B sug’diyona



Yüklə 107,58 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü107,58 Kb.
#171395
2-test


  1. Avesto"ga ko’ra Axuramazda tomonidan yaratilgan eng yaxshi mamlakatlar va makonlardan bo’lgan Vanhvi Daiti daryosi ortida joylashgan o’lkani belgilang?

A) Toshkent
B) Sug’diyona
S) Xorazm
D) Baqtriya



  1. Mil. avv. VII-VI asrlarda qadimgi Baqtriya tarkibiga Sug’diyonadan tashqari yana qaysi viloyat kirgan?

A) Bobil
B) Parfiya
S) Xorazm
D) Marg’iyona



  1. Xorazmning sug’orish inshootlari va sug’orilish tarixini o’rganishda mashhur olim-qadimshunos, ..... katta hissa qo’shgan?

A) akademik A.Muhammadjonov
B) professor A.S.Sagdullayev
S) akademik Ya.F.G’ulomov
D) professor M.Jo’raqulov



  1. O’zbekistondagi eng qadimiy shaharlardan hisoblangan Afrosiyob mil. avv.....asrlarda bunyod etilgan?

A) IV-II
B) VI-V
S) VI-VII
D) VIII-VII



  1. Xorazmdagi qaysi yodgorlikni o’rganishda oramiy yozuvidagi butun bir arxiv hujjatlari topilgan?

A) Oybuyirqal’ani
B) Qo’yqirilganqal’ani
S) Tuproqqal’ani
D) Jonbosqal’ani

  1. Mil.avv. VII-VI asrlarda Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo hududlari qaysi davlat tarkibiga kirgan?

A) Sug’diyona
B) Axamoniylar
S) Baktriya
D) Xorazm

  1. Kidariylar O’rta Osiyo yerlariga qachon kirib kelganlar?

A) IV asrning 70-yillarida
B) V asrning o’rtalarida
S) VI asrning 2-yarmida
D) V asrning 20-yillarida

  1. Ilk o’rta asrlarda bantak qanday ma’noni anglatgan?

A) Qishloqning ziroatkor aholisini
B) xizmatkorni
S) mirzani
D) qulni

  1. Betiga shoh va orqasiga suvoriy tasviri tushirilgan kumush tangalar qaysi sulolaga mansub?

A) Kushonlar
B) Kidariylar
S) Afrig’iylar
D) Ahmoniylar



  1. Yangikent shahri qaysi davlatning poytaxti bo’lgan?

A) Qarluqlarning
B) Tohiriylarning
S) Somoniylarning
D) O’g’uzlarning

11."Oltin olov o’lkasi" kitobida qaysi qadimgi davlat haqida ma’lumotlar keltirilgan?


A) Qadimgi Xorazm
B) Yunon-Baqtriya
S) Qadimgi Baqtriya
D) So’g’diyona

12. Etnik nom qabila nomidan davlat nomiga ko’chgan davlatni aniqlang?


A) Toxarlar
B) Xioniylar
S) Kidariylar
D) Eftaliylar

13. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo ziroatchi jamoalarining oddiy mehnatkash a’zolari nima deb yuritilardi?


A) dehqon
B) kadivar
S) kashovarz
D) koranda

  1. Kidariylar davlatining poytaxtini aniqlang?

A) Marv
B) Balx
S) Buxoro
D) Samarqand

15.Mamlakatimiz hududida ilk davlatchilik birlashmalariga o’tish jarayoni mil.avv.


..... boshlangan.
A) I mingyillikning boshlarida
B) II mingyillikning boshlarida
S) III mingyillikning o’rtalarida
D) II mingyillikning o’rtalarida

16.Qaysi yozma manbada Xorazm Xvarizam shaklida aytilgan?


A) Strabonning "Geografiya" asarida
B) Gerodotning "Tarix" asarida
S) "Avesto"da
D) Behustun yozuvlarida



  1. Zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto"da Aryonam Vayjon deganda qayer nazarda tutiladi?

A) So’g’diyona
B) Baqtriya
S) Farg’ona
D) Xorazm

  1. Beruniy ma’lumotlariga ko’ra Xorazm poytaxtini Kat shahriga ko’chirgan hukmdorni aniqlang.

A) Iskandar
B) Afrig’
S) Grumbat
D) Shopur II



  1. Mil. avv. VII-VI asrlarda Xorazm, So’g’diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg’ulot turini aniqlang.

A) chorvachilik
B) hunarmandchilik va savdo-sotiq
S) sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik
D) kulolchilik

  1. O’rta Osiyo aholisi tarixini o’rganishda qimmatli manba hisoblangan Ongin bitigi qayerdan topilgan?

A) Sibirdan
B) Oltoydan
S) Mo’g’ulistondan
D) Qozog’istondan

21.Kushonlar davrida Markaziy Osiyoda oromiy yozuvi keng tarqalganini bilasiz. Bu yozuv dastlab qayerda paydo bo’lgan edi?


A) Markaziy Osiyoda
B) G’arbiy Osiyoda
S) Sharqiy Osiyoda
D) Old Osiyoda

  1. Shaharning mustahkam labirintli (g’ulomgardish) darvoza og’zi - darvozaxonasi bo’lgan. Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning shimoli g’arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metr bo’lgan uch minorali hukmdor qasri qad ko’targan. Ushbu ta’rif qaysi shahar xarobasiga tegishli?

A) Jarqo’ton
B)Varaxsha
S) Bolaliktepa
D) Tuproqqal’a
23. Dastlabki davlatlar sug’oriladigan dehqonchilik hududlari – Misr, Mesopotamiya, Elam (Eron), Hindiston va Xitoyda bundan ...... muqaddam vujudga keldi.
A) 4-5 ming yillar
B) 3-4 ming yillar
S) 5-6 ming yillar
D) 2-3 ming yillar

24. O’zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga o’tish jarayoni qachon boshlanadi?


A) 2-ming yillikning o’rtalarida
B) 2-ming yillikning boshlarida
S) 3-ming yillikning o’rtalarida
D) 3-ming yillikning boshlarida

25.Osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan “Sharq yo’li” iqtisodiyotining asosini ........ tashkil etadi


A) sug’orma dehqonchilik
B) xususiy mulkchilik
S) hunarmandchilik va savdo-sotiq
D) chorvachilik

26.Qadimgi Sharq mamlakatlarida ilk davlatlar qaysi ko’rinishda paydo bo’lgan?


A) shahar-davlatlar
B) urug’-qabilalar
S) hududiy birlashmalar
D) qabilalar uyushmasi

27.O’rta Osiyoda qaysi shaharsozlik madaniyati shahar-davlat ko’rinishiga namuna bo’la oladi?


A) Jarqo’ton
B) Sopollitepa
S) Namozgoh
D) Oltintepa
28.Xorazm o’lkasida yashagan aholi qaysi sohada katta tajribaga ega bo’lgan?
A) dehqonchilik
B) hunarmandchilik
S) chorvachilik
D) savdo-sotiq
29. Qaysi Qadimgi Xorazm shohi Aleksandr Makedonskiyga elchi jo’natgan?
A) Farasman
B) Siyovush
S) Spitamen
D) Oksiart

30.Qaysi qadimgi davlat “Ming bir shahar mamlakati” deb nomlangan?


A) Qadimgi Baqtriya
B) Qadimgi Sug’diyona
S) Qadimgi Xorazm
D) Qadimgi Marg’iyona

31.M.a. III asr o’rtalarida Qadimgi Baqtriya qaysi davlat tarkibiga kirgan?


A) Yunon-Baqtriya podsholigi
B) Yunon-Makedon davlati
S) Salavkiylar saltanati
D) Axomoniylar saltanati
32.Tojikistonning Panjikent atrofidagi yerlar qaysi qadimgi davlat tarkibiga kirgan?
A) Qadimgi Sug’diyona
B) Qadimgi Baqtriya
S) Qadimgi Xorazm
D) Qadimgi Marg’iyona

33.Qaysi til qadimda jahon savdo tili sifatida katta nufuzga ega bo’lgan?


A) sug’d tili
B) xorazmiy tili
S) xitoy tili
D) hind tili
34.Axomoniylar davlati qaysi davrlarda faoliyat ko’rsatgan?
A) m.a. 558 - m.a. 330 yillar
B) m.a. 640 – m.a. 440 yillar
S) m.a. 330 - m.a. 130 yillar
D) m.a. 458 - m.a. 230 yillar
35.. Axomoniylar saltanatini kim barpo etdi?
A) Kir II
B) Kir I
V) Doro I
G) Doro II

36. Kir II ning O’rta Osiyoga harbiy yurishlarining birinchi bosqichi qaysi davrga to’g’ri keladi?


A) m.a. 545-540 yillar
B) m.a. 539-530 yillar
S) m.a. 541-539 yillar
D) m.a. 549-540 yillar

36.Kir II ning O’rta Osiyoga harbiy yurishlarining ikkinchi bosqichi qaysi davrga to’g’ri keladi?


A) m.a. 539-530 yillar
B) m.a. 541-539 yillar
S) m.a. 549-540 yillar
D) m.a. 545-540 yillar

37.Marg’iyonada Doro I ga qarshi qo’zg’olon qachon va kim boshchiliga bo’lib o’tdi?


A) m.a 522 y. Frada boshchiligida
B) m.a. 519 y. Shiroq boshchiligida
S) m.a. 530 y. To’maris boshchiligida
D) m.a. 329 y. Spitamen boshchiligida
38.Qachon yunon-makedonlar podshosi Filipp II axomoniylarga qarshi urush e’lon qildi?
A) m.a. 337 yilda
B) m.a. 336 yilda
S) m.a. 359 yilda
D) m.a. 330 yilda

39.Qaysi yillar davomida Aleksandr Makedonskiy Baqtriya, Sug’diyona, Marg’iyona, hozirgi Bekobod va Xo’janddan iborat Sirdaryo bo’ylari hududlarini egallay oldi?


A) m.a. 334-330 yillar
B) m.a. 327-325 yillar
S) m.a. 329-327 yillar
D) m.a. 330-329 yillar

40.Salavkiylar davlatining O’rta Osiyoda hukmronligi qaysi davrni o’z ichiga oladi?


A) m.a. 358-264 yillar
B) m.a. 301- 195 yillar
S) m.a. 312-293 yillar
D) m.a. 312-250 yillar
41.M.a. 250 yilda Salavkiylar davlatidan qaysi podsholiklar ajralib chiqdi?
A) Parfiyona va Yunon-Baqtriya
V) Parfiyona va Marg’iyona
S) Yunon-Baqtriya va Sug’diyona
D) Marg’iyona va Sug’diyona

42.Yunon-Baqtriya podsholigining asoschisini ko’rsating?


A) Yevtidem
B) Diodot
S) Demetriy
D) Yevkradit

43. Yunon-Baqtriya podsholigi sak va yuyechji qabilalari tomonidan qachon butunlay tugatilgan?


A) m.a. 155-150 yillarda
B) m.a. 150-145 yillarda
S) m.a. 145-140 yillarda
D) m.a. 140-135 yillarda

44. Davan davlatining boshqaruv shakli qanday bo’lgan?


A) mutlaq monarxiya
B) konstitusion monarxiya
S) cheklangan monarxiya
D) absolyut monarxiya

45. M.a. II asrda Davan davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan?


A) Ershi
B) Gushan
S) Baqtra
D) Maroqand

46. Qang’ davlatida madaniyat va san’at yuksak darajada rivojlanganligi to’g’risida ma’lumotlarni qaysi manbalarda uchratamiz?


A) yunon manbalarida
B) xitoy manbalarida
S) rim manbalarida
D) «Avesto»da

47. Qaysi davlat hududida jiddiy migrasion jarayonlar sodir bo’lib turgan?


A) Davan davlati
B) Kushon davlati
S) Qang’ davlati
D) Yunon-Baqtriya davlati

48. M.a. I asrda qaysi shahar Kushonlar saltanatining poytaxti bo’lgan?


A) Baqtra
B) Samarqand
S) Termiz
D) Kosonsoy

49. Kushon davlatiga Vima Kadfiz necha yil podsholik qilgan?


A) 30 yil
B) 28 yil
S) 23 yil
D) 32 yil

50. Kushon (Baqtriya) yozuvi nechta harfdan iborat bo’lgan


A) 24
B) 22
S) 25
D) 23

51. Qaysi podsho davrida Kushon saltanatining inqirozi boshlanadi?


A) Kanishka I
B) Kanishka II
S) Xuvishka
D) Vasishka

52. Kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan millatdan oldingi birligi?


A) urug’
B) qabila
S) xalq
D) elat

53. Sug’diylar yashaydigan hudud Behistun yozuvlarida nima deb atalgan?


A) So’g’uda
B) Sug’da
S) Sug’diyona
D) Sug’d

54. Surxondaryo vohasi, Afg’onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida qaysi aholi yashagan?


A) sug’diylar
B) baqtriyaliklar
S) xorazmiylar
D) saklar va massagetlar

55. Hozirgi Toshkent viloyati va janubiy Qozog’iston yerlarida saklarning qaysi qabila guruhi yashagan?


A) saka-xaumavarka
B) saka-tiay-taradarayya
S) saka-tigraxauda
D) saka-ta-massa

56. Qaysi xalq Quyoshga topingan va unga atab otlarni qurbonlik qilgan?


A) saklar
B) sug’diylar
S) baqtriyaliklar
D) massagetlar

57. O’zbek xalqi etnogenezi nechta asosiy bosqichga bo’linadi?


A) beshta
B) uchta
S) to’rtta
D) oltita

58. Yurtimizning ichki hududlariga xioniylar, kidariylar, eftaliylar kabi qabila va elatlarning kirib kelishi o’zbek xalqi etnogenezining qaysi bosqichiga to’g’ri keladi?


A) ikkinchi
B) uchinchi
S) to’rtinchi
D) beshinchi

59. O’zbek xalqi etnogenezining to’rtinchi bosqichi qaysi davrga to’g’ri keladi?


A) Qoraxoniylar davriga
B) Eftaliylar davriga
S) Turk xoqonligi davriga
D) Shayboniylar davriga

60. Satraplikni anglatuvi "xshatra" atamasi qaysi so’zdan kelib chiqqan?


A) "mamlakat"
B) "davlat"
S) "tuman"
D) "viloyat"

61. A.Asqarov fikricha o’zbek xalqining millat tarixi qaysi davrdan boshlanadi?


A) XIX asr oxiri - XX asrning boshlaridan
B) XIX asrning o’rtalaridan
S) XVIII asr oxiri – XIX asr boshlaridan
D) XIX asrning boshlaridan

62. O’zbekiston qadimgi tarixini o’rganishdagi asosiy yozma manbalar?


A) devoriy tasvirlar, mehnat qurollari, tanga pullar
B) «Avesto», fors yozuvlari, qadimgi yunon, xitoy, hind, rim va vizantiya tarixchilarining asarlari
S) ulug’ ajdodlarimiz – buyuk allomalar va mutafakkirlar, tarixchilar, shoirlar, yozuvchilar qoldirgan asarlar
D) kutubxonalarda saqlanayotgan yozma kitoblar, ilmiy, badiiy, memuar asarlar

63. Insoniyatning vujudga kelishi va rivojlanishi bo’yicha qaysi ta’limotlar mavjud?


A) tarixiy va falsafiy
B) iqtisodiy va siyosiy
S) dunyoviy va diniy
D) ijtimoiy va madaniy
Yüklə 107,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin