Bismillahir rohmanir rohim
CISCO bo’yicha olgan bilimlarim asosida quyidagi qo’llanmani yozishga qaror qildim Alloh madadkor bo’lsin va albatta ko’pchillikka manfaatli, foydalik bo’lsin in shaa Alloh
25.04.2023 dan boshlayman
CISCO sohasi bo’yicha qo’llanma bo’ladi nasib etsa
Bugun 30.04.2023
Ciscoga kirish. Bu qo’llanmada o’zim bilgancha qo’limdan kelgancha harakat qildim ciscoda ishlatiladigan komandalarni o’zbekcha va soddaroq ko’rinishda tuzib chiqishga va nasib etsa 1-darsdan oxirigacha bitta qo’llanma sifatida yozishga harakat qilaman in shaa Alloh foydali deb umid qilaman.
1-dars
1ta switch va bir-nechta kompyuterlarni bir-biri bilan aloqa qilishini o’rganamiz. Statik va dinamik IP berishlarni switchlarga parol (0chiq va shifrlangan ko’rinishlarda) qo’yishlarni ko’rsatib o’tamiz. Endi esa switchdagi buyruqlar ketma-ketligini quyida yozamiz.
Demak quyidagicha struktura tuzib olamiz ya’ni olayotgan tarmog’imizning ko’rinishi
Swtich
Switch>enable // switchga kirishni amalga oshiramiz
Switch#configure terminal //sozlamarni amalga oshirish uchun shu rejimga o’tishimiz kerak
Switch(config)#interface fastEthernet 0/1 //switchning 1-portiga kirishni amalga oshirish uchun shu buyruqni kiritamiz
Switch(config-if)#switchport mode access //switch va kompyuter orasida doim access yoqiladi va uni qaysidir vlan ga biriktiladi masalan vlan 1 ga
Switch(config-if)#switchport access vlan 1
Switch(config-if)#exit
Switch(config)#interface fastEthernet 0/2 // har bir portni vlan 1 ga biriktirib chiqamiz
Switch(config-if)#switchport mode access
Switch(config-if)#switchport access vlan 1
Switch(config-if)#exit
Switch(config)#interface fastEthernet 0/3
Switch(config-if)#switchport mode access
Switch(config-if)#switchport access vlan 1
Switch(config-if)#exit
Switch(config)#interface fastEthernet 0/4
Switch(config-if)#switchport mode access
Switch(config-if)#switchport access vlan 1
Switch(config-if)#exit
Switch(config)#interface vlan 1
Switch(config-if)#no shutdown
Switch(config-if)#ip address 192.168.1.1 255.255.255.0
Switch(config-if)#exit
Endi esa kompyuterlarga static ravishda IP larni taqsimlab chiqamiz buni quyidagicha amalga oshiramiz
Buning uchun kompyuterning ustiga kursorni olib borib sichqonchaning chap tomonini bossak quyidagi kurinish kelib chiqadi
Endi esa quyida ko’rsatilgan qismiga kirganimiz
Bundan kirib STATIK bo’limiga IP ni kiritamiz. Bu 1-kompyuter uchun
Bunda 192.168.1.1 degan IP shlyuz uchun xizmat qiladi va uni switchga berdik shu sabab kompyuterlarga 192.168.1.2 dan boshlab IP larni taqsimlaymiz. Shu tariqa qolganlari uchun ham yuqoridagi tartibda IP larni kiritamiz 192.168.1.3 (2-kompyuter uchun), 192.168.1.4 (3-kompyuter uchun), 192.168.1.5 (4-kompyuter uchun) va kompyuterlar bir-biri bilan bemalol ma’lumot almashish uchun tayyor bo’ladi.
Yuqoridagilar static ip berish orqali bajarildi.
Endi esa DINAMIK ravishda IP larni tarqatish orqali aloqani ta’minlaymiz. Buning uchun switchga kirib 3-rejim(config rejim) da quyidagilarni kiritamiz
Switch(config)#ip dhcp pool vlan1 //vlan1 ning o’rniga istalgan so’z yozsak bo’ladi bu yerda vlan1 nom sifatida kelgan
Switch(dhcp-config)#network 192.168.1.0 255.255.255.0
Switch(dhcp-config)#default-router 192.168.1.1
Switch(dhcp-config)#exit
Endi esa kompyuterlarga kirib quyidagi qismini bosib quyish orqali DHCP dan ya’ni dinamik tarzda IP olishini kiritib ketamiz
Har bir kompyuterga kirib DHCP bo’limini bosib qo’ysak avtomatik ravishda IP oladi
1-kompyuter uchun
2-kompyuter uchun
3-kompyuter uchun
4-kompyuter uchun.
Endi esa switchga parol o’rnatishni qisqacha ko’rib o’tamiz
Switch
Switch>enable
Switch#configure terminal
Switch(config)#enable password 12345 // bunda kod tekshirish jarayonida ochiq holatsa saqlanadi. Va 12345 ning o’rniga esa parol sifatida istalgan nom yoki raqam qo’yishimiz mumkin bo’ladi
Switch(config)#exit
Switch>enable
Switch#configure terminal
Switch(config)#enable secret 1234 //bunda esa shifrlangan holatda saqlanadi. Va 1234 ning o’rniga esa parol sifatida istalgan nom yoki raqam qo’yishimiz mumkin bo’ladi
Switch(config)#exit
2-dars
Vlan larga ajratish: bitta switchda bir nechta vlan larni yaratamiz va bir xil vlan ga tegishli bo’lgan kompyuterlar bir-biri bilan aloqa qilishini va turli xildagi vlan larga tegishli bo’lgan kompyuterlarni bir-biri bilan aloqa qilolmasligini ko’ramiz
Masofaviy kirishlar
Vlanlarga ajratish
Dostları ilə paylaş: |