Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)



O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR
UYUSHMASI
SAIDA
ZUNNUNOVA
BAHORNI QARSHILAB
She’rlar
TOSHKENT
«ADABIYOT»
2021
www.ziyouz.com kutubxonasi


ISBN 978-9943-7106-2-7
Loyiha rahbari
Sirojiddin SAYYID,
O‘zbekiston xalq shoiri
Mas’ul muharrir
Nodira Husanxo‘jayeva
© Saida Zunnunova, 2021
© «Adabiyot», 2021
Saida Zunnunova sheʼrlarida haqiqiy inso niylik, shod­
lik va qayg‘u, yor vasli, sevgi va hijron, oila, ishonch, mehnat 
va olijanoblik, porloq istiqbol quvon chi kuylanadi. U har bir 
misrani dard bilan, ming bir to‘lg‘anib, bir parcha o‘t bo‘lib, 
lovillab, yonib yozadi. 
Uning sheʼrlarining tili sodda va shirali, lirik qahra mon 
obrazida mehnatkash insonning orzu­umidlari, kurashi, 
shodligi, qayg‘usi, g‘alabasi balqib turadi. Shoiraning mu­
hab bat haqidagi sheʼrlari o‘zining sami miyligi, badiiy 
yetuk ligi bilan o‘quvchi eʼtiborini o‘ziga tortadi. 
 UO‘K: 821.512.133-1(081)
 KBK: 84(5O‘)6
Z 93
 
Saida Zunnunova 
Z 93
Bahorni qarshilab [matn]. {she’rlar}/ Saida 
Zunnunova. – Toshkent: «Аdabiyot» nashriyoti,
2021. 128 – b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


3
BAHOR BILAN SUHBAT
Gʻuj­g‘uj kapalakmi novdaga qo‘ngan
Desam, ko‘tarildi qahqaha, kulgi.
«Eh, shoir, aftidan, ko‘zlaring tingan,
Gʻuj­g‘uj g‘unchalarmiz, oq gullarmiz­ku!»
Yo‘q, nega tanimay seni, gulbahor,
Faqat qilmoqchiman husningni taqqos,
Ishq­u ilhom berib ko‘nglimga har bor,
Yuz turli rang bilan tovlanganing rost.
Har bo‘rtgan kurtakdan qilding tabassum,
Hatto giyohlarda g‘ururing ko‘rdim.
Poyqadaming tekkan chiroyli, ma’sum –
Bog‘larda husningga termilib turdim,
Lekin e’tirozim bor andakkina,
Bir nafas kuylashdan to‘xta, quloq sol.
So‘zimni eshit­u va qilmay gina,
Bir umr men bilan, she’rim bilan qol,
Senga atamayman she’rimni bu gal,
Unda maqtalmaydi g‘unchalar labi.
Unda kuylanadi sendan ham go‘zal,
Sendan­da qudratli insonning qalbi.
Odamsiz cho‘llarga kelib har yili –
Ketgansan o‘zingdan qoldirmay nishon.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
4
Insonning mehnati, mehri tufayli,
Sendagi chiroy u va sendagi shon.
Ilk sahro gullari qurg‘oq dastidan,
Qovjirab qolganda, qaytolmagansan.
Atlas kapalakcha bo‘lib ustida
Ishqingni ularga aytolmagansan.
Endi cho‘llarda ham gurkirar hayot,
Bemalol sep yoyib yashnaysan sen ham.
Suv olib, nur bo‘lib bordi odamzod,
Undan so‘ng sen bording qadam­baqadam.
Hali bular nima, atom nuridan
Muzlarning ustida quyosh yoqamiz.
Har bittamiz mehnat, ilm, shuurdan
Olamga bir bahor bo‘lib boqamiz.
So‘zlarimni olib uchishgan yellar
Novdalarga qo‘nib jim qoldi bir zum.
Shivirlab yaproqlar, shivirlab gullar,
Iqror bo‘lishganday qildi tabassum.
1955
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
5
* * *
Yolg‘iz ikkov bo‘lsak ahilsan juda,
Yuz bor erkalaysan yuz xil nom bilan.
Tinmay atrofingda bo‘lib parvona,
Baxt­u shodligimdan dovdirayman men.
Ammo birov bo‘lsa, siposan biram,
Go‘yo bermagandek bo‘lib e’tibor.
Nahotki bilmaysan, birovga ko‘z­ko‘z –
Qilmoqqa shu ishqdan afzal nima bor?!
1956
* * *
Uchrashuv onini kutib betoqat,
Qalbim talpinardi, senga, azizim.
Minutlar sudralib, go‘yo o‘tmay vaqt,
Shirin bir azobda o‘rtanar edim.
Ammo huzuringga borardim kechroq,
Hech gap o‘tmaganday go‘yo o‘zimdan.
Turarding termilib, toqating ham toq,
Intizor ko‘zingga boqardim zimdan.
Besh minutga shuncha diqqat bo‘libsan,
Peshanangga tushmish chiziqlar qat­qat.
Nahotki shunchalik yengiltak bo‘lsang,
Hayotni visol deb o‘ylasang faqat.
Yo‘q, jonim, so‘qmoqlar juda ko‘p unda,
Hijron bo‘lmasaydi, visol yo‘q edi.
Hayron qilib qo‘yding, butun umrimni
Qanday qilib senga topshiray endi.
1956 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
6

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin