O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VAKOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FIZIKA II
fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Elektromagnit tebranish konturi
Toshkent - 2022
Reja:
1. Elektromagnit tebranish konturining ta’rifi.
2. Elektromagnit konturining potensial va kinetik energiyalari konturning qaysi qismida joylashadilar.
3. Tebranish konturining tebranish davri va chastotasi.
4.Tebranish konturida zaryadning, tok kuchining va kuchlanishning erkin garmonik tebranishlari ifodalari.
5. Ochiq tebranish konturi.
6. Radio to‘lqinlarini uzatish va qabul qilishda tebranish konturining ishlash prinsipi.
7. Xulosa;
8. Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Elektromagnit tebranish konturining ta’rifi.
Elektr zaryadi, kuchlanish, tok kuchi, shuningdek, elektr va magnit maydonlarning davriy ravishda o‘zgarib turish jarayoni elektromagnit tebranishlar deb ataladi. Elektromagnit tebranishlarni tebranish konturida hosil qilish mumkin. C kondensator va L induktivlik g‘altagidan tuzilgan elektr zanjiri tebranish konturi deb ataladi (1– a rasm). Konturning aktiv qarshiligi juda kichik deb qaraladi
1-rasm.
Konturda elektromagnit tebranishlarni hosil qilish uchun dastlab kondensatorni zaryadlash kerak. Buning uchun konturni P almashlab-ulagich yordamida B batareyaga ulaymiz (1- b rasm). So‘ngra, kondensatorni batareyadan ajratsak, uning qoplamalarida ma’lum miqdorda qarama-qarshi ishorali zaryad to‘planadi.
Dostları ilə paylaş: |