Bayon haqida ma`lumot



Yüklə 0,73 Mb.
tarix17.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#156530
napon

Bayon uchun material to`plash

Bayon yozish uchun materiallar to’plash

  • Bayon ijodiy xarakterdagi yozma ishlarning asosiy turlaridan biri bo‘lib, o‘quvchining matn mazmunini o‘z so‘zi bilan yozma ravishda qayta bayon etishdan iborat ijodiy ishidir. Bayon bog‘lanishli nutqni o‘stirish vositasi bo‘lib, o‘quvchilarda o‘z fikrini keng va xilma-xil ravishda bayon qilish qobiliyatini rivojlantirishga , nutq malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Bayon yozdirishda nutqni o‘stirish bilan birga matnning g‘oyaviy-siyosiy, tarbiyaviya tomoniga jiddiy ahamiyat beriladi. O‘quvchilarning dunyoqarashini o‘stiradigan, ularda insoniy fazilatlarni shakllantirishga, rivojlantirishga yordam beradigan, axloqi, ma’naviyatini tarbiyalashga qaratilgan matnlar to‘planadi. Bayon uchun turli badiiy asarlar, publitsistik, ilmiy va ilmiy-ommabop materiallardan tanlab olinadi hamda uning mazmuni, tuzilishi (kompozitsiyasi), turli obrazli, tushunarli bo‘lishi, o‘quvchi bilim darajasiga mos bo‘lishi, aktualligi hisobga olinadi. Matn ham, rivoyat ham, tasvir ham dialog xarakterida bo‘lishi mumkin. Eng qulayi hikoya bo‘lib, matnning syujetli bo‘lishi, epizodlari ko‘p emasligi, xotirada oson qolishi hisobga olinadi

Mashq sifatida bayonning ahamiyati

  • Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayotini, ona tabiat tasvirini, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlarni aks ettiradigan yuksak g`oyali matn tanlanishi; bayon mavzusi o’quvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning dunyoqarashini shakllantirishi zarur.
  • Bayon bolalarda adabiy nutqni to’g`ri shakllantirishga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi.

Qayta hikoyalash va bayonda bolaning tabiiy nutqi eshitilishi, ya’ni berilgan namunani ko’rko’rona yodlamasligi, namuna leksikasidan, nutq oborotlaridan, sintaktik qurilishidan foydalana olishi zarur.

  • Qayta hikoyalash va bayonda bolaning tabiiy nutqi eshitilishi, ya’ni berilgan namunani ko’rko’rona yodlamasligi, namuna leksikasidan, nutq oborotlaridan, sintaktik qurilishidan foydalana olishi zarur.

To’liq yoki matnga yaqinlashtirib qayta hikoyalash va bayon.

  • Qayta hikoya qilish va bayonning bu turi boshqa turlariga nisbatan boshlang`ich sinflarda ko’p o’tkaziladi, chunki bu o’qilgan matnni butun detallari va bog`lanishlari bilan bolalar yodida mustahkamlash, namunaviy matnning logikasi va tilini o’zlashtirish vositasi bo’lib ham xizmat qiladi. Bolalar tez yodlab oladigan kichik matnni, she’riy misralarni buzmaslik uchun she’rni, ayniqsa, butun bir poetik obrazni tasvirlovchi lirik she’rni hikoya qilish tavsiya etilmaydi.
  • To’liq hikoya qilish uchun dastlab aniq syujetli, hikoya uslubida yozilgan matn tanlanadi, keyin bolalar hikoyaga tasviriy (tabiat tasviri, kishilar va boshqa predmetlarning tashqi ko’rinishi tasviri) va muhokama elementlarini kiritishni o’rganadilar.

Bolalarni o’z fikrini mustaqil yozishga (o’qilgan matnni hikoya qilishga) o’rgatishni, iloji boricha, erta boshlash ma’qul. Buning uchun o’quvchilar og`zaki hikoya qilayotganda qo’llagan alohida so’zni yozishdan gapni yozishga, so’ng matn qismlarini yozishga va 2-sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida bayon yozishga o’rgatiladi.

  • Bolalarni o’z fikrini mustaqil yozishga (o’qilgan matnni hikoya qilishga) o’rgatishni, iloji boricha, erta boshlash ma’qul. Buning uchun o’quvchilar og`zaki hikoya qilayotganda qo’llagan alohida so’zni yozishdan gapni yozishga, so’ng matn qismlarini yozishga va 2-sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida bayon yozishga o’rgatiladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin