Bajardi: Mutalov Jasur



Yüklə 18,2 Kb.
səhifə1/2
tarix03.12.2023
ölçüsü18,2 Kb.
#171938
növüReferat
  1   2
Referat


Referat




Mavzu: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xavsizligiga bo’ladigan tahdidlar
Bajardi: Mutalov Jasur
Tekshirdi: __________

Tashkent 2023


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xavsizligiga bo’ladigan tahdidlar
Reja:
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari
2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar
3. Xulosa

Tez-tez bo’ladigan va xavfli (zarar o’lchami nuqtai nazaridan) tahdidlarga foydalanuvchilarning, operatorlarning, ma’murlarning va korporativ axborot tizimlariga xizmat ko’rsatuvchi boshqa shaxslarning atayin qilmagan xatoliklari kiradi. Ba’zida bunday xatoliklar (noto’g’ri kiritilgan ma’lumotlar, dasturdagi xatoliklar sabab bo’lgan tizimning to’xtashi yoki bo’zilishi) to’g’ridan to’g’ri zararga olib keladi. Ba’zida ular niyati buzuq odamlar foydalanishi mumkin bo’lgan nozik joylarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Global axborot tarmog’ida ishlash ushbu omilning yetarlicha dolzarb qiladi. Bunda zarar manbai tashkilotning foydalanuvchisi ham, tarmoq foydalanuvchisi ham bo’lishi mumkin, oxirgisi ayniqsa xavfli.
Zarar o’lchami bo’yicha ikkinchi o’rinni o’g’irlashlar va soxtalashtirishlar egallaydi. Tekshirilgan holatlarning aksariyatida ishlash rejimlari va himoyalash choralari bilan a’lo darajada tanish bo’lgan tashkilot shtatidagi xodimlar aybdor bo’lib chiqdilar. Global tarmoqlar bilan bog’langan quvvatli axborot kanalining mavjudligida, uning ishlashi ustidan yetarlicha nazorat yo’qligi bunday faoliyatga qo’shimcha imkon yaratadi.
Xafa bo’lgan xodimlar (hatto sobiqlari) tashkilotdagi tartib bilan tanish va juda samara bilan ziyon yetkazishlari mumkin. Xodim ishdan bo’shaganida uning axborot resurslaridan foydalanish xuquqi bekor qilinishi nazoratga olinishi shart. Hozirda tashqi kommunikatsiya orqali ruxsatsiz foydalanishga atayin qilingan urinishlar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha buzilishlarning 10%ini tashkil etadi. Bu kattalik anchagina bo’lib tuyulmasa ham, Internetda ishlash tajribasi ko’rsatadiki, qariyb har bir Internet-server kuniga bir necha marta suqilib kirish urinishlariga duchor bo’lar ekan. Xavf-xatarlar taxlil qilinganida tashkilot korporativ yoki lokal tarmog’i kompyuterlarining xujumlarga qarshi turishi yoki bo’lmaganida axborot xavfsizligi buzilishi faktlarini qayd etish uchun yetarlicha himoyalanmaganligini hisobga olish zarur. Masalan, axborot tizimlarini himoyalash Agentligining (AQSH) testlari ko’rsatadiki, 88% kompyuterlar axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan nozik joylarga egaki, ular ruxsatsiz foydalanish uchun faol ishlatishlari mumkin. Tashkilot axborot tuzilmasidan sasofadan foydalanish xollari alohida ko’rilishi lozim.
Himoya siyosatini tuzishdan avval tashkilotda kompyuter muhiti duchor bo’ladigan xavf-xatar baholanishi va zarur choralar ko’rilishi zarur. Ravshanki, himoyaga tahdidni nazoratlash va zarur choralarni ko’rish uchun tashkilotning sarf-harajati tashkilotda aktivlar va resurslarni himoyalash bo’yicha hech qanday choralar ko’rilmaganida kutiladigan yo’qotishlardan oshib ketmasligi shart.
Axborotning muximlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. SHuning uchun xam qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo’llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o’qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o’n yil oldin hamma narsa tubdan o’zgardi, ya’ni axborot o’z qiymatiga ega bo’ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o’g’irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. SHunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug’iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo’lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo’lishiga olib keladi.

Yüklə 18,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin