amalga oshirish) buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to 'lash 
majburiyatini oladi...». 
Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi bo'yicha bir taraf ijrochi, ikkinchi 
taraf buyurtmachi sifatida ishtirok etadilar. Ijrochi bo'lib tadbirkorlik faoliyatini 
olib borayotgan xususiy firmalar, korxonalar, nodavlat korxonalari hamda davlat 
tashkilotlari ishtirok etadilar. Shuningdek, yakkatadbirkorlar ham ijrochi sifatida 
xizmat ko' rsata oladilar. Ijrochi bo'lib shartnomada qatnasha oladigan tashkilotlar, 
korxonalarning haq evaziga xizmat ko'rsatish faoliyati ularning ustavlarida, 
nizomlarida ko'rsatilgan bo'lishi, yakka tartibda faoliyat ko'rsatadigan tadbirkorlar 
esa belgilangan tartibda ruxsat olgan bo'lishlari shart. 
Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi o'ziga xos xususiyatlari bilan 
boshqa shartnomalardan farqlanadi. Bular quyidagilardan iborat: 
1. Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan 
tuziladi. Ularning ayrimlari, Jumladan, aloqa, tibbiyot va veterinariya, auditorlik, 
huquqiy, axborot, ta lim berish, sayyohlik kabi xizmat ko'rsatish tomonlarning 
o'zaro kelishuvi bilan tuzilib keyinchalik ijro sababli konsensual shartnoma bo'lsa, 
fuqarolarning xat-xabarlarini boshqa joyga jo'natish tibbiy ko'rikdan o'tkazib, 


sog'ligi hagida ma 'lumot olish, bir martalik veterinariya xizmati, xuquqiy, 
maslahat kabi xizmatlarning ayrimlari xaq to’lash bilan bajarilganligi sababli aniq 
shartnoma hisoblanadi. 
2. Haq evaziga xizmat ko'rsatish uchun aksariyat hollarda haq to’lanadi. 
Ayrim hollarda tekinga xizmat ko'rsatish mumkin. Bunday hollarda tuzilgan 
shartnoma tekinga tuzilgan shartnomalar guruhini tashkil etadi. 
3. Taraflar o rtasida shartnoma tuzilgandan so'ng har ikki tarafda ham huquq 
va shunga yarasha burch paydo bo'ladi. Shu sababli bu ikki tomonlama shartnoma 
hisoblanadia . 
Bu shartnoma aholiga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lganligi sababli 
uning ahamiyati tabora muxim bo'lib bormoqda. Ana shu xususiyatlari tufayli u 
mutlaqo yangi shartnoma sifatida fuqarolik kodeksida o z ifodasini topdi. 
Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartomasi bo'yicha ijrochi ham, shuningdek, 
buyurtmachi ham ma'lum bir huquqlarga va burchlarga ega bo' ladi. Binobarin, 
ijrochi o 'zi aybdor bo 'lmagan holda xizmatni bajara olmagan taqdirda 
buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini to’lashi shart. Bunda ijrochining xizmat 
ko'rsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin bo'lgan 
foydasi saqlanib qolinadi. Buyurtmachining aybi bilan xizmatni bajarish mumkin 
bo'lmay qolgan taqdirda, shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, 
xizmat qiymati butunlay to’lanishi kerak. Shartnoma ijro etilishi bilan bekor 
bo'ladi. Shuningdek, ijrochi shartnomada belgilangan xizmatni bajarish orqali yoki 
qisman bajarish bilan shartnoma ijro etilgan xisoblanadi. Shartnomada taraflarning 
Javobgarligi Fuqarolik kodeksining 706-moddasiga ko'ra, «ijrochi haq evaziga 
xizmat ko'rsatish shartnomasini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan 
hollarda u keltirgan zararni buyurtmachiga batamom to'lashi shart, lekin bu to'lov 
shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar qiymatining ikki baravaridan ortiq bo'lishi 
mumkin emas. 
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida ijrochi majburiyatini 
umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda haq evaziga xizmat ko 'rsatish 
shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgandan kuchaytirilgan 
Javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.
Shartnoma umumiy qoida bo'yicha taraflarning kelishuviga muvofiq 
o'zgartirilishi yoki bekor bo'lishi mumkin. Haq evaziga xizmat ko'rsatish 
shartnomasini bekor qilishni buyurtmachi xshmatlarning belgilangan bahosini 
batamom to 'lash sharti bilan talab qilishga haqli, shartnoma ijochining aybli 
harakatlari tufayli bekor qilingan hollar bundan mustasno. Ijrochi shartnoma bekor 


qilinganda buyrutmachiga yetkazilgan zararning hammasini to 'lash sharti 
bilangana haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga 
haqli, shartnoma buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan 
mustasno. 
2. Haq evaziga xizmat ko 'rsatish turlari 
Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi bir necha turlarga ajratiladi. Ular 
xizmat ko'rsatishning xususiyatiga qarab aloqa xizmati, tibbiy xizmat, veterinariya 
xizmati, auditorlik xizmati, huquqiy xizmat, maslahat xizmati, axborot xizmati, 
ta'lim berish (pullik) xizmati, sayyohlik xizmati va shunga o'xshash boshqa 
xizmatlardan iborat. Bu xizmatlar o'z xususiyati, xizmat ko'rsatish holati, xarakteri 
va huquqiy tartibga solinish jihatidan biri ikkinchisidan farqlanadi. Ammo ularning 
umumiy o’xshashligi ham, mavjud. Chunonchi, mazkur shartnomada bir tamonda 
xizmat ko'rsatuvchi (ijrochi), ikkinchi tomonda esa undan foydalanuvchi, 
buyurtmachi ishtirok etadi. Shu sababli ularga haq evaziga xizmat ko'rsatish 
shartnomasi sifatida ta'rif berilgan.
Fuqarolar, shuningdek, yuridik shaxslar, haq evaziga xizmat ko’rsatish 
huquqiga ega bo'lgan va xizmat ko'rsatish uchun belgilangan tartibda ruxsat olgan 
tashkilotlar ijrochi sifatida qatnashadilar. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish 
uchun ruxsatnoma olgan fuqarolar ham haq evaziga xizmat ko'rsata oladi.
Haq evaziga xizmat ko'rsatuvchi korxonalar davlat ro'yxatidan o'tgan 
paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi va xizmat ko’rsatish faoliyatiga ega 
bo'ladi. 
Xizmat ko'rsatuvchi korxonalar bilan shu xizmatdan foydalanuvchilar 
o'rtasida shartnoma tuziladi. Shartnoma yozma tartibda rasmiylashtiriladi.
Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi bo'yicha har ikki tarafda ham 
huquq va burch kelib chiqadi. Chunonchi, aloqa xizmati ko'rsatish shartnomasiga 
muvofiq xizmat ko'rsatuvchi tashkilot buyurtmachilarga pochta hujjatlarini 
belgilangan manzilga jo'natish, mijozlarga kundalik matbuot xabarlari, shuningdek, 
gazeta-jurnallarni uyiga boshqa belgilangan Joylarga vaqtida yetkazib berish, 
telefon xizmati ko'rsatish bo’yicha tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan 
vazifalarni o'z vaqtida maromiga yetkazib bajarish bo'lsa, buyurtmachilar buning 
uchun belgilangan xizmat haqini to'lab turishga majbur bo'ladi.
Notarial, advokatura va boshqa xuquqiy xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar, 
firmalar qonunga muvofiq va taraflar o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq 


huquqiy xizmat ko'rsatishga, buyurtmachilar esa kelishilgan haqni belgilangan vaqt 
va tartibda to’lashga haqli bo'ladi. 
3. Auditorlik xizmati. 
Bu 
xizmat 
tadbirkorlikning 
bir 
turi 
xisoblanadi. 
O'zbekiston 
Respublikasining «Auditorlik faoliyati to'g’risida»gi qonunning 1-moddasida audit 
tushunchasi berilgar. Unda belgilanishicha, Audit muayyan vakolatlar berilgan 
shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidan xo’jalik yuritayotgan, 
subyektlar moliyaviy hisobotlarning to’g'riligini, ular amalga oshirgan moliyaviy 
va xo’jalik operatsiyalari O'zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa 
me'yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligini, shuningdek mukammalligi va 
asosliligini, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir 
talablarga qay darajada muvofiqligini tekshirish maqsadida o'tkaziladigan moliya 
hujjatlarining ekspertizasi va taxlilidir. Audit shuningdek konsaltingni - mijoz 
bilan shartnoma asosida xizmatlar ko rsatishni o' z ichiga oladi'.
Auditor belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini 
olgan va auditorlarning kasb ro’yxatiga kiritilgan mutaxassisdir.
Auditorlik xizmati auditorlik firmasi tamonidan olib boriladi. Auditorlik 
firmasi - yuridik yoki Jismoniy shaxs tamonidan tuzilgan, belgilangan tartibda 
ro'yxatdan o'tkazilgan ustaviga ko'ra faoliyat sohasi auditorlik xizmatlari 
ko'rsatishdan iborat bo'lgan korxonadir.
Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas'uliyati cheklangan Jamiyatlar va 
boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar tarzida tuzilishi mumkin.
Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro'yxatidan o'tib, litsenziya 
olganlaridan keyin o'z faoliyatlarini boshlaydilar.
Ma'lumki, iqdisodiyotning bozor munosabatlari tamon yuz tutishi moliyaviy 
nazoratning mohiyati, maqsadi va vazifalarini tubdan qayta ko`rib chiqish 
zaruriyatini tug`diradi. Moliyaviy nazoratning muqaddam davlat tamonidan tashkil 
etilgan taftish tizimi mulkchilikning turli shakllariga asoslanib tuzilgan yangi 
karxonalarning extiyojlarini qondira olmay golgan edi, u bilan birga nodavlat 
karxonalarining tashkil topishi va ularning manfaatlari ham audit xizmatining 
tashkil etilishi, shuningdek, yuzaga kelgan yangi iqtisodiy sharoitda paydo bo'lgan 
muammolarni yechish borasida amaliy yordam ko'rsatuvchi hamda faoliyat 
ko'rsatayotgan korxonalarda qonunchilik buzilishining oldini oluvchi audit xizmati 
ko`rsatuvchi tashkilotning bo'lishini taqozo etgan edi. 


 Korxonalarning faoliyatiga yordam beruvchi audit xizmati taftishdan farq 
qiladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. 
Taftish 
o'tkazishdan 
asosiy 
maqsad 
korxonalardagi 
o'g'rilik, 
ko'zbo'yamachilik va boshqa kamchiliklari topish va uning asosida aybdorni 
Javobgarlikka tortishdir. Auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadi esa, mijoz 
korxona moliyaviy hisobotini buxgalteriya hisoboti bo'yicha amaldagi nizom, 
andoza va ko'rsatmalarga mos kelishi nuqtai nazardan baholash, bu borada unga 
amaliy yordam ko'rsatish va mijoz bilan o’zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik 
qilishdan iborat.
2. Taftish oldiga qo'yilgan vazifa korxona faoliyatlarining saqlanishini 
ta'minlash, qonunbuzarlari va xizmat vazifasini suiste’mol qilish hollarining oldini 
olishdir. Audit amalga oshiradigan vazifa esa, mijoz korxonaning moliyaviy 
holatini yaxshilash, uning ta'sir doirasini kuchaytirish, raqobatga bardoshlilik 
darajasini oshirish, firma daromadining rivojlanish istiqbollarini belgilash bo'yicha 
maslahatlar berishdan iborat.
3. Taftish boshqaruvining bo'ysunuvchi, itoat etishi bo'yicha amalga 
oshirilgan tekshiruv bo'lib, asosan yuqori tashkilotlar va Javobgarlikka tortish 
huquqiga ega bo’lgan muassasalar extiyojini qondirish maqsadida amalga 
oshirladi. Audit esa ufqiy yo'nalish bo’yicha tashkil etilgan tekshruv bo'lib, mijoz 
firma va u bilan shartnoma asosida bog'liq bo'lgan banklar, soliq mahkamalari, 
sug'urta kompaniyalari kabi hamkorlar va hissadorlar manfaatini ko’zlab amalga 
oshiriladi.
4. Taftish o'tkazuvchi shaxs, asosan, taftish idorasining xodimi hisoblanadi 
va uning xulosasi ko’pchilik hollarda rahbarning irodasiga bog’liq bo'ladi. Audit 
esa, mustaqil ekspert maqomiga ega bo'lib, tekshiruv bo’yicha mustaqil xulosa 
beradi.
5. Taftish yuqori tashkilotlar va Javobgarlikka tortish huquqiga ega bo'lgan 
muassasalar tamonidan asosan majburiy tarzda tashkil qilinadi. Audit esa asosan 
korxonaning o'z xohishlariga ko' ra, ularning murojaati asosida amalga oshiriladi.
6. Taftishning xarajatlart asosan tekshiruvni tayinlagan yuqori tashkilotlar 
tamonidan qoplansa, auditorlik tekshiruvining harakatlari shartnomaga muvofiq 
tekshiruv o 'tkazilayotgan firma hisobidan qoplanadi. 
7. Taftish natijalari tekshiruvni belgilangan tashkilotlarga katta miqdorda 
davlat mulkini talon-toroj yoki qonundan chetga chiqishlar aniqlanganda, tergov va 
sud muassasalariga taqsim qilishl mumkin. Auditorlik tekshiruvi natijalari esa, agar 


u Javobgarlikka tortish huquqiga ega bo'lgan tashkilotlar tamonidan maxsus 
tayinlanmagan bo'lsa, ishga yo’llagan firma rahbariyatiga beriladi va zaruriyatga 
ko'ra, uning asosiy holatlari xissadorlar yig’ilishiga taqdim etilishi mumkin. Bu 
ma'lumotlar boshqa tashkilotlarga firma rahbariyatining ruxsati bilangina beriladi. 
Boshqa hollarda mustaqil auditor firmasi tamonidan sir saqdanadi. 
Agar auditorlik tekshiruvi natijasi asosida berilgan ko'rsatmalardan 
tekshiruv o'tkazilgan Karxona zarar ko'rsa, shu zararni mijoz, auditor yoki 
auditorlik firmasidan qonunda ko’rsatilgan tartibda undirib olish huquqiga ega. 
8. Faoliyat xususiyatiga ko'ra taftish yuqori tashkilotlar tomonidan berilgan 
buyruq yoki ko’rsatmalari bajarish bilan bog'liq jarayondir. Audit esa tadbirkorlik 
faoliyati. Auditor korxonaning moliyavly hisobotini tekshirish bilan cheklanib 
qolmay balki mijozga haq evaziga moliya, buxgalteriya xisoboti, valyuta 
muomalalarini yuritish, bank ishi, sug'urta kompaniyalari faoliyati, tashqi bozorga 
chiqish singari faoliyat yo'nalishlari bo'yicha maslahatlar berish bilan ham 
shug’ullanadi.
Taftish 
va 
auditorlik 
faoliyati, 
shuningdek 
tekshiruv 
natijalarini 
rasmiylashtirish tartibga ko'ra farqlanadi. Masalan, taftish o'tkazish natijalari 
dalolatnoma holida rasmiylashtiriladi va u korxona faoliyatida qonunchilikka rioya 
qilish holati to’g'risida xulosa chiqarish va aybdorlarni Jazolash maqsadida yuqori 
tashkilotlar yoki tekshiruvni tayinlagan idoralariga taqsim etadi. Uning 
ma'lumotlari aksariyat hollarda keng xalq ommasiga e’lon qilinmaydi. Auditorlik 
tekshiruvi natijalari esa, auditor hisoboti va xulosasi holida rasmiylashtiriladi. 
Auditor xulosasi muhim hujjat bo'lib, u mijoz tamonidan moliyaviy xisobotlar 
bilan birga matbuotda e'lon qilinishi mumkin. Bu esa u bilan xamkorlik qilayotgan 
va qilmoqchi bo'lgan yuridik hamda jismoniy shaxslarning e'tiborini o'ziga Jalb 
qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi. 
Demak, audit xizmati taftish o'tkazishning o'rint egallamaydi. Chunki 
moliyaviy taftish o'tkazish ham o'z ahamiyatiga ega. Ammo auditorlik xizmati 
hozirgi bozor igtisodi munosabatlariga o'tishda muhim bo'lib, xo'jalik subyektlari 
bo'lgan korxona, tashkilotlarga xo’jalik, tadbirkorlik faoliyatini qonunga muvofiq 
tarzda yurgazishda nihoyatda katta yordam ko'rsatmoqda. Demak, moliyaviy 
taftish ham auditorlik xizmati ham, tadbirkorlarning xo'jalik va moliyaviy 
faoliyatini to'g'ri yurg’azishda muhim o’ringa ega.
Auditorlik xizmati taraflar tamonidan tuzilgan shartnoma asosan olib 
boriladi. Mazkur shartnomaga muvofiq har ikki tamonda ham huquq va burch 
paydo bo'ladi. Agar ular auditoryalik xizmati ko'rsatish shartnomasini buzsa, 


shartnomada belgilanganidek hamda Auditorlik faollyati to’g'risidagi qonunning 
12-moddasida ko'rsatilgan tartibda mulkiy, ma'muriy yoki intizomiy Javobgarlikka 
tortiladi. 
Adabiyodar 

Karimov I.A.. O’zbekiston buyuk kelajak sari (O'zbekiston XXI asr 
bo'sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari). T., «O'zbekiston», 1998, 567-6.. 

«Xalq so zi», 2000 yil 15 iyun. 

Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T., 
O’zbekiston», 1995, 241-6. 

O'zbekiston Respublikasining Korxonalar, Ijara, Mulkchilik to'g’risidagi 
qonunlari. T., «Adolat», 1997.

. www.ziyonet.uz

Yüklə 169,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin