Berilgan ifoda qaysi songa qoldiqsiz bo’linadi: 4a + 10b a b 10 c d 2



Yüklə 14,98 Kb.
tarix20.10.2023
ölçüsü14,98 Kb.
#158059
Matematika online test.

Matematika


1.Berilgan ifoda qaysi songa qoldiqsiz bo’linadi: 4a + 10b
A) 4 B) 10 C) 8 D) 2
2. 37 461 soni qaysi songa qoldiqsiz bo’linadi?
A) 2 B) 3 C) 7 D) 9
3. Quyidagi sonlardan nechtasi tub son?
13, 34, 47, 63, 69, 71, 81, 89
A)3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
4. EKUB( 62, 74, 212) ni toping?
A) 2 B) 4 C) 8 D) 31
5. Ikkita sonning ko’paytmasi 360 ga teng. Ularning EKUBi=6 ga teng, bu sonlar uchun EKUKni toping?
A) 36 B) 48 C) 60 D) 96
6. EKUK( 28, 70, 140) ni toping?
A) 140 B) 280 C) 14 D) 96
7. A va B shaharlar orasidagi masofa 120 km. Bu shaharlardan bir-biriga qarab, bir vaqtda ikki velosipedchi yo’lga chiqdi. Birinchisining tezligi 17 km/soat, ikkinchisining tezligi 13 km/soat, ular necha soatdan so’ng uchrashishadi?
A) 2 B) 3 C) 4 D)5
8. Toshkentdan Buxoroga qarab yuk avtomobili 80 km/soat tezlik bilan yo’lga chiqadi, oradan 1 soat o’tgach yengil avtomobil huddi shu yo’nalishda 100 km/soat tezlik bilan yo’lga chiqdi. Toshkent shahridan qanday masofada yengil avtomobil yuk avtomobiliga yetib oladi?
A) 180 km B) 360 km C) 400 km D)500 km
9. Vali bobo bolalar oromgohiga uch g’ildirakli va ikki g’ildirakli velosipedlar sovg’a qildi. Jami velosipedlar soni 35 ta. Agar hamma velosipedlarning g’ildiraklari soni 95 ta bo’lsa, ikki g’ildirakli velosipedlar nechta?
A) 25 B) 10 C) 15 D) 20
10. Otasi 60 yoshda, o’g’li 24 yoshda. Necha yildan keyin otasi o’glidan ikki marta katta bo’ladi?
A) 12 B) 15 C) 6 D) 4
11. Anvarning qo’y va tovuqlarining umumiy soni 29 ta, oyoqlarining soni 98 ta. Anvarda nechta tovuq bor?
A) 9 ta B) 10 ta C) 20 ta D) 21 ta
12. Ali universitetga kirish uchun imtihon topshirdi va 56 ball to’pladi. Agar 1-10 savollarga 1 balldan, 11-20 savollarga 2 balldan va 21-30 savollarga 3balldan berilsa, u quyidagi qaysi savollarda xatolikka yo’l qo’ygan bo’lishi mumkin?
A) 3, 6, 18 B) 1, 5, 29 C) 8, 21, 23 D) 17, 15, 21
13. Fotima televizorda o’zining sevimli serialini har hafta dushanbadan jumagacha 19:00 dan 20:40 gacha tomosha qiladi. Agar bu serial roppa – rosa 21 hafta davom etgan bo’lsa, bu serial necha soatlik?
A) 165 soat B) 170 soat C) 175 soat D) 180 soat
14. To’g’ri to’rtburchakning perimetri 60 sm, bo’yi 18sm. Shu to’g’ri to’rtburchakning yuzini toping?
A) 216 B) 120 C) 124 D) 78
15. Mehmonxonada 12 ta xona bor. Har bir xonada 2 ta deraza bor. Kechqurun 18 ta derazaning chiroqlari yongan bo’lsa, nechta xonada chiroq yonmagan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
16. Nigina soat 7:35 da istirohat bog’iga bordi. U bog’da kuchugi bilan 35 minut sayr qildi va 15 minut o’ynadi. Adiba soat nechada bog’dan chiqib ketgan?
A) 8:00 B) 8:25 C) 8:30 D) 8:35
17. Ketma-ketlikning tushirib qoldirilgan sonlarini toping. 24, 30,__, 42,__,54
A)34, 40 B) 48,50 C)36,48 D)30,50
18. Kecha yakshanba edi. Ertaga qaysi kun?
A) Seshanba B) Payshanba C) Dushanba D) Shanba
19. Eng katta uch xonali sondan eng kichik uch xonali sonni ayiring?
A) 900 B) 901 C) 899 D) 99
20. Ifoda to’g’ri bo’lishi uchun qaysi sonni qo’yish kerak? 612 - ? > 342
A)269 B) 304 C) 286 D) 344
Yüklə 14,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin