1."Aholi daromadi o‘sishi bilan odamlarda ko‘proq iste’molga emas, balki
jamg‘arishga moyillik paydo bo‘ladi" iborasi qaysi qonunning mazmunini
anglatadi?
- jamg‘arish qonuni
- asosiy psixologik qonun
- iste’mol qonuni
- pul harakati qonuni
2."Individualjamg‘armalar" termini, bu. . .
- ma’lum vaqtda olingan, ammo iste’mol uchun foydalanilmagan daromad
- faqat qimmatbaho qog‘oz sotib olish uchun ishlatilgan daromad
- oila butun aktivlari minus majburiyatlar
- oila butun aktivlarining umumiy yigindisidir
3."Mavjud daromadlar hajmi o‘zgarishiga nisbatan iste’mol xarajatlari kamroq
darajada o‘zgaradi" bu qonun qaysi nazariyaga asoslanadi?
- Keynscha iste’mol nazariyasi
- Keynscha investitsiya nazariyasi
- Pulning miqdoriy nazariyasi
- Klassik makroiqtisodiy nazariya
4. Agar kishilar tejamkor bo‘lib borsa, boshqa sharoitlar o‘zgarmagan holda…
- kredit bahosi pasayadi
- kreditga talab o‘sadi
- tovarlar narxi oshib ketadi
- jamg‘arish egri chizigi chapga suriladi
5.
Agar foizningreal darajasi oshsa. . .
- investitsiya xarajatlari qisqaradi
- investitsiya egri chizig‘i o’zgarmaydi
- investitsiya
egri chizigi, o‘nga siljiydi
- investitsiya xarajatlari ko‘payadi
6.
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri
- kutilayotgan sof foyda normasi
- tadbirkorlarning optimistik kutishi
- ishlab chiqarish jihozlarining rivojlanganlik darajasi
- ahol isoni
7. Iste`mol va jamg’arish hajmini belgilovchi asosiy omil
- uy xo`jaliklarining daromadlari
-
pul bozorida foiz stavkasi
- mamlakatning ochiqlik darajasi
- tashqi qarz hajmi
8. Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta`sir etmaydigan omilni belgilang
- transfert xarajatlaridagi o`zgarishlar
- soliqqa
tortish darajasi
- ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o`zgarishlar
- mavjud bo`lgan asosiy kapital miqdori
9. Jamg’armaga o`rtacha moyillik deganda .....
– shaxsiy daromadning jamg’armaga
ketadigan ulushi
- shaxsiy daromadning iste`molga
sarflanadigan ulushi
- investitsiya va jamg’arish o`rtasidagi nisbat
- jamg’arish bilan iste`mol o`rtasidagi nisbat
10. Iste`molga o`rtacha moyillik deganda...
- shaxsiy daromadning iste`molga sarflanadigan ulushi
- investitsiya va jamg’arish o`rtasidagi nisbat
- jamg’arish bilan iste`mol o`rtasidagi nisbat
- shaxsiy daromadning jamg’armaga ketadigan ulushi