Blackcurse



Yüklə 392,5 Kb.
səhifə1/49
tarix01.01.2022
ölçüsü392,5 Kb.
#50809
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
I bo`lim. Umumiy kimyo. Kirish


I Bo`lim. Umumiy kimyo.

Kirish.

Kimyo tabiiy fanlar qatoriqa kirib u moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va o`zgarishlarini, shuningdek, bu o`zgarishlarda sodir bo`ladigan hodisalarni o`rganadi.

Kimyoga fan sifatida birinchi bo`lib rus olimi M. V. Lomonosov ta`rif berdi: «Kimyo fani jismlarning xossalari va o`zgarishlarini, …jismlarning tarkibini o`rganadi … kimyoviy o`zgarishlarda moddalarda sodir bo`ladigan hodisalarning sababini tushuntirib beradi».

D. I. Mendeleyev 1871 yilda kimyo fanini o`rganishni boshlovchilar uchun mo`ljallangan «Kimyo asoslari» kitobida kimyoga o`ziga xos va aniq ta`rif berdi. Uning fikriga ko`ra, kimyo–bu elementlar va ularning birikmalari haqidagi ta`limotdir.

Kimyo fani fizika, geologiya, biologiya, tibbiyot kabi tabiiy fanlar bilan uzviy bog`langan. Buning natijasida fizik kimyo, geokimyo, biokimyo, bioanorganik va bioorganik kimyo fanlari, kosmokimyo, fiziologik faol moddalar kimyosi kabi fanlar vujudga kelgan.

Hozirgi vaqtda 4 mln. dan ortiq organik va 100 mingdan ortiq anorganik moddalar ma`lum. Ularni kimyoviy o`rganish uchun bu moddalar turli belgilariga ko`ra klassifikatsiyalanadi. Ma`lum bo`lgan barcha moddalarni uchta asosiy sinfga ajratish mumkin: oddiy moddalar, murakkab moddalar va aralashmalar.

Kimyoning eng muhim varifasi-oldindan belgilangan hossali moddalar olish va sanoat ishlab chiqarishini jadallashtirish, chiqindisiz texnologiya yaratishdan iborat. Uning ikkinchi muhim vazifasi–kimyoviy o`zgarishlar energiyasidan foydalanishdir.

O`rta umumiy ta`lim maktablari va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi o`quv yurtlarida o`rganiladigan kimyoni 3 ta katta qismga: umumiy, anorganik va organik kimyoga ajratish mumkin. Umumiy kimyoda barcha kimyoviy o`zgarishlarga taalluqli qonuniyatlar, anorganik kimyoda anorganik (mineral) moddalarning xossalari va o`zgarishlarini, organik kimyoda esa organik moddalarning xossalari va o`zgarishlarini ko`rib chiqiladi va o`rganiladi.

Kimyo tabiatda bo`lmaydigan materiallarni sintez qilish, ulardan turli-tuman mashina va asboblar yaratish, turar-joy binolari qurish va xalq iste`mol mollari ishlab chiqarish uchun foydalanishga yordam beradi. Kimyo sanoati sintetik kauchuk, plastmassalar, sun`iy tolalar, sun`iy yoqilg`i, bo`yoqlar, dori-darmonlar va boshqa ko`plab moddalar ishlab chiqaradi.

Kimyo sanoatining asosiy mahsulotlari-kislotalar, ishqorlar va tuzlar hisoblanadi hamda ular ko`plab miqdorlarda ishlab chigariladi.

Qishloq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mineral o`gitlar, o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, ularning o`sishini tartibga soluvchi moddalar, hayvonlar ozig`iga qo`shiladigan kimyoviy moddalar va oziq konservantlari, ko`pchilik polimer materiallar ishlab chiqariladi.

Mustaqil O`zbekistonimizni industrlashtirishning asosi bo`lgan metallar kimyoviy usullardan foydalanib olinadi, shuningdek, korroziyalanishdan himoya qilinadi.

Keyingi vaqtlarda atrof-muhitni muhofaza qilish insoniyat oldida turgan eng muhim masalalardan biri bo`lib qoldi. Oqar suvlarni tozalash, suv tozaligini nazorat qilib turish, chiqindisiz texnologiya yazatish va hokazo masalalarni hal qilishda kimyo fani va sanoatining ahamiyati katta.

Chor Rossiyasi davrida O`zbekistonda kimyo sanoati kuchsiz va qoloq edi. Cheklangan xillarda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilar, kimyoviy mahsulotlarning ko`pchiligi chet eldan keltirilar edi. Maxsus kimyo oliy o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari yo`q edi.

Qizil imperiya davrida O`zbekistonda kimyo sanoati asta-sekin rivojlana boshladi. Metallurgiya kombinatlari, kimyo zavodlari, elektr stansiyalar qurildi, o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil qilindi.

Mustaqillik davrida Vatanimiz kimyo sanoati yuksak sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. Chet el kompaniyalari bilan qo`shma korhonalar tashkil qilindi, chiqarilgan mahsulotlar jahon talablariga javob bermoqda. “Zarafshon–Nyumont” qo`shma korhonasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qong`irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Xorazm shakar zavodi va boshqa yirik korhonalar barpo etildi.

Xalq xo`jaligini kimyolashtirish ilmiy-texnika taraqqiyotining muhim yo`nalishi bo`lib, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholiga tibbiyot, madaniy va maishiy xizmat ko`rsatishni yaxshilash maqsadida kimyoning yutuqlari va usullaridan, kimyoviy materiallar va ulardan olingan buyumlardan planli ravishda va keng foydalanishdan iborat.

Qishloq xo`jaligini kimyolashtirishga alohida e`tibor beriladi, bu mineral o`g`itlar, o`simliklarni himoya qilash vositalari, chorvachilikdagi kimyoviy mahsulotlardan keng foydalanish va melioratsiyada turli xil polimer va boshqa materiallarni ishlatishni o`z ichiga oladi.




Yüklə 392,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin