(Axborotnoma 2018/4-2)
KIMYO
1.Quyidagi birikmalarning qaysi birida oltingugurt va kislorod atomlari soni o’zaro 1:4 nisbatda bo’ladi?
A) aluminiy digidroksosulfat
B) kalsiy gidrosulfit
C) kalsiy gidroksosulfat
D) aluminiy gidrosulfat
U
2.Quyidagi birikmalarning qaysi birida oltingugurt va kislorod atomlari soni 1: 8 bo’ladi?
A) kalsiy gidrosulfit
B) aluminiy digidroksosulfat
C) kalsiy gidroksosulfat
D) aluminiy gidrosulfat
3. IV valentli qaysi element oksidining molyar massasi 87 g/mol ga teng?
A) S B) Ti C) Si D) Mn
4. VI valentli qaysi element oksidining molyar massasi 100 g/mol ga teng?
A) Se B) Cr C) S D) Mn
5.16 litr idishdagi gazning hajmi 8 litrgacha kamaytirilganda bosim 6 kPa ga ortdi. Dastlabki bosimni (kPa) da aniqlang.
( T=cons)
A) 10 B) 8 C) 4 D) 6
6.16 litr idishdagi gazning hajmi 12 litrgacha kamaytirilganda bosim 2 kPa ga ortdi. Oxirgi bosimni (kPa) da aniqlang. ( T=cons)
A) 10 B) 12 C) 6 D) 8