Inson hayotida axloqiy meyorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda muayyan axloqiy fazilatlarni aks ettirgan tushunchalar va tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy, lekin keng tarqalgan shakli sifatida royobga chiqadi. Halollik, rostgoylik, hayolilik, insoflilik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik singari meyorlar ayniqsa diqqatga sazovor. Halollik. Halollik vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari bilan bogliq, insoning ozgaga munosabati oziga munosabatidek sof, pokiza bolishini talab qilidigan axloqiy meyordir. Dastavval u diniy tushuncha sifatida vujudga kelib, har bir musulmonning emakichmagi, jinsiy va iqtisodiy xattiharakatlari sifatini belgilab beruvchi shariy meyor bolib amal qilgan, uning ziddi harom diniy nuqtai nazardan salbiy hisoblangan xattiharakatlarga nisbatan qollanilgan. Qadriyat tushunchasi va uning turlari.
Qadriyat buborliq rang-barang elementlarining obektiv ahamiyati bolib, ularning mazmuni jamiyat subektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi. QADRIYATLARNING TURLARI. Ijtimoiy hayotning asosiy sohalariga muvofiq odatda qadriyatlarning uch guruhi farqlanadi: moddiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar va manaviy qadriyatlar. Moddiy qadriyatlar Moddiy qadriyatlar jumlasiga inson mehnati natijasida yaratilgan moddiy dunyo predmetlari, Shuningdek otmish madaniy merosi predmetlari kiradi. Moddiy qadriyatlar bu tabiiy nematlar, mehnat mahsullarining istemol qiymati, ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy nematlar, tarixiy voqealar, madaniy meros, axloqiy ezgulik, gozalik mezonlarigani qanoatlantiruvchi estetik hodisalar, diniy ibodat predmetlari yoki ozining muayyan ramziy ifodasini topgan diniy goyalar va sh.k. Moddiy qadriyatlar ongda emas, balki odamlar hayot faoliyatida amal qiluvchi muayyan narsalar, hodisalar dunyosida mavjud boladi.