B saxiylik kishilar o'rtasidagi ishonch va muhhabbatdan hosil bo'ladi



Yüklə 20,77 Kb.
tarix23.06.2022
ölçüsü20,77 Kb.
#62174

1. Qaysi gapda tobe va hokim qismlari bir xil so'z turkumidan yasalgan sodda yasama so'zlar bilan ifodalangan to'ldiruvchili birikma mavjud?


A) Insonda hayotning mohiyatini tushunish qobilyati tarixni anglashdan boshlanadi.
B) Saxiylik kishilar o'rtasidagi ishonch va muhhabbatdan hosil bo'ladi.
C) Olingan bilimlarni mustahkamlashga har doim intilmog'imiz darkor.
D) Bu so'roq qarshisida shaxsiy yetishmovchilik-larimni, turmush og'irliklarini unutaman.
2. Qaysi gapda so'z qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik mavjud?
A) Borliq go'yo suv quyganday jimjit.
B) Sizning har bir so'zingiz biz uchun tilladan afzal.
C) Usta cho'g'day temirni olovda toblab-toblab oldi.
D) Undan bir suratgina yodgor qolgan, xalos.
3. Narsaning holatini ifodalay oladigan ism asosli sodda yasama fe'llar berilgan javobni belgilang.
A) bo'shamoq, qotmoq, ko'paymoq
B) suvsamoq, hayajonlanmoq, ikkilanmoq
C) varaqlamoq, bezovtalanmoq, shodlanmoq
D) yaltiramoq, sarg'aymoq, bo'shamoq
4. Qaysi javobda ko'makchi morfema sifatida qo'llanishi mumkin bo'lgan jarangli undoshlar berilgan?
A) b, k, m, ng, d B) n, ch, r, t
C) l, n, q, y D) v, y, b, l, m
5. Ko'zgumga berardim kechqurun sayqal,
Boqdim unga tiniq bo'lgan bir mahal.
Shuncha ko'p ko'rindi o'z aybimki,
Men o'zgalar aybini unutdim tugal.
Ruboiyda so'zlar imlosida qanday fonetik o'zgarishlar kuzatilgan?
A) 1 o'rinda tovush tushishi, 1 o'rinda tovush ortishi
B) 2 o'rinda tovush ortishi
C) 1 o'rinda tovush tushishi, 2 o'rinda tovush ortishi
D) 1 o'rinda tovush tushishi, 1 o'rinda tovush almashishi, 2 o'rinda tovush ortishi
6. “Agar mening ustimdan qo‘rqoq deb yana kulsangiz, endi ajdarni tutib kelaman”. Ushbu so‘zlar qaysi asar qahramoni tilidan aytilgan?
A) “Me’mor”, Zavrak B) “Kichkina shahzoda”, Kichkina shahzoda
C) “Me’mor”, G‘avvos Muhammad D) “Hellados”, Jamol"
7. Yam-yashil vohalarga,
Badiiy lavhalarga,
She'riy sarlavhalarga,
Boy ekansan, Farg'ona. Ushbu parcha haqidagi to'g'ri hukmni toping.
A) egasi umumlashgan sodda gap
B) murakkab fe'l kesim ishtirok etgan sodda gap
C) vositali to'ldiruvchi uyushgan sodda gap
D) to'rt o'rinda sifatlovchi aniqlovchi ishtirok etgan
8. Qaysi gapdagi so'zlar tarkibida ismlarning va fe'llarning munosabat shakllari o'zaro omonimligini namoyon qilgan?
A) Chin do'st - tug'ishganing bilan teng.
B) Mevali daraxt yerga engashar.
C) Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam - dilim.
D) Onangni kaftingda tutsang, singlingni kiftingda tut.
9. Qaysi so'zlar ham ko'p ma'noli ham shakldosh so'z hisoblanadi?
A) chaqmoq, rasta, bardam B) dunyo, asl, ilik
C) shox, tovon, es D) yoq, to'da, asil
10. Tut pishig'ida ko'rishgandik. Berilgan gapda ma'no ko'chishining qaysi turi mavjud?
A) metonimiya B) metafora
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
11. Olti oykim, she'r yozmayman, yuragim zoda, Olti oykim, o'zgalarga tilayman omad. Olti oykim, do'stlarim ham pana-panada Iste'dodim so'nganidan qilar karomat. Berilgan she'riy parchada qaysi kelishik qo'shimchasi ko'makchi bilan ma'nodoshlik hosil qilishi mumkin?
A) qaratqich kelishigi qo'shimchasi
B) chiqish va o'rin-payt kelishigi qo'shimchasi
C) chiqish kelishigi qo'shimchasi
D) o'rin-payt kelishigi qo'shimchasi
12. Binafsha senmisan, binafsha senmi,
Ko'chada aqchaga sotilgan?
Binafsha menmanmi, binafsha menmi,
Sevgingga, qayg'unga tutilgan?
Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,
Bir erkin kulmasdan uzilding?
Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,
Yerlarga egilding, cho'zilding?
She'riy parchada tarkibida nisbat qo'shimchasi mavjud bo'lgan fe'llar soni nechta?
A) 7 B) 6 C) 4 D) 5
13. To'tini o'z ismini aytishga o'rgatishadi. Ismni ko'p qaytarishadi. Keyin bir kuni, ehtimol, bexosdanmi yoki o'z kayfiyatini bildirish uchunmi, u talab qilinayotgan so'zni aytib yuboradi va shu ondayoq mukofot oladi. Berilgan parchada fe'l(lar) necha xil nisbatda ishtirok
etgan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
14. Keltirilgan parchada ravish turkumiga oid yasama so’z necha o'rinda qodlangan?
U bugun juda charchagan edi, kechki taomda ham arang o’tirdi, yostiqqa boshini qo’ydi-yu, darhol uyquga ketdi. Bir mahal endigina orom olib uxlayotganda kimdir hovli eshigini ochib ohista kirib keldi, uning bu ovozdan so’ng uyqusi butunlay qochdi, boyagi uyqu istagi uni bir zumda tark etdi.
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
15. Ohkim, bo‘ldi subhi nashotim shomi g‘am,
Chehra pinhon etti ul Xurshidi tobon oqibat. Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping.
A) tazod B) tarse’ C) takrir D) ruju
16. Quyida berilgan so'zlarning nechtasi to'g'ri yozilgan?
dramma, trasa, inspeksiya, koperativ, magistratura
A) 2tasi B) 1tasi C) 3tasi D) 4tasi
17. Sizning bu hayotda orzularingiz ko’zlagan maqsadingiz qiladigan ishlaringiz ko’p lekin hech qachon unutmangki sizning eng buyuk eng muqaddas vazifangiz yurtimiz istiqlolini xalqimiz ozodligini ko’z qorachig’iday asrashdir.
Ushbu gapda tushirilgan vergullarning nechtasi faqat uyushgan bo’laklar o’rtasida ishlatiladi?
A) 5 B) 3 C) 4 D) 2
18. Vositasiz to'ldiruvchi yasama fe'l bilan ifodalangan vositali to'ldiruvchiga tobelangan gapni aniqlang. A) Dangasaning nonni yeyishini ko'r.
B) Radiodan taralayotgan kuy qalblarga orom bag'ishlar edi.
C) Nonni ta'riflashga har qanday so'z ojizlik qiladi.
D) Bolalar ota-onani, ustozni hurmat qilishlari kerak.
19. Sening mo'jaz yuraging mo'jizalarga to'la ekanligini birinchi bor uchratgandayoq anglagan, his qilgan edim. Ushbu gapda fonetik o'zgarish asosida yozilgan so'zlarning gapdagi vazifasini aniqlang.
1) ega; 2) kesim; 3) aniqlovchi; 4) to'ldiruvchi; 5) hol.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4, 5
C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
20. Bu g'ayratli va ishbilarmon chorvador baquvvat qo'llari bilan dilkash suhbatdoshini beg'uborlik va iliqlik bilan quchib, samimiy ko'rishdi.
Mazkur gap tarkibidagi sodda yasama otlar qanday gap bo'lagi
vazifasida kelgan?
A) ega, to'ldiruvchi, hol B) ega, aniqlovchi
C) ega, hol, kesim D) aniqlovchi, to'ldiruvchi
21. Egasi shaxs oti bilan ifogalangan gapni aniqlang.
A) Kitobxoni yo’q asar egasi tashlab ketgan uyga o’xshab fayzsizdir.
B) Qalbi qog’ozdek oppoq, qog’ozdek lovullab yonadigan odamgina chinakam san’at asari yarata oladi. C) Yaxshi farzand ota umrini davom ettirishi azaldan mal’um, yaxshi asar esa yozuvchi umrini davom ettiradi.
D) Haqiqiy haykaltarosh o’lik toshdan yasagan haykali tirikka o’xshaydi.
22. Shakl yasovchi qo'shimcha bilan omonim bo'la oladigan so'z yasovchi qo'shimcha(lar) qatnashmagan gaplarni aniqlang.
1. Vatan - kelinchakning orzulari qanotida parvoz etib kirgan eshigi. 2. Qizcha qo'g'irchog'ini astagina yotqizib qo'ydi. 3. Chaqin bo'lma, bo'lma guldurak. 4. Sotqinlarga safimizda o'rin yo'q.
A) 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 1, 2 D) 1, 2, 4
23. Berilgan gapda ishtirok etgan bir tovushdan iborat qo'shimchalar haqidagi to'g'ri hukmni belgilang. Bir kuni ninachilarning nafarmon, yashil, malla rangli turini uyga keltirib, otamga maqtandim.
A) 3 o'rinda munosabat shakli, 1 o'rinda lug'aviy shakl hosil qiluvchi qo'shimcha ishtirok etgan
B) 4 o'rinda munosabat shakli hosil qiluvchi qo'shimcha ishtirok etgan
C) 4 o'rinda munosabat shakli, 1 o'rinda lug'aviy shakl hosil qiluvchi qo'shimcha ishtirok etgan
D) 3 o'rinda munosabat shakli, 2 o'rinda lug'aviy shakl hosil qiluvchi qo'shimcha ishtirok etgan
24. Yasalish asosi ham, yasovchi vositasi ham omonimlik xususiyatiga ega bo'lgan omonim so'zni aniqlang.
A) kechik B) bo'gma C) qaytim D) quymoq
25. Janni Rodarining “Shahzoda Plombir” ertagi qaysi turkumga mansub?
A) ”Uchtadan oxiri bor ertaklar” B) “Rim ertaklari”
C) “Telefonda aytilgan ertaklar” D) “Osmondagi to’rt”
26. Ilohi kelmasin senga mahosil,
Qaytayin, bo'lmadi maqsudim hosil,
Yurarga quvvating, holing qolmasa
Kel, orqamga, ko'tarayin bir fasl.
Bu parchada qaysi asar qahramoni kimga murojaat qilgan?
A) "Kuntug'mish" dostonida Kuntug'mish Xolbekaga
B) "Alpomish" dostonida Barchin Hakimbekka
C) "Ravshan" dostonida Zulxumor Ravshanga
D) "Rustamxon" dostonida Rustam Oftoboyimga
27. “Bir tup o’rik. . .
Bodroq-bodroq bo’lib gullaganida
Ko’lankasi bilan do’st tutinibdi”, degan misralaar muallifini aniqlang.
A) Muhammad Yusuf B) To’ra Sulaymon
C) Mirtemir D) Asqad Muxtor
28. Nodiraning “Doda keldim. . .” g’azali haqidagi noto’g’ri ma’lumotlarni aniqlang.
A) g’azalda turkiy so’z radifga olingan
B) g’azalda tajnis san’atining go’zal namunalari uchraydi
C) g’azal yorga murojat bilan boshlansa-da, biror misrada “yor” so’zi ishlatilmaydi
D) qofiyalardagi so’zlarning barchasi o’zbekcha egalik qo’shimchasi bilan kelgan forscha-tojikcha so’zlardan tashkil topgan
29. Asl yigitning sifatlari
“Yigit uldir, so’zga aylasa amal
Qo’ldan kelmas ishga aylasa jadal. . .”
misralari orqali tasvirlangan she’r hamda uning muallifini aniqlang.
A) ”O’gut”, Furqat
B) “Ajab ermas”, Zavqiy
C) ”Tor ko’ngullik beklar...”, Turdi Farog’iy
D) “Adolat yaxshi”, Maxtumquli
30. Tashbeh haqida berilgan qaysi hukm noto’g’ri?
A) ko’pincha tashbehning asos unsuri tushib qoladi
B) mutlaq tashbehda tashbehning to’rt unsuri qatnashishi shart
C) tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha o’xshamish deyiladi
D) faqat o’xshatilmish saqlangan, boshqa unsurlari tushirib qoldirilgan tashbeh kinoya tashbeh deb yuritiladi

Yüklə 20,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin