Barkamol inson deganda hamma tomonlama, yetuk deganini tushuniladi. Bunday insonlar hozirda mavjud bo’lmsa kerak. Biz barkamol inson bo'laolmasakda, barkamol bo'lishga harakat qilishimiz lozim. Ana shunda hayotimiz hma tubdan o'zgaradi. Barkamol inson, xalqning, elning, va ko'plab odamlaring ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishga kata hissa qo’shadi deska mubolag’a bo’lmaydi. Shuning uchun barkamollikka intilishimiz bizning yuksak maqsadlarimizdan biridir. Hozirgi kunda mamlakatimiz bor kuch-qudratini demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishga yoʻnaltirgan. Respublikamizda qabul qilingan oʻziga xos islohot modeli orqali biz oʻz oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qoʻyar ekanmiz, mazkur masalani samarali hal etish birinchi navbatda, bizdek ulg’ayayotgan yosh avlodning axloqiy barkamolligimizni, gʻoyaviy-siyosiy yetukligimizni, milliy oʻzligimizni qanchalik chuqur va mukammal anglab olganimizga ham bevosita bogʻliqdir. Mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi va tafakkuri keng barkamol yoshlar yurtimiz taqdirini hal qiladilar. Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonnidir.
Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak kо‘rinishi, oliy maqomidir. U о‘zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida о‘z aksini topadi. Insonga xos bо‘lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan о‘rnida, uning о‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, muayyan g‘oyalarni amalga oshirishda yaqqol kо‘rinadi.
Ma’naviy barkamol inson shon-shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan quvmaydi, moddiy qiyinchiliklarga duch kelganida qaddi bukilmaydi, ba’zan uyushtirilgan tuhmatu fitnalar uning ruhini tushira olmaydi. Demak, har qanday shum taqdir va qismat pokiza, mard, ma’naviy barkamol inson ma’naviyatini buza olmaydi, balki mustahkamlaydi, chiniqtiradi. Yuksak darajadagi ma’naviyatga ega inson – fidoyilik, jasorat, mardlik, о‘z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdodlaridan faxrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi.
Avloniyning fikricha, odam tugʻilishidan yomon xulq bilan tugʻilmaydi. Muayyan bir sharoitda yomon tarbiya natijasida ularda yomon xulq paydo boʻladi va shakllanib boradi. Insondagi qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan amalga oshadi. Agar inson yaxshi tarbiya topib, yomon xulqlardan saqlansa, goʻzal xulqlarga odatlanib, voyaga yetsa, u barchaning hurmati va eʼtiboriga sazavor boʻladi. Aksincha boʻlsa, har qanday buzuq ishlarni qiladigan, nodon, johil, yovuz bir odam boʻlib yetishadi.
Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy oʻrinni egallaydi va oʻz orzusidagi yetuk shaxsni asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. U komil inson aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sogʻlom, jismonan baquvvat, mard va jasur boʻlishi lozimligini taʼkidlaydi.
Shuningdek, ilm oʻrganish mashaqqatli yumush boʻlib, uni oʻrganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib oʻtishga toʻgʻri kelishi, bu yoʻlda chidamli, qanoatli, bardoshli boʻlish orqaligina mukammal bilimga ega boʻlish mumkinligini uqtiradi.
Mohlaroyim (Nodira)ning inson va tabiatga nisbatan qarashlarida faqat shaxsiy tuygʻu emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy anʼanalarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. U tarbiyani insonparvarlik gʻoyalari – adolat, insof, xalq manfaati bilan bogʻlaydi. Nodira hayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chogʻida yaxshilik bunyod etgan boʻlsa, oʻzining bu ezgu ishlari bilan oʻzidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi.
Dostları ilə paylaş: |