Baliqlarning
yuqumli kasalliklariVirusli, bakteriyali, mikozli (zamburug1) va
algologik (mikroskopik suvo'tlari) qo‘zg‘atuvchilarning tabiati orqali turli xil
yuqumli kasalliklar paydo bo‘ladi.Bakteriya-virusli kasalliklar. Karp krasnuxasi
(tanani qizilcha bosish) eng ko'p tarqalgan yuqumli kasallik bo‘lib, baliqchilik
xo'jaligi iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi. Bu kasallikning
tarqatuvchisi yoki
qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmagan, ammo hovuz baliqchiligi xo'jaligida keng tarqalgan.
Xususan sadoq usulida boqilganda, karp orasida ko‘p uchraydi (Nurek suv ombori,
1980, muallif guvox bo‘lgan). Asosiy sabab sadoqqa tig‘iz o‘tkazishdir.Krasnuxa
yoki qizilchaga beriluvchan baliqlar bu karp va zagoradir. Nisbatan kamroq
yo‘liqadigan baliqlar karas, oq amur hisoblanadi. Barcha yosh baliqlar qizilchaga
beriluvchandir. Lekin eng ko‘p yo‘liqish yoshi bu ikki va uch yoshdagi zotlardir.
Qizilchaning inkubatsion davri bizning sharoitda 3-8 kun. Kasallik o‘tkir va
surunkali tus olishi mumkin. Belgilari: baliqning butun tanasini qip-qizil
yarachalar bosadi. Baliqlar kam harakat bo'lib, suzmaydi, ularni bemalol qo‘lga
olasiz, qochmaydi. Qoiga olgandan keyin qo‘l bilan qorin tomoni bosilganda anal
teshigidan shilimshiq modda chiqadi.O'tkir kasallik formasi, ko'pincha bahor (aprel)
va yoz boshlanishida baliqning (iyun) tana va suzgich qanotlari qizaradi.
Tanada
shishlarpaydo boiadi va tangachalar tushadi, ko‘z puchaklashadi. Baliq ichi
suyuqlik bilan to‘lgandan keyin baliq ichida suvli astsit-istisko rivojlanadi.
Kasallik qizgin va tez tarqaladi (taxminan 2 hafta). Bu muddat ichida 80—95 %
baliq nobud bo‘ladi.Qizilchaning xronik (surunkali) yallig'lanishi ko'pincha
yozning o‘rtalarida kuzatiladi. Kasai boigan baliq tanasida qoramtir-qizg'ish
aylanma pufaklar paydo boiib, to 2 % gacha bitmaydigan yaraga aylanadi. Agarda
yaralar bitib ketsa ularning o‘rnida chandiq qoladi. Chandiqli qizilchada
baliqlarning 10—20 % nobud bo‘ladi.0 ‘tkir surunkali qizilchada vodyanka
(istisqo)da baliqda tangachalarning to'kilishi kuzatiladi. Ko'z puchaklashishi va
yara bosish kabilar bir vaqtning o'zida namoyon boiadi.
Bu davrda baliqlarning
oiim i keskin o'sadi. Kasallik paytida jigar shishadi, taloq, o't pufagi kengayadi.
Jigar rangi yashil boiib, ichakka qo‘yilayotgan o‘t moddasi qorin bo'shlii a’zolariga
quyiladi. Natijada, to'qimalarning rangi sarg‘ayadisariq-yashil tusda boiadi va
ichak trakti yalligianadi. Ichak bo'shlig'ida shilimshiq modda va yiring to‘planadi.
Tabobat ta’sirida sog'aygan karplarda immunitet paydo boiadi. Ikkinchi marotaba
kasal boiganda, bu karplar kasallikni yengil oikazadi.
Epizootiya davrida
kasallikka yoiiqmaydi. Qizilchaga ancha chidamli boiadi. Bunday immunitet hosil
qilgan baliqlardan qizilchaga chidamli nasi olishda nasldor zot sifatida seleksiyada
foydalaniladi.Agarda baliqlarda qizilchaga xos belgilar aniqlansa darhol o'sha baliq
izolatsiya qilinadi va qoni analiz qilinadi. Analiz virusologiya, bakteriologiya va
boshqa belgilarga asoslangan boiadi.Profilaktika maqsadida kasalliklarni
xo'jaliklarda kirib kelmasligi uchun ixotaga olinadi. Yangi baliqchilik kompleksini
shakllantirish uchun boshqa xo'jaliklardan sogiom baliqlar olib kelinadi va sogiom
baliqlar vaqtinchalik karantinda saqlanadi. Karantin hovuzlarida baliqlar 20—30
kun saqlanadi. Xo‘jaliklarda eng asosan kasal boiib sog‘aygan baliqlardan nasldor
ota-onalar saqlanadi. Kuchli immunlashgan to'da tayyorlanadi. Xo‘jalik
hovuzlarini va baliqlarini profilaktika uchun metil ko‘ki (зелёнка) va antibiotiklar
bilan ishlov beriladi (vannalarda yoki ozuqa bilan). Bunday ishlov berishlar
zelyonka
orqali ham amalga oshiriladi, 0,5 % zelyonka eritmasida baliqlar
yuviladi.Kasallik paydo boiishi bilan umumiy sanitariya-gigiyena choratadbirlari
(karantin, hovuzlar dezinfeksiyasi-so‘ndirilmagan ohak bilan yoki ohakli xlor)
amalga oshiriladi. Suv muhiti (pH) to 8,5 gacha yetkaziladi. Hovuzlarni
insolyatsiyalash usulidan foydalaniladi (letovanie).Bu usul har 4—5 yilda bir marta
amalga oshiriladi. Ov anjomlarni (to'rlar, qayiqlar) dezinfeksiyalash kabi chora-
tadbirlar amalga oshiriladi. Bu maqsad uchun (xuddi profilaktika singari) antibiotik
va antiseptik (biomitsin va sintomitsin va boshqa antibiotiklar)dan foydalaniladi.
Bu antibiotiklar yordamida baliqlarga maxsus vannalarda
ishlov beriladi yoki
antibiotiklar qorin bo'shlig'iga yuboriladi. Yana bir boshqacha usul, preparatlarni
baliq ozuqasiga qo'shib berish usuli qo‘llaniladi. Baliqlarni levomitsinli vannada 5
soat saqlanadi. Bunday profilaktik ishlarni bailor paytida, baliqlarni boshqa
hovuzlarga o'tkazishda qo'Ilaniladi. Agarda uzoq
masofada baliq tashiladigan
bo'lsa (150—200 km) yo‘lda bu eritmaning konsentratsiyasi to 150 mg/1 gacha
kamayadi. Shutting uchun ham antibiotiklarni vannaga nisbatan baliqni qorniga
yuborish yaxshi natija beradi. Bulling uchun nasldor va remont uchun ajratilgan
baliqlarni har bir kg og'irligiga qarib ikki marotaba 20—30 mg levomitsin qorin
bo‘shlig‘iga yuboriladi.Qizilchaga qarshi profilaktik va
davolash chorasi sifatida
metil kuki ishlatiladi. Metil kuki vannaga solinadi va eritma tayyorlanib baliq
qo'yib yuboriladi (2-4 soatli ishlov berilganda 200 mg\l , 12-16 soatli ishlov
berilganda — 50 mg\l eritma tayyorlanadi). Bu islilar baliqni transportirovka qilish
paytida amalga oshiriladi. Agarda metil ko'ki kombikormga qo'shib bermoqchi
bo'lsa, segoletkalar uchun norma 1—2 mg/ sutka, ikki yashar baliqlar uchun 3,5
mg / sutka hisoblanadi.