Beton va poʻlat armatura birikmasidan iborat konstruksiya va



Yüklə 81,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix18.04.2023
ölçüsü81,99 Kb.
#100090
  1   2
Temirbeton - Vikipediya



Temirbeton
Temirbeton — beton va poʻlat armatura
birikmasidan iborat konstruksiya va
buyumlarning umumiy nomi. Temirbeton
19-asrda kashf etilgan. Temirbeton
buyumlarga birinchi patentlar Fransiyada
(Lambao, 1850; Kuanye, 1854; Monye,
1867), Angliyada (Uilkinson, 1854) va
AQSH da (Giatt, 1855—87) berilgan.
Oʻzbekistonda Temirbeton
konstruksiyalar 19-asr 70y.laridan tatbiq
eta boshlangan. Temirbetonda


zoʻriqishlarni qabul qilishda har ikkala
material (beton va poʻlat) baravar
ishlaydi. Betonning choʻzilishga
mustahkamligi siqilishga
mustahkamligidan ancha (10—20 marta)
past. Poʻlat armatura esa choʻzilishga
ham, siqilishga ham birday ishlaydi. Agar
betonga armatura qoʻshilsa, uning
choʻzilishga mustahkamligi ancha ortadi.
Betonning poʻlat armaturaga yaxshi
yopishuvi, poʻlat bilan ogʻir betonning tra
taʼsirida chizikli kengayish
koeffitsiyentlari bir-biriga juda yaqinligi
(beton uchun aBq(lsl,5)10~5; armatura
uchun avq1,210~5) Temirbetonni hosil
qilishga imkon beradi. Bundan tashqari,
beton armaturaga zich yopishib, uni


zanglash va yongʻindan asraydi.
Temirbetondan poydevor bloklar, devor
va qavatlararo panellar, yopma plitalar,
yigʻma zinalar, ustun va toʻsinlar,
ustunqoziklar, arka va fermalar va
boshqa tayyorlanadi.
Temirbetonning afzalliklari: oʻta
mustahkamligi; koʻpga chidamliligi;
olovbardoshligi; zilzilabardoshligi;
mahalliy materiallardan foydalanish
imkoniyati; konstruksiyaga istalgan shakl
berish mumkinligi va h.k. Vazni ogʻirligi,
issiqlik va tovushni oson oʻtkazishi;
mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi;
yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach,
armatura holatini tekshirish qiyinligi kabi


omillar uning nuqsonlaridir. Betonda yoriq
paydo boʻlishining oldini olish uchun
armatura oldindan zoʻriqtiriladi.
Ilgari betonning mustahkamlik darajalari
markalar (M) orqali farklanar edi. Xalqaro
standartlarning yangi tizimi boʻyicha
beton mustahkamligi sinflar (V) orqali
belgilanadi. Mas., beton va Temirbeton
uchun ogʻir betonning siqilish
mustahkamligi boʻyicha quyidagi sinflar
mavjud: V3,5; V5; V7,5; V10; V12:5; V15;
V20; V25; VZO; V35; V40; V45; V50; V55;
V60. Ogʻir betondan ishlanadigan
Temirbeton konstruksiyalarda
mustahkamlik sinfi V7,5 dan kam boʻlgan
betonlarni qoʻllash mumkin emas.


Takroriy yuklar taʼsir etadigan
konstruksiyalarda sinfi V15 dan yuqori
boʻlgan betonlar qoʻllaniladi. Siqiluvchi
Temirbeton elementlari V15 dan kam
boʻlmagan, katta yuk ostida boʻladigan
konstruksiyalarda esa (mas., koʻp qavatli
binolarning quyi qavat ustunlarida) sinfi
V25 dan kam boʻlmagan betonlar qoʻllash
tavsiya etiladi. Zoʻriqtirilgan beton uchun
V20… V60 boʻlgan beton sinflari qabul
qilinadi.
Temirbeton (https://lifetimestones.uz/r
u/) konstruksiyalarida qoʻllaniladigan
armaturalar, sterjenli va simli
armaturalarga boʻlinadi. Sirtining shakliga
qarab tekis va davriy profilli armaturalar


boʻladi. Davriy profilli armatura tekis
armaturaga Karaganda beton bilan
mustahkamroq bogʻlanadi. Temirbeton
elementlar kamida 0,05 % va kupi bilan
3,5 % miqdorda armaturalanadi. Mexanik
xossalariga qarab armaturabop metall
quyidagi sinflarga boʻlinadi: a) sterjen
armaturalar: AI; AP; ASH; A1V; AV; AVI; b)
sim armaturalar: BI; VP; Vr II; K7; K19.
Atrof muhit temperaturasi — 40° dan 60°
gacha oʻzgarganda beton bilan
armaturaning asosiy fizikmexanik
xossalari oʻzgarmaydi. Tra 60° dan
oshganda betonning strukturasi buzila
boshlaydi va mustahkamligi pasayadi,
masalan, tra 200° ga yetganda betonning


mustahkamligi 30—40 % pasayadi. Oddiy
Temirbeton uchun 500°—600° issiklik
kritik tra hisoblanadi. Shuning uchun
oddiy Temirbetonni 200° dan past
sharoitda ishlatish tavsiya etiladi. Yuqori
(1700° gacha) trada ishlaydigan issiklik
agregatlari uchun issiqbardosh
Temirbetondan foydalaniladi.
Har qanday qurilish materiallari singari,
beton buyumlar (https://lifetimestones.u
z/ru/) ham o'zining afzalliklari va
kamchiliklariga ega. Bundan sezilarli
afzalliklar mavjud, ular orasida:
Chidamlilik. Temir-beton
konstruktsiyalar (beton buyumlar)


yong'inga chidamli va bardoshli,
atmosfera ta'siriga qarshi maxsus
himoya choralarini talab qilmaydi;
Yuqori kuch va stressga qarshilik. Vaqt
o'tishi bilan betonning mustahkamligi
ortadi va armatura korroziyaga
uchramaydi, atrofdagi beton bilan
himoyalangan.
Temir-beton yuqori yuk ko'tarish
qobiliyatiga ega, u statik va dinamik
yuklarni yaxshi qabul qiladi
Ishlab chiqarish qobiliyati, turli xil
shakllar. Katta me'moriy
ekspressivlikka erishadigan temir-
betondan turli shakldagi


konstruktsiyalar va konstruktsiyalarni
yaratish nisbatan oson.
Arzon. Temir-betonda asosiy hajmni
hamma joyda mavjud bo'lgan
materiallar - shag'al, shag'al, qum
egallaydi.
O'rnatish qulayligi, qurilishning tez
sur'ati. Tayyor temir-beton buyumlar
bino va inshootlarni qurishning yuqori
sur'atlarini ta'minlaydi.
Temir-beton buyumlar (https://lifetimes
tones.uz/ru/) ning muhim kamchiliklari
- yuqori zichlik - asosan yengil beton
(sun'iy va tabiiy gözenekli agregatlarda)
va gazbeton yordamida yo'q qilinadi.
Adabiyot


Nizomov Sh. R., Hobilov B. A.,
Temirbeton konstruksiyalar, T., 1992;
Qosimov E., Qurilish ashyolari.
Toshkent, 2004.
https://lifetimestones.uz/ru/

Yüklə 81,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin