Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar



Yüklə 191,61 Kb.
səhifə1/9
tarix07.01.2024
ölçüsü191,61 Kb.
#202437
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
MOLIYA BOZORI FAN DASTURI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI



«TASDIQLAYMAN»
Termiz davlat universiteti rektori

___________ prof. A. Maraximov “ ____” _________ 2023 yil





MOLIYA BOZORI VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR
FANINING O`QUV DASTURI

Bilim sohasi:

400 000 – Biznes, boshqaruv va huquq

Ta’lim sohasi:

410 000 – Biznes va boshqaruv



Ta’lim yoʻnalishlari:

60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
60410400-Moliya va moliyaviy texnologiyalar




Termiz - 2023





Fan/modul kodi
MB2605

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
7-8

ECTS - Kreditlar
5/4

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalari

60/60

90/60

150/120






I. Fanning mazmuni

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari va mamlakat iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatli jixatlarini o‘rgatishdan shuningdek, talabalarga kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxasissislar bo‘lib yetishishlari uchun moliya bozori bo‘yicha nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.


Fanning vazifasi – yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun talabalarni nazariy bilimlarini, amaliy ko‘nikmalarini, shuningdek, moliya bozorida yuzaga keladigan jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdir.





II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
1-mavzu. Moliya bozorining nazariy asoslari


Moliya bozorining iqtisodiy mohiyati. Moliya bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatli jihatlari. Moliya bozori ishtirokchilari. Moliya bozorida vositachilar tiplari. Moliya bozorining tarkibiy tuzilishi. Pul bozori. Kapital bozori. Qimmatli qog‘ozlar bozori.
Moliya bozori modellari. Bank kreditlari yordamida moliyalashtirish. Qimmatli qog‘ozlar bozori orqali moliyalashtirish. Bank modeli. Moliya bozorining anglo-sakson modeli. Autsayderlik modeli. Moliya bozorining islom modeli.


2-mavzu. Pul bozori




Pul bozorining iqtisodiy mohiyati. Pul bozorining vujudga kelishi. Pul bozorining qo‘llanish xususiyatlari. Pul bozori ishtirokchilari. Davlat, tijorat banklari, korxonalar va boshqalar pul bozori ishtirokchisi sifatida. Pul bozori instrumentlari: davlat qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari, qayta sotib olinuvchi shartnomalar, depozit sertifikatlari, tijorat qog‘ozi va boshqalar. Davlat qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarining diskont stavkalari.


3-mavzu. Obligatsiyalar bozori




Obligatsiyalar moliya bozorining muhim instrumenti. Obligatsiyalar emitentlari. Obligatsiyalar tasnifi. Davlat obligatsiyalari. Munitsipal obligatsiyalar. Korporativ obligatsiyalar va ularni muomalaga chiqarish shartlari. Xorijiy obligatsiyalar. Muddatiga ko‘ra obligatsiyalar turlari. Joylashtirish shakliga ko‘ra obligatsiyalar turlari. Kupon to‘lovlariga ko‘ra obligatsiyalar turlari. Ta’minlangan va ta’minlanmagan obligatsiyalar. Konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar. Obligatsiyalar qiymati va daromadliligi. O‘zbekiston obligatsiyalar bozoridagi holat.



Yüklə 191,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin