ANNOTATSIYA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 o‘quv
yilida
O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning
davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son
qarori
6.a-bandida
2021/2022-o‘quv
yili qabulida davlat oliy ta’lim
muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga
qabul qilish ikki bosqichda amalga oshirilishi, bunda birinchi bosqichda davlat oliy
ta’lim muassasasitomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish
imtixonlari, ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha
test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi
393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining
magistraturasiga
o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq magistraturaga kirish
sinovlari (maxsus test sinovlari) o‘tkazish shakli va fanlar bo‘yicha sinov dasturlari
ishlab chiqilgan.
Dastur 5A310101 - Energiya tejamkorligi va energoaudit (issiqlik
energetikasida)
magistratura
mutaxassisligiga
kiruvchilar
uchun
ta’lim
yo’nalishining 2017-2018 o’quv yilida O va O‘MTV
tomonidan tasdiqlangan
o‘quv rejasidagi asosiy (ixtisoslik) fanlar asosida tuzilgan.
Dastur institutning 2021-yil 30-iyundagi №11 sonli kengash yig‘ilishida
muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
5A310101 - Energiya tejamkorligi va energoaudit (issiqlik energetikasida)
Tuzuvchilar:
Anarboev M.A.
– “Elektroenergetika ” kafedrasi mudiri v.b,
Siddiqov I.–TATU “Elektr ta’minoti tizimlari”
kafedrasi mudiri
professor,t.f.d