Bob. Ertak personajlarning bolalar tasavvurini oshirishdagi ahamiyati



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə11/22
tarix02.01.2022
ölçüsü1,35 Mb.
#42740
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Rolli o‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi yeng zarur omillardan biri - bolada o’z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar

va ularning hatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki ibrat namunasi bo’ladi va kattalarning hulq-atvori, yurish-turishining ham ob’ekti, ham sub’ekti hisoblanadi. Syujetli, rolli o`yinlarda bolalar asosan o`zlari har kuni ko`rayotgan va ko’zatayotgan kattalarning hatti–harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalarning o`yini asta–sekinlik bilan jamoaviy harakterni ola boshlaydi.

Bolalarning individual xususiyatlarini, xususan ularning jamoaviy o`yinlari orqali ko’zatish qulaydir. Bu o’yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki ko’proq o`zaro munosabatlarini aks ettiradilar. SHuningdek, jamoaviy o`yinda bolalar bir gurux odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar.

Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘grisidaggi xilma-xil o‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo‘lishi lozim:



  1. taassurotlar tarkib topishi;

  2. har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi;

v) bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal kiluvchi rol o‘ynaydi.


Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə