Somoniylar davlati



Yüklə 103,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.06.2023
ölçüsü103,93 Kb.
#126437
  1   2
Somoniylar davlati - Vikipediya



Somoniylar davlati
Somoniylar davlati (865-999) — 
Movarounnahr
 va 
Xuroson
dagi o'rta asr davlati. Somoniylar
davlatining tashkil topishi 
Arab xalifaligi
ning qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni
bosib olgan 
Somoniylar
ning davlat tepasiga chiqishi bilan bog'liq. Ravnaq topgan davrida
Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy 
Eron
ni o'z ichiga olgan
Arab xalifasi 
Horun ar-Rashid
vafotidan so'ng uning o'g'illari Ma'mun va Amin o'rtasida taxt
uchun bo'lgan kurashda Ma'munga yordam berganliklari uchun 
Somonxudot
ning nabiralari
ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanadilar. Chunonchi, 
Nuh
ga 
Samarqand
,
Ahmad
ga 
Farg'ona

Yahyo
ga 
Shosh
 va 
Ustrushona

Ilyos
ga 
Hirot
tegadi. Buning evaziga aka-
uka Somoniylar Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag'ni 
tohiriylar
 orqali
xalifa xazinasiga yuborib turadilar. 9-asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida o'zgarishlar
yuz berib, yurtga avval Nuh, so'ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o'z
nomlaridan chaqa tangalar zarb ettiradilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o'g'li 
Nasr
Samarqand
ni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va
uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko'radi. 9-asrning oxirgi choragida Movarounnahrning
deyarli barcha viloyatlari somoniylar tassarufiga o'tadi. Nasr butun Movarounnahrning
hukmdoriga aylanadi va kumush dirham zarb etadi. Ko'p o'tmay aka-uka Nasr va 
Ismoil
o'rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g'olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-
yilda butun Movarounnahrni o'z qo'l ostiga birlashtirdi va mustahkam davlat tuzishga intildi.
Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi va 893-yilda 
Taroz
shahrini zabt etib, dashtliklarga
qaqshatqich zarba beradi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi Arab xalifalariga
Bu maqolada manbalar teglariga olinmagan, yoki umuman
koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.
Ko‘proq o‘rganish
Davlatning tashkil topishi


yoqmas edi. Shu boisdan 
xalifalik
safforiylar
 bilan somoniylarni to'qnashtirishga va ularning
har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o'z ta'sirini qayta tiklashga qaror qiladi. Xalifa
Mu'tazid safforiylar hukmdori 
Amr ibn Lays
ga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan
ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi.
Natijada 900-yilda ular o'rtasida urush boshlanib, Ismoilning g'alabasi bilan tugaydi. Butun
Xuroson somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Noilojlikda xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig'ini
yuborishga majbur bo'ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o'z qo'l ostida
birlashtiradi va 
Buxoro
shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylanadi.
Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma'muriyatini tashkil
etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va
harami hamda saroy a'yonlari, navkar va xizmatkorlarning turarjoylari bo'lgan. 
Narshaxiy
ning
yozishicha, somoniylar boshqaruvi asosan 10 ta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir
devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblangan. Nasr II davrida Buxoroning Registon
maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, mahkama mana shu maxsus
binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan, 
Qur'on
ni
va 
shariat
ning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan xabardor bo'lgan savodli
kishilardan tanlab olingan. Ismoil Somoniy saroyning maxsus, muntazam sarbozlaridan
iborat yaxshi qurollangan harbiy qo'shin tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar hojib
lavozimiga ko'tarilgan. Hojiblarning boshlig'i hojib ul-hujob yoki hojibi ul-buzruk deb yuritilgan.
Bunday unvon somoniylar saroyidagi oliy unvon hisoblangan.
Somoniylarning harbiy yurishlari, hukmron sulolaning ichki nizolari, mahalliy hokimlarning
boshboshdoqlik harakatlari borgan sari avj olib bordi. Oqibatda mamlakatda iqtisodiy tanglik
sodir bo'ldi. Hatto harbiylar, shu jumladan, amirning muntazam turk sarbozlari qo'shiniga
maosh to'lash uchun mablag' topilmaydi. Bunday og'ir ahvoldan chiqish uchun 942-yilda
aholidan ikki marta soliq undirib olinadi. Behad tartibsizlik mamlakatda vaziyatni yanada
keskinlashtirib, aholi turli tabaqalarining hokimiyatga qarshi qoʻzg'alishiga sabab bo'ladi.
Siyosiy vaziyat 
Nuh
(943-954) va uning nabirasi 
Nuh II
(976-997) hukmronlik qilgan davrda
nihoyatda keskin tus oladi. 947-yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim isyon ko'taradi. Saroy
sarbozlari va 
Chag'oniyon
ning yirik yer-mulk egasi Abu Ali Chag'oniy yordamida Ibrohim
Buxoro taxtini egallab oladi. Koʻp vaqt o'tmay Abu Ali Chag'oniyning o'zi ham hukmdorga
qarshi isyon ko'taradi. Nuh qo'zg'olonni kuch bilan bostira olmaydi. 952-yilda Abu Ali
Chagʻoniyni u avval Chag'oniyonga, soʻngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur boʻladi.
Boshqaruv tizimi
Somoniylar hokimiyatining inqirozi


961-yilda Buxoro harbiy askarlarining g'ala- yoni ko'tariladi. Qo'zg'olonchilar amir saroyini
talaydilar va unga o't qo'yib yuboradilar. Bunday voqealarning tez-tez qay tarilib turishi,
shubhasiz, markaziy hokimiyatning zaiflashib qolganidan dalolat berardi. 992-yilda Horun
Bugʻroxon boshliq 
qoraxoniylar
Movarounnahrga hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar
sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi. Qoraxoniylar Buxoroni
qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun
G'azna
dagi noibi 
Sobuqtegin
ni yordamga chaqiradi. U yigirma ming kishilik qo'shin bilan
Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan so'ng qoraxoniylar
noibi qo'shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi etib
tayinlaydi. Natijada G'azna va Xurosonda Sobuqtegin va o'g'li 
Mahmud
ning siyosiy
hukmronligi mustahkamlanadi. 996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum
boshlaydilar. Shunday og'ir bir sharoitda xiyonat ro'y beradi. Ya'ni Sobuqtegin qo'shini
Buxoroni egallaydi. So'ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular
o'rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq 
Sirdaryo
havzasi qoraxoniylar qo'liga o'tadi.
Sobuqtegin esa 
Amudaryo
dan janubdagi yerlarga, shu jumladan, Xurosonda hukmdor bo'lib
oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq ko'p vaqt
o'tmay, 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi
bilan somoniylar hukmronligi batamom barham topdi.
Somoniylar davlati, xususan, Movarounnahrning ravnaqida 
Islom dini
ruhoniylarining hissasi
katta bo'ldi. Shu boisdan ularning obro'yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda Islom dinining eng
nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda koʻplab ibodatxonalar, shu jumladan, jome
masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida 
O'rta Osiyo
dagi ilk
ilmgoh - madrasa bunyod etiladi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi X asrda bino qilingan. U
Farjak madrasasi deb yuritilgan. Mamlakat ma'naviy hayotida "ustod" deb atalgan din va ilm
peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom "shayx ul-islom" nomi bilan yanada ulug
'landi. Ustoddan keyin xatiblar turardi. Somoniylar masjid, madrasa va xonaqohlar qurish
uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratib berganlar.
Islom dini ravnaqi, shubhasiz, O'rta Osiyo aholisining mustaqil xalq boʻlib shakllanishida
muhim ahamiyat kasb etdi.
Somoniylar davlatida Islom dini ravnaqi
Mamlakat iqtisodiy hayoti


Somoniylar davlatida dehqonchilik va hunarmandchilikning rivoj topishi natijasida ichki va
tashqi savdo kengaydi. Qadimgi karvon yo'li bo'ylab quduqlar qazilib, har bir bekatda rabotlar
bino qilindi. Karvonlar o'tadigan shahar va qishloqlarda karvonsaroylar qurilib, ularda hujralar
va omborxonalar bo'lgan. Ichki bozorlarda "fals" deb atalgan mis chaqa, xalqaro savdo-
sotiqda esa kumush tanga - dirhamlar ishlatilardi. Mis chaqalarni markaziy hukumat ham,
shuningdek, sulola a'zolaridan bo'lgan ba'zi viloyat hokimlari ham chiqarar edilar. Kumush
tangalar faqat hukumat boshlig'i nomidan 
Marv
, Samarqand, Buxoro va Shoshda davlat
zarbxonalarida so'qilar edi. Somoniylar hukmronligi davrida yer egaligining "mulki sultoniy",
"mulk yerlari", "vaqf yerlari", "mulki xos" va "jamoa yerlari" deb ataluvchi 5 turi mavjud bo'lgan.
Davlat tasarrufidagi yerlar "mulki sultoniy" deb yuritilgan. Hukmron sulola vakillari, mulkdor
dehqon va aslzodalarning tasarrufidagi katta-katta yer maydonlaridan tortib mehnatkash
qishloq aholisiga tegishli mayda xususiy yerlargacha "mulk yerlari" hisoblangan. Masjid,
xonaqoh va madrasalarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yerlar "vaqf
yerlari" deb atalgan. Bunday turlardagi yerlardan foydalanuvchilarning barchasi davlatga
hosilning 1/3 hajmida xiroj toʻlar edi. Oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar qo'l ostidagi yerlar

Yüklə 103,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin