Bank ishi fani bo‘yicha mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular



Yüklə 18,39 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü18,39 Kb.
#194940
mustaqil talim bank ishi soliq (1)


BANK ISHI
FANI BO‘YICHA
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Banklar va bank faoliyatiga oid ilmiy-nazariy kontseptsiyalar tizimini shakllantirish
2. Xorijiy davlatlarda bank faoliyatini amalga oshirishi mumkin bo’lgan sub’ektlar faoliyatining huquqiy asoslari tahlili (Yevropa, Yaponiya, AQSh, Xitoy, Sharq davlatlari, Afrika, Arab davlatlari va boshqalar)
3. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, uning xususiyatlari, muammolari.Kredit muassasalari ular faoliyatining huquqiy asoslari, ular faoliyatini takomillashtirish masalalari
4. O’zbekiston Respublikasida bank tizimini isloh qilish strategiyasi, uning zarurati, mazmuni va amalga oshirish yo’nalishlari
5. Mahalliy va xorijiy amaliyotda banklarning turlari, ularning tashkil etilish xususiyatlari.
6. Nobank kredit tashkilotlari, ular faoliyatining huquqiy asoslari va xususiyatlari.Lombardlar va mikrokredit tashkilotlarining tarkibi va vazifalari. O’zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlardabank tizimi,nobank tashkilotlari faoliyatining o’ziga xos va qiyosiy jihatlari.
7. 2020-2025 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi va uning asosiy yo’nalishlari.
8. Banklarda davlat ulushini kamaytirish va banklararo raqobatni rivojlantirish masalalari.
9. O’zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarda tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning iqtisodiy asoslarining taqqosiy tahlili.
10.Tijorat banklarini ochish uchun ustav kapitalining minimal miqdori talablar bo’yicha xorij amaliyoti, qiyosiy tahlili.
11.Ustav fondini shakllantirish manbalarida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari.
12.Jahon amaliyotida tijorat banklari faoliyatini qayta tashkil etish sabablari, shakllari (qiyosiy tahlil).
13.Banklarga vasiylik tayinlash zarurligi. Alohida tijorat bankining moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish bo’yicha “Vasiy tayinlash Kontseptsiyasi”ni ishlab chiqish.
14.Tijorat bankini tugatish bo’yicha “Bankni tugatish sxemasi”ni ishlab chiqing.
15.Bank tizimini xarakterlovchi 50 so’zdan iborat krassvord tuzing.
16.Bank ustav kapitali shakllanishi bo’yicha xorij va O’zbekiston amaliyotini qiyosiy o’rganish xamda respublika bank tizimi uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
17.O’zbekiston Respublikasida banklar ustav kapitalini oshirish muammolari va ularni bartaraf etish bo’yicha ilmiy takliflar ishlab chiqish
18.Tijorat banklari faoliyatini qayta tashkil etish bo’yicha tartib va sxemani shakllantirish.
19.Banklarga vasiylik tayinash sxemasini ishlab chiqish va bank faoliyatini barqarorlashtirish bo’yicha “Bank faoliyatini barqarorlashtirish” Kontseptsiyasini ishlab chiqish va algoritmini shakllantirish.
20.Tijorat bankini tugatishga olib boruvchi sabablarini aniqlang, ularni tahlil qiling, natija bo’yicha qaror qabul qiling va qaroringizni dalillarda isbotlang.
21.Bank faoliyatiga doir Xalqaro moliya institutlari faoliyatini o’rganish asosida ularning vazifa, funktsiya, talablari, bugungi kunda tadqiq qilayotgan muammolarining yo’nalishlarini shakllantiring va o’z qarashingizni shakllantiring, O’zbekistonga xos va nomaq’bul bo’lgan jihatlarni aniqlang.
22.Bazel qo’mitasining bank faoliyatiga doir tavsiyaviy ko’rsatmalarini guruhlashtiring va tizimini yarating.
23.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 may 2020 yildagi “2020-2025 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to’g’risida”gi farmoni asosida banklarni xususiylashtirish, banklararo raqobat muhitini yaratish bo’yicha muammolarni aniqlash va tavsiyalar shakllantirsh.
24.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-sonli farmondan kelib chiqib vazifalar va ularni amalga oshirish tizimini yarating.
25.T-sxemadan foydalanib tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifini shakllantirish.
26.Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari bo’yicha “Ikki qismli kundalik” yarating.
27.Tijorat bankining kapitali uning tarkibi va etarliligiga qo’yilgan talablar va u bo’yicha Bazel qo’mitasi talablarini o’rganish
28.Bank kapitali bo’yicha “Nilufar guli” metodini qo’llab uni tasniflang.
29.Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’larining tasnifini shakllantirish, muammolarni o’rganish va ilmiy-amaliy echimi bo’yicha yondashuvni shakllantirish.
30.Aholi pul jamg’armalari bo’yicha holat va muammolarni o’rganish va echimi bo’yicha o’z takliflarini shakllantirish.
31.Aholi omonatlarini kafolatlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish yo’llari.
32.Tijorat banklarining resurslari va ularnisamarali boshqarish masalalari.
33.Tijorat banklari ustav kapitalini shakllantirish manbalari
34.Tijorat banklari faoliyatini qayta tashkil etish sabablari qayta tashkil etish sxemasini shakllantirish.
35.Banklarga vasiylik tayinlash zarurligi va axamiyati izohlash.
36.Tijorat bankini tugatishning samarali yo’llarini izohlash.
37.”VEEN diagrammasi” asosida bank resurslariga tasnifni shakllantirish.
38.Aholi omonotlarining aholi daromadi, bandligi, YaIM kabi boshqa qator ko’rsatkichlar bilan aloqadorligi tizimli shaklda ko’rsating
39.Bank aktivlari tarkibini “T-Sxema”da ifodalang.
40.Bank aktivlarining sifati darajasi va bank aktivlarining diversifikatsiyasi.
41.Tijorat banklarining aktivlarini boshqarish usullari bo’yicha mahalliy va xorij olimlarining qarashlarini tasniflash.
42.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari aktivlarini boshqarish strategiyasi.
43.Tijorat banklarida majburiy zahiralarni tashkil etish tartibi va uning zaruriyati. Mahalliy va xorij amaliyoti qiyosiy tahlili
44.Xalqaro va mahalliy darajada valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillarni tizimlashtirish.
45.Valyuta operatsiyalarini tashkil etish,valyuta pozitsiyasi va nazorati.
46.Joriy va muddatli valyuta operatsiyalarining tasnifini shakllantirish.
47.Xedjerlash va uning valyuta munosabatlarini tashkil qilishdagi roli.
48.O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorining shakllanishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy valyutalarga bo’lgan talab va taklif (eksportga yo’naltirilgan korxonalar faoliyatini qo’llab-quvvatlash nuqtai nazaridan)ni muvofiqlashtirish masalalari.
49.Qimmatli qog’ozlar bozori va uning ishtirokchilari tasnifini shakllantirish.
50.O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning va tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari.
51.REPO operatsiyalari. Anderrayting operatsiyalari. Trast operatsiyalari.
52.Fond birjasi va depozitariylar faoliyati bilan bank tizimining o’zaro hamkorlik darajasi. Fond bozorlariga moliyaviy-iqtisodiy inqirozning ta’siri va unda yuzaga kelgan tanglik sabablari va oqibatlari.
53.Tijorat banklari foiz siyosati va oiz stavkalarining turlari bo’yicha xorij amaliyoti va mahalliy amaliyotni o’rganish.
54.Kredit bahosi va uni o’rnatish tartibi: Mahalliy va xorijiy amaliyot.
55.Foiz stavkasi va kredit bahosiga ta’sir etuvchi omillar.
56. Marja va uning hisoblanishi.
57. Pandemiya va moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida O’zbekiston va xorijiy mamlakatlarda kreditlar foizining o’zgarishi sabablari va uning O’zbekistonda o’ziga xosligi.
58. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kredit tasniflanishi bilan bog’liq muammolar.
59. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kredit ta’minoti bilan bog’liq muammolar.
60. Kreditlash jarayonida ta’sir qiluvchi omillar va ularni kredit berish bo’yicha qaror qabul qilishda zarurligi bo’yicha taqsimlanishi.
61. Kreditga layoqatlik va likvidlilikni asosiy farqlari va uni moliyaviy hisobotlarni tahlil qilib aniqlanishi.
62. Biznes reja tuzish tartibi, usullari va uni kelajakdagi pragnozga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash tartibi. Mijoz uchun “Biznes reja” tuzishni o’rganish va loyiha tuzish.
63. Biznes reja va tarixiy moliyaviy hisobotlarga asoslanib kredit limitini belgilash usullari.
64. Kreditni bo’yicha ta’minot turlari va kredit turi bo’yicha zarurligi.
65. Garov reestri va uning kredit ta’minotidagi ahamiyati.
66. Alohida olingan bank mijozining moliyaviy hisobotlari va balansi asosida uning kreditga layoqatliligi ko’rsatkichlarini tahlil qilish va uning moliyaviy holatiga baho berish.
67. Immitatsion “Kredit paketi”ni shakllantirish, uning tahlili va kredit bo’limi xodimi xulosasini shakllantirish.
68. Kredit ta’minoti bilan bog’liq muammolar : “Bank nazarida:”- “Mijoz nazarida:” Echimi bo’yicha xulosalar shakllantirish.
69. Kredit mexanizmi, tarkibi, elementlari, ilmiy va nazariy yondashuv.
70. Kredit skoring, turlari va uni qo’llash imkoniyatlari.
71. Mijozning kreditga layoqatliligini kredit skoring tizimida baholash bo’yicha loyiha ishlab chiqish.
72. Tijorat banklari tomonidan aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlarni rasmiylashtirish tartibi.
73. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistonda korxonalarni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashda tijorat banklarining roli.
74. Kredit bo’yicha ta’minotning turlari: a)garov, b)kafillik, v)kafolat, s)sug’urta, d)depozit.
75. Ta’minotlarni rasmiylashtirishning huquqiy asoslariva garov reestrining kredit ta’minotidagi ahamiyati.
76. Kreditning qaytarilishida garov va boshqa ta’minot shakllarining tutgan o’rni va birlamchi va ikkilamchi ta’minot.
77. Tijorat banklarining kredit siyosatiga qo’yiladigan Markaziy bank talablari va xorijiy davlatlar amaliyoti.
78. Kredit monitoringgi bo’yicha mahalliy va xorij amaliyotini “T-sxema”da ifodalang.
79. Kreditlarni tasniflanishi va ular bo’yicha zahira tashkil qilishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari.
80. Overdraft bo’yicha kreditlash va uni o’ziga xos xususiyatlari. Lombard krediti va undan foydalanish imkoniyatlari.
81. Revolver kreditini berish bo’yicha jahon amaliyoti va uning ahamiyati.
82. Iste’mol krediti, ta’lim kreditlari va ularning ijtimoiy ahamiyati.
83. Ipoteka krediti, undan foydalanish imkoniyatlari va mavjud muammolar.
84. Tijorat banklari tomonidan sindikatlashgan kreditlarni berish tartibi.
85. Xorijiy davlatlar amaliyotida mavjud ba’zi kredit turlari va ularni ajratish tartibi.
86. Kichik biznesni kreditlashni tashkil qilish bo’yicha ilg’or xorij amaliyoti tahlili va O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari.
87. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga aylanma mablag’larni to’ldirish uchun ajratiladigan kreditlarni o’ziga xos xususiyatlari.
88. Tijorat banklari tomonidan mikrolizingni rasmiylashtirish tartibi va uning ahamiyati.
89. Kichik biznes loyihalarini chet el investitsiyasi va boshqa manbalar hisobidan moliyalash.
90. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistonda oilaviy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va servis hamda kasanachilik sohalarining barqaror rivojlanishida banklarning roli.
91. Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo’yicha xorij amaliyoti.
92. Tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jaligini kreditlash tartibi.
93. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklari ehtiyojlarini, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirish bo’yicha xo’jalik sub’ektlari faoliyatiga bank kreditlarini ajratish tartibi.
94. Qishloq xo’jaligi tarmoqlari va dehqon-fermer xo’jaliklarini kreditlash bo’yicha xorij amaliyoti.
95. Plastik kartochkalar va ularni qo’llash zaruriyati Plastik kartochkalarning to’lov tizimidagi o’rni.
96. Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini rivojlantirish masalalari.
97. Bank risklarini boshqarishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari.
98. Tijorat banklarida balansdan tashqari operatsiyalarni takomillashtirish masalalari.
99. Faktoring operatsiyalarining turlari va faktoring operatsiyalarini o’tkazish tartibi.
100. Korxonalarni debitorlik qarzlarini qisqartirishda faktoring operatsiyalarining o’rni.
101. Lizing to’lovlari va ularni aniqlash tartibini takomillashtirish masalalari.
102. Tijorat banklari tomonidan ko’rsatiladigan an’anaviy va noan’aviy xizmat turlarini rivojlantirish bo’yicha Kontseptsiya loyihasini ishlab chiqish.
103. Banklarda qimmatliklarni saqlash va seyf xizmatini takomillashtirish yo’llari.
104. Mijozlarga ish joyida va uyida xizmat ko’rsatish. Internet banking xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari.
105. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistonda 2020-2025 yillarda bank xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari.
106. Hosilaviy instrumentlar bo’yicha transaksiyalar va bank kafolatlari bo’yicha balansdan tashqari operatsiyalarni takomillashtirish.
107. Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlarini “Nilufar guli” usulida ifodalang.
108. Tijorat banklarining foizli va foizsiz xarajatlarini “T-sxema”da ifodalang.
109. Marja va Spredni hisoblash tartibi. Xorijiy davlatlar va mahalliy amaliyot.
110. Tijorat banklarining daromadliligini oshirishda spekulyatsiya operatsiyalarining o’rni. Bank daromadlarini ko’paytirish va xarajatlarini kamaytirish yo’llari.
111. Tijorat banklari foydasi va uni taqsimlash. Bank foydasini oshirish yo’llari.
112. Tijorat banklarini soliqqa tortish tartibi.Mahalliy va xorijiy amaliyot.
113. Tijorat banklarining to’lovga layoqatliligi va likvidlik ko’rsatkichlarini aniqlash tartibini takomillashtirish.
114. O’zbekiston tijorat banklarining likvidlik holatining tahlili.
115. Xorijiy davlatlar amaliyotida tijorat banklarining likvidliligini baholash usullari.
116. Likvidlilik va rezervlarni boshqarish bo’yicha tijorat banklarining siyosati va strategiyasi.
117. GAP tahliliva banklarni reytingi va uni baholash usullari.
118. O’zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalashsharoitida tijorat banklarining to’lovga layoqatliligi va likvidliligini ta’minlash yo’llari.
119. Kredit riski va uni hisoblash yo’llari.
120. Tijorat banki riskini baholashda aktivlar diversifikatsiyasining o’rni.
121. Bank risklarini boshqarish usullari va uni takomillashtirish yo’llari.
Yüklə 18,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin