Kirish
Bank kelib chiqishi
Bank vazifasi va turlari
Kredit tizimi
Xulosa
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjatda qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaymoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormoqda.
Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni yengillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Shu bilan birga, bank xizmatlari iste'molchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyati va bank tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan:
birinchidan, kreditlarni ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishda vakolatlar haddan tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning filiallari o‘rtasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga to‘sqinlik qilmoqda;
ikkinchidan, kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqishning murakkab mexanizmlari kreditlarni tezkor olish imkoniyatlarini chegaralamoqda;
uchinchidan, tijorat banklari tomonidan mikroqarzlar ajratilishi imkoniyatining mavjud emasligi mikroqarzlarni olish darajasini oshirishni ta'minlamayapti, mikrokredit tashkilotlar va lombardlarning xizmatlari bo‘yicha yuqori foiz stavkalari aksariyat holatlarda iste'molchilarning moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, chakana bank xizmatlari bozorining past darajada rivojlanganligi va mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning zamonaviy yondashuvlari mavjud emasligi ortiqcha byurokratiya va sansalorlik uchun zamin yaratmoqda;
beshinchidan, bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha davlat protsessing tashkilotining mavjud emasligi chakana to‘lov tizimlarining xavfsizlik, uzluksizlik va ishonchlilik darajasiga ta'sir ko‘rsatmoqda va aholining keng qatlamlari uchun ochiq innovatsion loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy texnologik yechimlarni ilgari surishga to‘sqinlik qilmoqda;
oltinchidan, kreditlarni (mikroqarzlarni) ko‘rib chiqish va ajratish uchun xizmat haqlari va boshqa to‘lovlarning undirilishi qarzning real qiymati oshishiga olib kelmoqda;
yettinchidan, shartnomalarga xizmatlar uchun tariflar, ajratilgan kreditlar va qabul qilingan depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarni bir tomonlama o‘zgartirishni nazarda tutuvchi shartlarni kiritish, shuningdek, bir xizmatni qo‘shimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan ko‘rsatish bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini buzmoqda;
sakkizinchidan, bank to‘lov kartalaridan chet el valyutasini yechish bo‘yicha cheklovlarning mavjudligi va bankomatlar sonining yetarli emasligi valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishda xizmat ko‘rsatishni talab darajasida ta'minlamayapti.
Asosiy muammolar sifatida sohada davlat ulushining yuqoriligi, to‘lov kartalaridan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi keltirilgan.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari bank xizmatlarini tahlil qilib, mavjud muammolar bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Hozirgi kunda 33 ta bank, jumladan davlat ulushi mavjud bo‘lgan 12 ta bank iste’molchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning 85%i davlat ulushi mavjud banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi bank filiallari soni 876 taga, mini-banklar 4177 taga yetdi.
Ekspertlarning tahliliga ko‘ra, sohadagi asosiy muammo va kamchiliklar quyidagilar:
bank sohasida davlat ulushining yuqoriligi (bank aktivlarining 80% davlat ulushi mavjud banklarga tegishli);
infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli to‘lov kartalaridan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi va bankomatlar sonining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan pastligi (har 100 000 kishiga 48 ta bankomat);
kreditlashda jismoniy shaxslarni qamrab olish darajasining pastligi (kreditlarning faqat 19%i jismoniy shaxslarning ulushiga to‘g‘ri keladi, dunyo mamlakatlarida esa o‘rtacha 40%).
Bank - bu mijozlardan omonatlarni qabul qiluvchi va turli xil moliyaviy xizmatlar, jumladan, kreditlar, kredit kartalari, omonat hisobvaraqlari va investitsiya mahsulotlarini taqdim etuvchi moliyaviy muassasa. Banklar biznes va jismoniy shaxslarni kapital bilan ta'minlash, tranzaktsiyalarni osonlashtirish va risklarni boshqarish orqali iqtisodiyotda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Shuningdek, ular mijozlarga o‘z pullariga kirishni osonlashtirish uchun bankomatdan pul yechib olish, onlayn-banking va mobil banking kabi xizmatlarni taqdim etadi. Banklar xavfsiz va ishonchli ishlashini ta'minlash hamda mijozlar mablag'larini himoya qilish uchun davlat organlari tomonidan tartibga solinadi.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (cbu.uz)
PF-5992-сон 12.05.2020. 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida (lex.uz)
Banklarning muammoli kreditlari ulushi 2,9 foizgacha o‘sdi – O‘zbekiston yangiliklari – Gazeta.uz
Bank tizimi. Pul-kredit siyosati (arxiv.uz)
Kredit - Vikipediya (wikipedia.org)
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va boshqa kredit muassasalari (buxdu.uz)
I-боб (urdu.uz)
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bank
Dostları ilə paylaş: |