Bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini



Yüklə 143,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix05.02.2023
ölçüsü143,21 Kb.
#82915
  1   2
Taʼlim - Vikipediya



Taʼlim
Taʼlim — bilim berish, malaka va
koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini
hayotga va mehnatga tayyorlashning
asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida
maʼlumot olinadi va tarbiya amalga
oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish
tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat
turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish
jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va
boshqa sohalarda maʼlumot berish
jarayonini ham bildiradi.


Taʼlimning mazmuni va mohiyati
jamiyatning moddiy va madaniy
taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy munosabatlar, umumiy
maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning
kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi
pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik
jamiyati taraqqiyotining turli
Yuqoridan chapdan oʻngga: Chexiya texnika universitetining biotibbiyot muhandisligi fakultetidagi maruza (
Praga
,
Chexiya
); Mevali bogʻ soyasida oʻtirgan maktab oʻquvchilari (Bamozay, Gardez, Paktiya provinsiyasi, 
Afgʻoniston
);
„FIRST“ robototexnika musobaqasida qatnashayotgan talaba (
Vashington

AQSh
); AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi
(USAID) tashabbusida amalga oshirilayotgan maktabgacha taʼlim (Zvay, 
Efiopiya
)


bosqichlarida Taʼlimning mohiyati,
metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan
(qarang Pedagogika).
Taʼlim mohiyat-eʼtibori bilan dars berish
jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi)
faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish,
oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni
hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi
faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim
beruvchi — oʻqituvchi va taʼlim olayotgan
oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan
iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida
shaxsning sifatlari, dunyoqarashi,
qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar
oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi:


kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh
avlodga Taʼlim orqali oʻtadi.
Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud.
Baʼzi nazariyalar Taʼlimni jamiyatning
ijtimoiyiqtisodiy tuzilishiga bogʻliq
boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar
(qarang Pedotsentrizm), baʼzisi
Taʼlimning sinfiy xarakterga ega
ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida
muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy
qarashlarni shakllantirish maqsadi sari
karatilganligini taʼkidlaydi.
Taʼlimning maqsadi obyektiv hayot
talablariga muvofiq holda oʻzgarib
borgani kabi, taʼlimning xarakteri,


yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq
oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda
taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar
jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari,
qistuygʻular, idrok, shaxsni tarkib
toptiruvchi kuchli omildir.
Taʼlim jamiyat qurilishining muhim
muammolarini hal qilish — jamiyatning
moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy
munosabatlarni tarkib toptirish, yangi
kishini tarbiyalashga yordam beradi.
Taʼlim oʻquvchining bilish qobiliyatini
oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar
qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar
muayyan didaktik qoidalar tarzida


namoyon boʻladi. Didaktik tamoyillarda
taʼlimning mazmuni va jarayonlariga
qoʻyilgan talablar belgilanadi (qarang
Didaktika). Taʼlimning maqsadi va
vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek
muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga
muvofiq tarixan oʻzgarib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-
avgustda qabul qilingan „Taʼlim
toʻgʻrisida“gi qonuni va Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi Taʼlim tizimining barcha
yoʻnalishlarini takomillashtirish va
rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar
ochib berdi. 1996-yildan boshlab lotin
imlosiga asoslangan yangi oʻzbek
alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab
yangi yozuv asosida dasturlar,


qoʻllanmalar va darsliklar yaratishga
kirishildi, oʻqituvchilar lotin imlosi
asosidagi yangi oʻzbek alifbosi boʻyicha
qayta tayyorlash kurslaridan oʻtkazildi.
Xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida bolalarni
maktab taʼlimiga tayyorgarligini
belgilaydigan „Tashhis markazlari“ tashkil
etildi. Oʻquvchilarning bilim va
koʻnikmalarini reyting asosida nazorat
qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy
attestatsiyasini kompyuter yordamida
test orqali amalga oshirish, Taʼlim
amaliyotini diagnostik taxdil etish, Taʼlim
muassasalarida marketing tizimidan
foydalanish kabi qator pedagogik
yangiliklar joriy etildi (qarang Taʼlimning
milliy modeli).


Taʼlim mazmuni uning maqsadiga
muvofiq, ijtimoiy shartsharoit, fan va
texnika, sanʼat holati va shu kabini
hisobga olgan holda belgilanadi.
Kasbhunar kollejlari, oʻrta maxsus va oliy
oʻquv yurtlaridagi Taʼlimning mazmuniga
umumiy maʼlumotdan tashqari muayyan
kasb va mutaxassislik uchun zarur
boʻlgan maxsus bilim, malaka va
koʻnikmalar ham kiradi. Taʼlim mazmuni
oʻquv reja va dasturlari, darslik va
boshqalarda yoritiladi. Taʼlimda qoʻyilgan
maqsadga erishish uchun turli metod,
vosita, tashkiliy tizim va shakllar
(maʼruza, suqbat, tajribalar oʻtkazish,
koʻrgazmali qurollarni qoʻllash, kuzatish,
mashq va shu kabi)dan foydalaniladi.


Oʻquv jarayonida texnik vositalar (kino,
televideniye, radio, kompyuter, EHM va
boshqalar)ni keng qoʻllash taʼlim
metodini ishlab chiqishga katta taʼsir
koʻrsatadi.
taʼlimni tashkil etishning umumiy taʼlim,
alohida (individual) taʼlim, tashkiliy taʼlim,
sinfdars taʼlimi, kurs tizimi taʼlimi va
boshqa turlari mavjud. Hozirgi sharoitda
ijtimoiy talablar, oʻquvchilarning
imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq taʼlim
tobora takomillashtirilib, yangi metod va
shakllari ishlab chiqilmoqda. Xususan,
taʼlimning keng umumiy maʼlumot
asosida kasbiy ixtisoslashishning
ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy


kommunikatsiya vositalari — radio,
televideniye, film, kompyuter, vaqtli
matbuotdan, shuningdek, oʻz ustida
ishlashning turli shakllaridan
foydalanilmoqda.

Yüklə 143,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin