Birinchi va ikkinchi sinf ona tili darslarida "gap"



Yüklə 342,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.01.2023
ölçüsü342,94 Kb.
#79896
  1   2   3
397-Article Text-1646-1-10-20201130



Proceedings of Ingenious Global Thoughts
An International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from San Jose, California 
https://conferencepublication.com 
November 29
th
, 2020 
287 
BIRINCHI VA IKKINCHI SINF ONA TILI DARSLARIDA “GAP” 
MAVZUSINI O’RGANISHDA UZVIYLIK 
 
Sultonova Muruvvat Abdukarimovna,
Farg‗ona viloyati Farg‗ona shahar 4-maktab o‗qituvchisi 
Abdullajonova Muhayyo Azamjonovna,
Farg‗ona viloyati Farg‗ona shahar 4-maktab o‗qituvchisi 
guliikromova9413@mail.ru
 
Annotatsiya.
Mazkur maqolada birinchi va ikkinchi sinflarda gap va uning elementlari ustida ishlash va mazkur 
sinflarda ―Gap‖ mavzusini o‘rganishdagi uzviylik haqida so‘z yuritiladi. 
Kalit so’zlar:
Gap, tinish belgilari, yozma nutq, sintaksis, ega va kesim, ohang. 
 
Annotation.
This article discusses the work on sentence and its elements in the first and second grades, and the 
connection between the studies of the topic "Sentence" in these classes. 
 
Keywords:
Sentence, punctuation, written speech, syntax, possessive and participle, tone. 
 
Аннотация.
В данной статье рассматриваются работы над предложением и его элементами в первом и 
втором классах, а также связь между исследованиями по теме «Приговор» в этих классах. 
 
Ключевые слова:
предложение, пунктуация, письменная речь, синтаксис, притяжательное и причастие, тон 
Boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o‘rganiladigan va nazariy 
o‘rganiladigan bilimlarga bo‘linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o‘rganish savod o‘rgatish davridayoq 
boshlanadi va 4-sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang‘ich sinfda ―Gap‖, ―Darak gap‖, ―So‘roq gap‖, 
―Buyruq gap‖, ―His-hayajon gap‖, ―Sodda gap‖, ―Gap bo‘laklari‖, ―Gapning uyushiq bo‘laklari‖, 
―Undalmali gaplar‖ mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi. [1, 147] 
Metodist olima T. G. Ramzaeva boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh 
yo‘nalishga bo‘ladi: 
1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan gapning muhim 
belgilarini o‘rgatish). 
2. Gap qurilishini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash, gapning 
grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig‘iq gaplar 
ustida ishlash). 
3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish 
ko‘nikmasini shakllantirish. 
4. Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish. 
5. Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini 
qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish. [2, 291-292]



Yüklə 342,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin