Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
Reja:
1.1. Kanal sathi bo‘yicha umumiy tushunchalar.
1.2. Kanal sathi xizmatlari:
- Bitli oqimlarni kadrlarga o‘zgartirish (framing).
- Fizik adreslash (MAC addressing).
- Oqimlarni nazorat qilish (flow control).
- Xatoliklarni nazorat qilish (error control) va kirishni nazorat qilish (access
control).
- LLC va MAC.
1.1. Kanal sathi bo‘yicha umumiy tushunchalar.
Kanal sathi OSI modelining qo‘yidan ikkinchi sathi bo‘lib, u fizik sathidan
kelayotgan (yoki kanal sathidan kelayotgan kadrlarni deb ham izohlab ketsa bo‘ladi.
Biz fizik sathdan kelayotgan oqimlar ketma ketligi bo‘yicha
jarayonlarni izohlab
ketamiz) bit oqimlarini kadr ko‘rinishiga o‘zgartiradi yoki tarmoq sathidan
kelayotgan paketlarni avval kadrlarga o‘zgartirib fizik sathga uzatadi.
OSI etalon
modelining sathlari ma’lumotlarni bir nuqtadan ikkinchisiga uzatishda bir-biri
uchun xizmat qiladi va umumiy vazifalarni o‘ziga tegishlisini amalga oshiradi.
Odatda OSI sathlari ma’lum darajadagi vazifalarni
bajarashi oldindan belgilab
qo‘yilgan.
Kanal sathi ingliz tilida yozilgan adabiyotlarda Data Link Layer termini bilan
ataladi. Fizik sathdan farqli kanal sathidagi tarmoq qurilmasi bit oqimlarni qabul
qilib olganidan keyin foydalanilayotgan protokolga mos ravishda kadr ko‘rinishiga
12
OSI modeli: Kanal sath
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
o‘zgartiriladi. Agar tarmoq qurilmasi simli muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa
yoki simsiz muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa
turli xil kadr formatiga
o‘zgartiradi. Misol uchun 10Base Ethernet, 100Base Ethernet, 1000Base Ethernet,
10 000Base Ethernet yoki Wi-Fi (a, b, c, d, e standartlari) texnologiyasining turli
modellarida bit oqimlari turli xil ko‘rinishdagi kadr formatlariga o‘zgartiriladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, optik signallar ko‘rinishida uzatilgan ma’lum
tezlikli va chastotali bit oqimlari qabul qiluvchi qurilma ham o‘sha
parametrli
signalni o‘qiy olishi lozim. Shunda uzatgich va qabul qilgich bitta standartda ishlashi
mumkin.
O‘z navbatida kanal sathida ishlatiladigan qurilma va protokollar fizik sathdan
kelayotgan bit oqimlarini kadr ko‘rinishiga keltirib, kadrlarni paket ko‘rinishiga
o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish jarayoni kanal sathining OSI modelidagi asosiy
vazifalardandir, 12.1-rasm. Shunda kanal sathining quyi
qismi bit oqimlari bilan
ishlasa, yuqori qismi patkelar bilan ishlaydi. Kanal sathida uchta asosiy jarayon
amalga oshiriladi: bitlarni qabul qilib olish va kadrga o‘zgartirish; kadrlarga ishlov
berish; kadrlarni paketlarga o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish.
12.1-rasm. Fizik sath bit oqimlarini kanal sathiga uzatib kadrga o‘zgartirilish