3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə1/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir


3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja




3-mavzu. Rivojlanish falsafasi 
Reja: 
1. Shakllanish, o‘zgarish, rivojlanish va taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro
aloqasi va farqi.
2. Rivojlanishning umumiy qonunlari va kategoriyalari
3. Falsafa tarixida kategoriyalarga turli munosabatlar.
4. Metodlarning tasnifi: fan va falsafa metodlari.


Tayanch tushunchalar: 
Harakat, progrez, regrez, qonun, ayniyat qonuni, tafovud
qonuni, qarama-qarshilik birligi qonuni, inkorni-inkor qonuni, kategoriya,
yakkalik, xususiylik, umumiylik, sistema, struktura, element, mazmun va shakl,
mohiyat va hodisa, imkoniyat-voqelik, bahona va shart, sabab va oqibat, metod,
metodika, metodologiya, dialektika, metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika.

1. Shakllanish, o‘zgarish, rivojlanish va taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro 
aloqasi va farqi. 
Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida, birinchi
asosni, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi.
Falsafiy nazariya sifatidagi dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning
qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi. Dialektikaning hozirgi
konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik,
tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi.Ыuyida bu tamoyilla bilan
tanishamiz.
Umumiy aloqadorlik tamoyili. Dunyo o‘ta rang-barang. Har bir ob’ekt ko‘p sonli
xossalarga ega bo‘lib, ular boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa jarayonida namoyon
bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan
aloqaga kirishish orqali namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, har bir ob’ekt o‘zga
ob’ektlar bilan qonuniy bog‘lanadi va bu ob’ektlar bilan o‘zaro ta’sirga kirishish
jarayonida ishtirok etadi.
Aloqa. Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan masofada
uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob’ektning o‘zaro aloqa
jarayoni tushuniladi.
Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida
namoyon bo‘ladi.
O‘zaro aloqa. Real voqelikda har bir muayyan ob’ekt ko‘p sonli sababiy
zanjirlarning murakkab «tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob’ektlardan ta’sirlanish
bilan bir vaqtda o‘zi ham ularga aks (reaktiv) ta’sir ko‘rsatadi. «Tashqi» va «ichki»
sababiy zanjirlar unda uyg‘unlashadi, kesishadi va tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan
o‘zaro aloqaga kirishadi va bu o‘zaro aloqa ob’ektda yuz beruvchi barcha
jarayonlarning negiziga aylanadi.
Aloqa uchun asos. Aloqa, aloqa uchun asos va aloqa shart-sharoitlari
tushunchalarini farqlash lozim. Aloqa yuzaga kelishiga imkoniyat yaratuvchi ayrim
xossa, belgi yoki munosabat aloqa uchun asos bo‘ladi. Asosning mavjudligi aloqa
o‘rnatish uchun zarur, lekin etarli emas, chunki uning o‘rnatilishi doim emas, balki



muayyan sharoitdagina yuz beradi. Shart-sharoitlar – bu avvalo predmet mavjud


bo‘lgan muhitdir. U aloqa o‘rnatish uchun qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin.
Shart-sharoitlar o‘z holicha aloqa o‘rnatish omili bo‘lishi mumkin emas, ular faqat
aloqa yuzaga kelishiga ko‘maklashadi yoki monelik qiladi.
Munosabat. Aloqa tushunchasi o‘zaro aloqa, harakat, munosabat tushunchalari
orqali yoritiladi. «Hozirgi zamon falsafa lug‘ati»da1 munosabat tushunchasi
«narsalarning o‘zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin xossalarning namoyon
bo‘lish omili» sifatida ta’riflangan. Xullas, munosabat, bir tomondan, narsalarning
o‘zaro aloqasini, boshqa tomondan esa – ularning alohida-alohida mavjudligini
nazarda tutadi.
O‘zaro ta’sir. Narsalar bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi natijasida yuzaga keladigan va
ular bir-birini o‘zgartirishiga sabab bo‘ladigan aloqa. Ya’ni, o‘zaro ta’sir
narsalarning o‘zaro aloqadorligini, ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi va bir-birini
o‘zgartirishini anglatadi.
O‘zgarishlar o‘z xususiyati va yo‘nalishiga ko‘ra tartibsiz o‘zgarishlar, aylanma
harakatlar, jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga mexanik ko‘chishida
namoyon bo‘lishi mumkin. Rivojlanish o‘zgarishning alohida tipi hisoblanadi.
Dialektika kategoriyalari umumiy aloqalarning o‘zgarish va rivojlanish manbai
sifatidagi tavsifini to‘ldiradi, harakatlanayotgan, tadrijiy rivojlanayotgan
dunyoning keng manzarasini yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar va o‘zaro
ta’sirlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar amalda mavjud emas.
Aloqalarning tasnifi va xususiyati
Aloqalarning asosiy turlari
Aloqalarnnig xususiyatlari
Materiyaning asosiy turlariga va
uning harakat shakllariga xos
bo‘lgan aloqalar
Materiya
mavjudligining
asosiy
shakllariga xos
bo‘lgan aloqalar
Qonun,
hodisani
belgilaydigan
aloqalar
Qonun,
hodisani
belgilamay
digan
aloqalar
Ijtimoiy
Moddiy-
energetik
Makonga doir
Ichki
Tashqi
Biologik
Vaqtga doir
Muhim
Ahamiyatsi
z
Kimyoviy
Strukturaviy
Zaruriy
Tasodifiy
Fizik
Informatsion
Genetik
Barqaror
Beqaror
Mexanik
Sababiy
Umumiy
Yakka
Funksional
Aloqalar quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi.
Aloqalarning bunday shakllari qatoriga ichki va tashqi aloqalar; muhim va
ahamiyatsiz bog‘lanishlar; zaruriy va tasodifiy bog‘lanishlar; barqaror va beqaror
aloqalar; umumiy va yakka aloqalar kiradi.
1
Қаранг: Современный философский словарь / Под ред. В.Е.Кемерова. – М.: 2004. – С.497.



Rivojlanishda bu aloqalarning roli bir xil emas: ularning ayrimlari yordamida


predmet o‘z tabiatini ro‘yobga chiqaradi, ya’ni ular bosh rolni o‘ynaydi, boshqa
aloqalar esa ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Tarixiylik tamoyili. Har qanday, narsa, jarayon mavjudligi paydo bo‘lish,
rivojlanish va yo‘qolish bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Masalan Er taxminan 6
milliard yil ilgari issiq gazsimon tumanlikdan paydo bo‘lib, hozirgi holatiga etgan.
Ayni paytda olimlar qachonlardir Erning sovib, oysimon, sovuq planetaga
aylanishini e’tirof etganlar.
Materialistlar tarixiylik tamoyilini “olamning moddiy birligi haqidagi monistik
tamoyilga” mosligi uchun reallikning barcha sohalarida mavjud deb hisoblaydilar.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tarixiylikni mutloqlashtirish to‘g‘ri emas.
Chunki, ilgari Oy oddiy planeta bo‘lgan, hozir esa sovuq kosmik jism, qutb
yulduzining konfiguratsiyasi 50 ming yil ilgari hozirgidan boshqacha bo‘lgan,
insonning jismoniy tipi 40-50 ming yil ilgari to‘liq shakllangan. Bunda tarixiylik
to‘liq namoyon bo‘layotgandek. Biroq, aslida, tabiat, materiya abadiy, biz uning
faqat muayyan fragmentlarini, tabiat fragmentlarining tarixini qo‘ramiz xolos.
Shuning uchun tarixiylik tamoyili haqida emas, balki evolyusiya tamoyili haqida
gapirish to‘g‘riroq bo‘ladi.
Tarixiylik tamoyilining shakllari turlicha. Tarixiyliknnig ijtimoiy jihati ijtimoiy
tarixning qonuniyatligi, uning taraqqiyoti qaytarilmas ekanligidan dalolatdir.
Yangi ijtimoiy tuzilma va tizimlarning paydo bo‘lishi muqarrar. Ijtimoiy hayotni
o‘rganishda tarixiylik tamoyili g‘oyasi Ibn Xaldun, ar-Roziy, Gegel ijodida aks
etgan. Metodologik jihatdan tarixiylik tamoyili jamiyat taraqqiyotining u yoki bu
bosqichidagi yaxlitlikni, rivojlanishning istiqbollarini baholash imkonini beradi.
Masalan, O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridayoq ta’lim sohasida
islohotlarni amalga oshirdi. Bu ta’lim tizimining ilgarigi holatidan butunlay yangi
holatga o‘tishini ta’minladi. Mulk sohasidagi islohotlar esa kishilarning mulkka
ongli munosabatini shakllantirishga zamin tayyorladi. Jamiyatning tarixiy
rivojlanishida va tarixiylik tamoyilining amal qilishida tarixiy taraqqiyotni bilish
yoki bilmaslik muhim ahamiyat kasb qiladi. Zero, bilish orqali yangi jamiyatning
nazariy asoslari yaratiladi, bilmaslik esa ko‘r ko‘rona faoliyat natijasida jamiyatni
navbatdagi boshi berk ko‘chaga olib kiradi.
Sababiyat tamoyili. Sababiyat aloqalarning genetik tipi, zero unda bir hodisa
muqarrar yangi bir hodisani yaratadi. Yangi sifatning paydo bo‘lishi sababga ega.
Masalan, O‘zbekistonda mudofaa sohasidagi islohotlar ilgarigi mudofaa
xizmatining hozirgi davr talablariga javob bermasligi davlat manfaatlariga mos
emasligi bilan belgilanadi.
Tizimlilik tamoyili. Tizimlilik tamoyili va u bilan bog‘liq tizimli yondoshuv o‘zida
dialektika nazariyasining kompleks g‘oyalarini mujassamlashtirgan hozirgi zamon
fani va amaliyotida muhim metodologik ahamiyat kasb qiladi. Tizimlilik
tamoyilining asosiy omili yaxlitlik tamoyilidir. Bu ob’ektlarni ikki yoqlama: bir
tomondan ob’ektlarning muhit bilan mutanosibligi, ikkinchi tomondan tizim
elementlari, xossalari va funksiyalarining butun doirasida ichki bo‘linishi nuqtai
nazaridan o‘rganishni talab qiladi. Bunda butunning xossalari uning elementlarini



nazarda tutadi va aksincha. Tizimning yaxlitligi haqidagi tasavvurlar aloqa orqali


konkretlashtiriladi.



Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin