Auditorlik tekshiruvida taxliliy amalarning qo'llanilishi



Yüklə 239,5 Kb.
səhifə1/5
tarix24.05.2023
ölçüsü239,5 Kb.
#121455
  1   2   3   4   5
Salomov S. mustaqil ish


Auditorlik tekshiruvida taxliliy amalarning qo'llanilishi
REJA:
1. Auditorlik tekshiruvida qo'llaniladigan tahliliy amallarning maqsadi va vazifalari
2. Tahliliy amallarning turlari va ularning qo'llash tartibi
3. Auditorlik dalillarni olish usullarining amaliy ahamiyati va auditorlik dalillarni olishda iqtisodiy va moliyaviy tahlil ishlaridan foydalanish
4. Auditda tahliliy amallarni qo'llashni xorij tajribasi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1.Auditorlik tekshiruvida qo’llaniladigan tahliliy amallarning maqsadi va vazifalari
Auditorlik tashkiloti o’z shartnoma majburiyatlarini bajarishda, amalda tekshiruv ob’ektlarini to’liq (100%) qamrab olaolmaydi. Natijada, moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining mutlaqo (shak-shubhasiz) haqqoniy ekanligini kafolatlay olmagani holda, ma’lum darajadagi tavakkalchilik bilan ularni tasdiqlaydi. Shu boisdan, auditor ishida doimo ma’lum darajada tavakkalchilik xavf-xatari mavjud bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, auditor xulosasida bayon etilgan fikr har doim ham mutlaqo to’g’ri bo’lishi mumkin emas. Ammo, deyarli hamma vaqt axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi lozim. Bunday foydalilikning ta’minlanishi ma’lum darajadagi mijoz tashkilotni jiddiylik bilan ularni to’g’ri baholashni talab etadi.
Auditorlik tekshiruvni rejalashtirish tekshiriladigan korxona faoliyatini 9 batafsil o’rganishdan boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini o’rganishdan ikkita maqsadni ko’zlaydi:
a) audit o’tkazishni osonlashtirish va sifatini oshirish;
b) tekshiriladigan korxona iqtisodini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahat yordami ko’rsatish. Buning uchun korxona faoliyatiga ta’sir qiladigan ichki hamda tashqi omillar haqida ma’lumotlarni to’plash zarur. Auditor birinchi navbatda e’tibor berish lozim bo’lgan, korxona iqtisodiga ta’sir qiladigan ichki omillarga quyidagilar kiradi: mulkchilik shakli va boshqaruv tuzulmasi, korxonaning qanday maqsadda tashkil etilganligi, korxona faoliyatida amalga oshiriladigan asosiy muomalalar, moliyasi, xodimlari, hisob yuritish siyosati, korxonaning uchinchi shaxslar bilan o’zaro munosabatlari.
Tekshiriladigan korxonaning maqsadlarini tahlil qilish, uning muomalalarini yaxshi tushunishga imkon berib, tekshiriladigan hisobot haqida to’g’ri fikr shaklllantirilishi uchun zarurdir. Chunonchi, agar auditor ishini rejalashtirish chog’ida mulk egalarining korxonani tugatmoqchi ekanliklari aniqlansa, bunda u korxona hisobotiga nisbatan faoliyat qilayotgan korxona printsipini qo’llamasligi haqida auditorlik hisobotiga ta’kidlash kiritishga tayyorlanishi zarur.
Korxonaning maqsadlarini aniqlash uchun quyidagilarni bilish zarur: mahsulotlar va xizmatlarning asosiy turlari; boshqa korxonalar, guruhlar bilan birlashishga oid yoki korxonaning sotib olish, sotish bo’yicha rejalari; ilmiy-tadqiqot va tajribakonstruktorlik sohasidagi yirik korxonalar; rejalashtirilgan kapital qo’yilmalar; yangi bozorlarga chiqish rejalari; axborot texnologiyasidagi o’zgarishlar, soliqlarni rejalashtirish strategiyasi. Mijozning muomalalari haqidagi ma’lumotlar auditorga o’zining xatarli holatlarini to’g’ri baholash, samarali tekshirish dasturi tuzish va uni o’tkazishga ketadigan vaqtni tejashda yordam beradi. Korxonaning uchinchi shaxslar bilan o’zaro munosabatlarini ko’rib chiqishda quyidagilarni tahlil qilish zarur: korxona da’vosi, shuningdek unga qarshi 10 qo’zg’atilgan da’vo bo’yicha mavjud va bo’lishi mumkin bo’lgan sudlashuvlar; korxonaning mulklari va mas’uliyatlari sug’urta qilinganligi; korxonaning soliq maqomi (soliqlar bo’yicha imtiyozlar va sh. o’.).
Korxona rahbariyati va bosh mutaxassislardan so’rab-surishtirish yo’li bilan asosiy muammolarni, xususan, raqobat, soliq masalalari, korxonaning moliyaviy ahvoli, korxonaning yirik muomalalari, biznesdagi, rahbariyatdagi, mulkchilik shakllaridagi o’zgarishlar, ichki nazoratning tashkiliy tuzilmasi va metodlari, rahbariyatning auditor maxsus e’tibor qaratishini istagan o’ziga xos muammolarini aniqlashi mumkin. Bo’linmalar, ishlab chiqarish o’rinlari va omborlarga borib, mijozning amalga oshiradigan muomalalari, ishlab chiqarish ko’rilmalari, tovarmoddiy zaxiralarning mavjudligi haqida tasavvurga ega bo’lishi mumkin. Shuningdek, korxona faoliyati haqidagi uning hisobotida (buxgalterlik hisobotlari va analitik yozuvlar; direktorlar, boshqaruv va aktsiyadorlik kengashining majlis bayonnomalari, ichki auditorning va taftish komissiyasining hisobotlari, lavozim yo’riqnomalari), tashqi axborot manbalari (matbuotda chiqqan nashr mahsulotlari, ma’lumotlar bazasi, analitik nashrlar, qonunchilikka oid va boshqa me’yoriy byulletenlar) keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilishi lozim. Auditor olingan ma’lumotlarni yozib boradi va korxonaga ta’sir qiluvchi omillar hamda aniqlangan tahlikali holatlar bayon qilingan holda bo’limlarga bo’lingan maxsus yozuv ko’rinishida rasmiylashtiradi.
Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish. Auditor korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirishni boshlashdan oldin buxgalterlik hisobi qanday tashkil etilganligi va yuritilayotganligini o’rganishi lozim. Bunda u korxonada qo’llanilayotgan nazorat vositalarini o’rganadi va baholaydi, ular asosida taxmin qilinayotgan auditorlik amallarining mazmuni, miqyosi va qilinadigan xarajatlarni aniqlaydi.
Eng muhimi, auditor amaldagi buxgalterlik hisobi tizimi tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatini ishonarli aks ettirishi hamda tekshirilayotgan korxonadagi mavjud nazorat vositalariga qay darajada tayana olishiga ishonch hosil qilishi lozim. Shuningdek, hisob tizimini, ya’ni hujjatlar aylanish reja-grafigining tuzilishini, buxgalteriya xodimlarining xizmat vazifalari qanday taqsimlanayotganligini ko’rsatishi, korxonaning asosiy muomalalarini aks ettirish uchun qanday schyotlar korrespondentsiyalari (o’zaro bog’lanishlari) qabul qilinganligi va qanday hisob registrlaridan foydalanilayotganligi kabi masalalarni bayon qilish lozim.
Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining tashkil etilishi hamda holatini tekshirishda quyidagilardan foydalanadi: «Buxgalteriya hisobi to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom, yuqori tashkilotlarning yo’riqnoma, Nizom va ko’rsatmalari; Korxonaning hisob yuritish siyosati. Hukumat, moliya va statistik organlarining me’yoriy hujjatlari bilan bir qatorda, o’rganilayotgan sohadagi tekshirilayotgan korxonalarning xususiyatlarini ifodalaydigan ta’sis hujjatlariga alohida ahamiyat beriladi. Agar rahbariyatga taqdim qilingan axborotlar natijalari bo’yicha buxgalterlik hisobotiga tegishli o’zgartishlar kiritilmagan bo’lsa, u holda auditor audit jarayonida aniqlangan buxgalterlik hisobotidagi buzib ko’rsatilgan faktlar to’g’risidagi ma’lumotlarni auditorlik xulosasiga kiritishi kerak.
Auditorlar ham, tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ham, shuni unutmasliklari zarurki, buxgalterlik hisobotlarini ataylab yoki bilmasdan buzishlarning yuzaga kelishi uchun; shunday xatolarning oldini olish bo’yicha choralar ko’rilmaganligi uchun; ularni bartaraf qilmaganligi yoki kechikib to’g’rilaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari javobgardir.
Auditorlik tashkiloti esa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma ravishda taqdim qilinadigan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasida buxgalterlik hisobotining ishonchliligi to’g’risida ob’ektiv va asoslangan fikr bildirganligi uchun javobgar hisoblanadi. Auditor xo’jalik faoliyatini tekshirishda quyidagilarni tahlil qilishi lozim:
-korxonaning o’z ustav faoliyati va xo’jalik dasturining bajarilishi;
- ustav kapitalini tashkil etishning to’g’riligi va uning o’z faoliyati maqsadlariga muvofiq ishlatilishi;
-korxonada mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ishonarli, tezkor hisobga olishning tashkil etilishi, tayyor mahsulotlar etkazib berish majburiyatlarining bajarilishini hisobga olgan holda korxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibga rioya qilinishi;
- mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida etkazib bermaganlik natijasida ko’rilgan yo’qotishlar (jarimalar, peniyalar, neustoykalar va boshqalar);
-chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir ko’zlangan tadbirlarning bajarilishi;
-mahsulot sifati ko’rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot etkazib berganlik uchun ko’rilgan zararlar; mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, sutkalik grafiklar bajarilmasligi oqibatida ko’rilgan zararlar;
-xom ashyolar, materiallar va ishlab chiqarish chiqitlari-dan oqilona foydalanish;
- korxona jamoasi maqsadlarning tizimi, har bir xodimga vazifalarning oqilona taqsimlanishi;
- ham iqtisodiy, ham ijtimoiy maqsadlarga etishishda barcha xodimlar (ishchidan tortib bosh direktorgacha) iqtisodiy manfaatlarni ta’minlaydigan mehnatga haq to’lash tizimi;
- mahsulot chiqarish va sotish haqidagi hisobot ma’lumotlarining buxgalterlik hisobi va dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga to’g’ri kelishi;
- mahsulotlar hisobotiga hisobot davrida tayyorlanib tugallanmagan mahsulotlarning kiritilmaganligi va hisobotlarda boshqa qo’shib yozish hamda chalkashliklarga yo’l qo’yilmaganligi.
-buxgalterlik hisobi va nazoratning tashkil etilishi pul mablag’lari va 13 material qiymatliklar kamomadi, etishmovchiligi va noqonuniy sarflanishi va boshqa kamchilik hamda suiste’mol qilishlarning oldini olishni ta’minlashi, dastlabki hujjatlarni sifatli rasmiylashtirish va ularning ishonarliligi ustidan puxta nazorat o’rnatish; xo’jalik muomalalarini, pul mablag’lari va mulklar, material qiymatliklar mavjudligi va saqlanishini davriy inventarizatsiyasi va to’satdan o’tkazilgan tekshirishlar natijalari va shu kabilar;
-tuzilgan davriy va yillik hisobotlar ma’lumotlarining buxgalterlik va statistik hisobot ma’lumotlariga to’g’ri kelishi. № 1 - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq hisob siyosati xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hiso-botni tayyorlash hamda tuzish uchun foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to’plamini ifodalaydi.
Shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati korxona rahbari tomonidan №1 BHMS asosida tuzilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektning turli yillar uchun taqdim qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ko’rsatkichlar taqqoslanuvchan, hamda boshqa aloqador BHMS lar asosida shakllantirilgan bo’lishi lozim. Hisob siyosatini shakllantirish va unga rioya qilinishi masalalari auditning ahamiyatli sohalaridan bo’lib, buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Shu boisdan hisob siyosati buxgalteriya hisobi va hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning barcha bosqichlarida - auditni rejalashtirishdan to auditorlik xulosasini tuzgunga qadar muhim tekshiruv ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotning tashkil etilishini tekshirish chog’ida hisob siyosati bilan tanishishning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy tamoillarini va tekshiriladigan korxonaning hujjatlar aylanishi grafigini o’rganish hamda baholashdan iborat. Bunda hisob siyosatini belgilaydigan farmoyish hujjatlarining mavjudligi va tarkibi aniqlanadi.



Yüklə 239,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin