Xulosa:
Biz bugungi mustaqil ish mavzusida qadimgi Yunon-Baqtriya hukmdori Demetriy I Antiket haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'ldik.Bugun biz Demetriy I Antiket siyosatining qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligiga ishonch hosil qilamiz.Biz shu paytga qadar Demetriy I Antiketni Hindistonning shimoliy o'lkalarini bosib olgan hukmdor sifatida bilganmiz xolos.Aslida esa Demetriy I Antiket nafaqat Hindistonning shimoliy o'lkalarini bosib olgan hukmdor balki Hind-yunon qirolligi asoschisi hisoblanadi.Nega Demetriy I Antiket Hind-yunon qirolligiga asos soldi uni o'z davlati tarkibiga kiritsa bo'lardiku.Baqtriya strategi Yevkratid I qo'zg'olon qiladi va Demetriy I Antiket Hind-yunon qirolligi tuzib o'sha yerda qolishga majbur bo'ladi.Demetriy I Antiket Hindistonda o'z nomi bilan tanga zarb qiladi,soliqlar joriy qiladi va o'sha yerda hukmronlik qilishda davom etadi shu tariqa Hind-yunon qirolligiga asos soladi.Demetriy I Antiketga hattoki dushman hukmdori bo'lmish Antiox III ham tan berib qizlaridan birini nikohiga beradi.Demetriy I Antiket siyosati asosan shimoliy ko'chmanchilar va Parfiya bilan chegaralarni mustahkamlash o'rniga yangi yerlarni zabt etish siyosatini yuritgan.Bu siyosat esa ma'lum qiyinchiliklar tug'dirgan va toj-u taxtni boy berishiga olib kelgan.O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki bu siyosat noto'g'ri ekanligini bilib olishimiz mumkin.