Bemorlarni parvarish qilishning mohiyati. Tibbiy hamshiraning roli va vazifalari



Yüklə 32 Kb.
tarix29.04.2020
ölçüsü32 Kb.
#31008
Bemorlarni parvarish qilishning mohiyati. Tibbiy hamshiraning ro

Huquqlar http://shumbola.vo.uz ga tegshli.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida http://shumbola.vo.uz ko’rsatilishi shart!
BEMORLARNI PARVARISH QILISHNING MOHIYATI.

TIBBIY HAMSHIRANING ROLI VA VAZIFALARI.

Reja:

1. Bemorlarni umumiy parvarish qilishning mohiyati.

2. Kasalliklarni oldini olish, bemorlarni parvarish qilish va davolashda tibbiy hamshiraning roli.

3. Tibbiy hamshiraning ma'naviy fazilati, axloqi va odobi muammolari.

4. Bo'limlardagi tibbiy hamshiraning vazifalari va tibbiy hamshira postida dorilar saqlanishining tartibi.

5. Davolash muassasalarining turlari haqida asosiy ma'lumotlar.

6. Davolash muassasalarining sanitariya-gigiyena tartibi. Kasalxona ichki tartibi.

7. Uy sharoitlarida bemorlarni parvarish qilish.

 

Bemorlarni parvarish qilish-bemorlarga har tomonlama yordam berish va vrach ko'rsatmalarini amalga oshirishni ta'minlaydigan tadbirlar majmuasidir. U kasallikni davolashning muhim tarkibiy qismidir. Medisinaning ilk rivojlanish davrida vrach hali ko'p kasalliklarni davolashga ojiz bo'lgan davrda yarador va bemorlarni to'g'ri parvarish qilish tufayli juda ko'plab odamlarning hayoti saqlab qolingan.

Yillar o'tgan sayin, asta-sekin inson ko'plab kasalliklarning kelib chiqish sabablari, kechish jarayonlarini ilmiy talqin qila bordi, davolashni takomillashtirdi. Bugungi kundagi ilmiy texnika taraqqiyoti, eng zamonaviy medisina texnikasi, kuchli ta'sir qiladigan dorilar mavjudligiga qaramay bemorlarni parvarish qilish kishilarning salomatligi, ish qobiliyatini tiklashda muhim va hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Bemorlarni parvarish qilish deganda asosiy hayotiy ehtiyojlarni (yeyish, ichish, harakat, ichaklarni, qovuqlarni bo'shatish va hokazo) qondirishda unga ko'maklashish, kasallik holatlari (qusish, bo'g'ilish, yo'talish, turli xil og'riqlar va hokazo) vaqtida yordam berish tushiniladi. Parvarish bemor uchun qulay sharoit, yoqimli miroiqlim yaratish: xonada me'yorida harorat va yorug'lik, yangi va musaffo havo bo'lishi, o'rinbosh-larning qulay va ozoda bo'lishi, zarur va maishiy ashyolar, signalizasiya kabilarni ham o'z ichiga oladi.

Parvarishning ko'lami bemor ahvoliga, kasallik turiga va unga tayyorlangan davo tartibiga bog'liq. Kasallik vaqtida inson organizmidagi a'zolar va sistemalarning faoliyati buziladi, ishtaha pasayadi, bedorlik va uxlash maromi izdan chiqadi. Davolash xastalik bilan kurashishga qaratilgan bo'lsa, parvarish qilish kasallikka qarshi kurashda organizmning kuchlarini quvvatlashdan iboratdir.

O'rnidan turaolmaydigan bemorlar uyalib o'zlarini hojatdan majburan tiyib turadilar, shuningdek ovqat iste'mol qilmaslikka harakat qiladilar, natijada o'z ahvollarini og'irlashtiradilar. Bundan tashqari qaraydigan hodimlarning qo'polligi va jirkanishi bemorga ruxan ta'sir qiladi. Shuning uchun ham xushmuomalalik va odob bilan ko'rsatilgan to'g'ri yordamning ahamiyati bemorning sog'ayishida juda ham muhimdir. Ba'zan kasallik davridagi parvarish xastalik qanday natija bilan tugashini belgilaydi. Biz baxtsiz xodisa sodir bo'lganda kishining hayoti zudlik bilan ko'rsatilgan tibbiy yordamga bog'liq ekanini yaxshi bilamiz, albatta. Bunda kishining hayoti saqlab qolinadi va u asta-sekin sog'ayib ketadi. Anashu bosqich-da uning salomatligi va hayoti parvarish va davolashni qay tarzda olib borilishiga bog'liq.

Qay biri muhimroq parvarishmi yoki davolashmi? Davo qilishning ahamiyati ba'zan ko'proq, ba'zan esa kamroq bo'ladi, ayrim hollarda esa «vaqt eng yaxshi tabib» deyishadi. Parvarish doimo kerak va u qanchalik yaxshi va to'g'ri bo'lsa bemor shunchalik tez sog'ayib ketadi, davolash natijalari shu qadar samarali bo'ladi. Beparvolik bilan palapartish qarash o'z-o'zidan bemorning nobud bo'lishiga olib kelishi mumkin. Yaxshi kor qiladigan davo usullari topilmagan kasallar ham bor, bunday hollarda bemorni sog'ligini tiklash va uning umrini uzaytirish faqat parvarishga bog'liqdir.

Palata hamshirasi katta hamshiraga va palata shifokoriga bo'ysinadi, unga esa kichik tibbiy hamshiralar bo'ysinadilar. Tibbiyot hamshirasi shifokor topshiriqlarini bajaradi. Ayrim muolajalarni mustaqil ravishda o'zi qilib (in'yeksiya, banka, xantal va hukna qo'yish) bir muncha murakkab davo tadbirlariga asboblar va bemorlarni tayyorlaydi, ularni bajarishda esa shifokorga ko'maklashadi.

Palata hamshirasi bemor ajratmalarini (siydik, balg'am, axlatni) yig'adi, tekshirishlar uchun qon oladi, shifokor topshirig'iga ko'ra kunlik siydik, balg'am miqdorini o'lchaydi. U ertalab, kechqurun bemorlar haroratini o'lchab kasallik tarixiga yozib boradi.

Palata hamshirasi har kuni shifokor ko'rigida qatnashadi, bemorni ko'zdan kechirishda unga yordamlashadi, o'z kuzatuvlarini maxsus tarixnomaga qayd qilib boradi va shifokorga habar qiladi va undan yangi ko'rsatmalar oladi. Ko'rik paytida har bir bemordagi kasallik moxiyatini, unga qilinayotgan davoning ahamiyatini va ayniqsa yana nimalarga e'tiborni qaratish lozimligini bilib oladi. Shuningdek u bemorlarni parvarish qiladi, ularni tozaligiga qaraydi, og'ir yotgan bemorlarning badan terisini ho'l sochiq bilan muntazam artib turadi, sanitarka yordamida ularni ich kiyimini va ko'rpa-yostiq jiltini, choyshabni almashtiradi, ular uchun gigiyenik vanna uyushtiradi.

Palata hamshirasi bemorlar ovqatlanishini tashkillashtiradi, xususan og'ir yotgan kishilarni ovqatlantirib qo'yadi. U bemorga keltiriladigan ta'omlarni, muzlatkichdagi mahsulotlarning sifatini tekshiradi.

Yig'ishtirib tozalashning sifati va uning o'z vaqtida o'tkazilish ustidan nazorat qilish ham palata hamshirasining vazifasidir. U bemorlar, ularni ko'rgani keladigan kishilar, sanitarkalarni tartibga rioya qilishini kuzatib boradi.

Yangi kelgan bemorlarni qabul qiladi, ularni ichki tartib qoidalar bilan tanishtiradi, qabulxonada amalga oshirilgan sanitariya tozalovini tekshiradi va yangi kelgan bemor haqida shifokorga habar beradi. Bemorni shifoxonadan kuzatishni ham tashkillashtiradi.



Bemorlarning ahvolini, kayfiyatini doimiy kuzatib yurib, o'z kuzatuvlari haqida shifokorga habar beradi. Bundan maqsad bemorga o'z vaqtida yordam ko'rsatishdir. Hamshira bemorni ko'rgani kelgan kishilar bilan hushmuomalalik va talabchanlik bilan suhbatlashib, ularni bemor ahvolidan habardor qiladi.
Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin