https://daryo.uz/2019/01/23/begona-qol-sindromi-nima “Begona qo‘l sindromi” nima? Neshvil nevrologlari harakatlarimizni anglash uchun javob beradigan miya zonalarini aniqladi. Bu iroda erkinligini anglash uchun kichik qadam edi. Republic nashri bu tadqiqot tafsilotlarini keltiradi. Avvalo iroda erkinligining mavjudmi yo‘qmi degan savolga aniqlik kiritsak. Odamlar harakatlarning bevosita ishtirokchisimi yoki shunchaki passiv kuzatuvchilarmi? Ushbu savollarga olimlar hali uzoq davrlargacha javob topolmasligi mumkin, biroq ular sekin-astalik bilan ushbu jarayonga yaqinlashib bormoqda. Avvaliga Vanderbilt universiteti nevrologlari odamlarning o‘z harakatlari va qarorlarini qay darajada boshqara olishini aniqlashnini boshladi. Ular buni begona qo‘l sindromi va akinetik mutizm bo‘lgan bemorlar miyasining shikastlangan joyini o‘rgandi.
Begona qo‘l sindromi — murakkab psixonevrologik buzilish. Ushbu sindromda bitta yoki ikkala qo‘l ham o‘zicha harakatlanadi. Ko‘p hollarda ushbu kasallik epilepsiya xuruji bilan kuzatiladi. Akinetik mutizmda esa holat yanada murakkabroq kechadi. Ushbu kasallikni nevrologiya juda kamdan-kam uchraydigan sindrom sifatida tavsiflaydi. Ushbu sindromda odam deyarli gapirmaydi yoki harakatlanmaydi yoxud ushbu qobiliyatdan umuman mahrum, biroq jismoniy jihatdan na nutqiy na harakatda chegaralanmagan. Ma’lumki, bunday kasallikka chalingan kishilar atrofdagi olamni kuzatishi, ovoz manbalarini ishlashi va umuman harakat tushunchasini tlaligicha saqlashi mumkin.
Shifokorlar allaqachon begona qo‘l va akinetik mutizm sindromlari bosh miyasining shikastlanishi bilan bog‘liqligini belgilagan, biroq konkret sabablari aniqlanmagan. Vanderbilt universiteti tadqiqotchilari bosh miya shikastlanishi aks etgan barcha tasvirlarni yig‘di. Ushbu tasvirlar yordamida ular bir vaqtning o‘zida faollashtirilgan miya sohalarining xaritasini tuzib chiqishdi — miyaning bu sohalari miya tarmoqlari sifatida ham ma’lum. Agar nevrologlarga tekshiruvga qadar shikastlanish tasodifiy joyda paydo bo‘lgandek tuyulgan bo‘lsa, xarita shikastlanishlar doimo bitta va aynan miya tarmoqlarida joylashganini belgilashga yordam berdi.
Shundan so‘ng tadqiqotchilar tekshiruvdan olingan natijalarini miyaning vaqtinchalik stimulyatsiyasidan so‘ng harakatlanishni yo‘qotgan bemorlarning ma’lumotlar bilan taqqosladi. Bu usul past voltli elektrodlardan yoki miyaning alohida qismlarining vaqtinchalik o‘chishi uchun yo‘naltirilgan magnit maydonlaridan foydalanishga asoslanadi. Bunday usulda Parkinson kasali davolanadi.
Keyingi tahlilllar akinetik mutizm bo‘lgan bemorlarda shikastlanish ongli harakatlanishda zarur bo‘lgan miyaning old chiziq ildizida yig‘ilgan. O‘z navbatida, begona qo‘l sindromidan aziyat chekadigan insonlarda olimlar ko‘pincha shikastlanishni chakka suyak-umurtqa o‘tish joyida aniqlashgan. Miyaning ushbu qismi o‘zini anglash va jismoniy faollikni boshqaradi. Biroq bosh miya yarim sharining eng kam o‘rganilgan, o‘zini anglashga javob beradigan qismida olimlar deyarli shikastlanish o‘choqlarini topa olmadi.
Tadqiqotchilar, shuningdek, ongli harakat yo‘qolishiga sabab bo‘luvchi miya tarmoqlari shikastlanish tarmoqlariga mos kelishini aniqladi. Bu aniqlangan miya tarmoqlari ham ongli harakat va ularni boshqarishimizni anglash uchun javob berishini taxmin etishimizga imkon beradi. Shunday qilib, olimlar miyaning aynan qaysi hududi harakatlarimizni anglash uchun javob berishini tushuna boshladi.
Garchi ushbu jarayonlar erkin iroda bilan bog‘liq bo‘lsa-da, yangi tadqiqot inson miyasi barcha harakat va qarorlar uchun javobgarlikda mutlaqo mustaqil bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berishga urinmaydi.