Bolalarda pnevmaniya


Bolalarda pnevmoniya belgilari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#42852
1   2   3   4   5
Pnevmaniya

Bolalarda pnevmoniya belgilari

  • Bolalarda pnevmoniya belgilari
  • Bolalarda oʻchoqli pnevmoniya klinik belgilari Oʻ​RVI ning 5-7 kunlarida namoyon boʻladi. Umumiy infeksion simptomlar febril tana harorati (>38 oC), intoksikatsiya belgilari (holsizlik, uyqu buzilishi, teri qoplamalarining rangparligi, ishtahaning pasayishi, koʻkrak yoshidagi bolalarda qayt qilish) koʻrinishida namoyon boʻladi. Bolalarda pnevmoniyaning respirator belgilariga yoʻtal (nam yoki quruq), hansirash, perioral sianoz, baʼzida nafas olishda yordamchi mushaklar ham qatnashishi, qovurgʻalar aro mushaklar tortilishi kiradi.
  • Segmentar pnevmoniyaning bolalarda kechishi tana haroratining koʻtarilishi, intoksikatsiya va nafas yetishmovchiligining turli darajalari bilan namoyon boʻladi. Sogʻayish jarayoni 2-3 oygacha choʻzilishi mumkin. Keyinchalik yalligʻlangan sohada segmentar fibroatelektaz yoki bronxoektaz shakllanishi mumkin.
  • Krupoz pnevmoniya belgilari jadal rivojlanishi, yuqori tana harorati, yoʻtal vaqtida koʻkrak qafasida ogʻriq, sezilarli nafas yetishmovchiligi koʻrinishida namoyon boʻladi. Koʻp hollarda bolalarda pnevmoniyaning abdominal belgilari ham kuzatiladi, yaʼni qayt qilish, qorin sohasida ogʻriq va qorin parda qoʻzgʻalishi belgilari.
  • Bolalarda intersitsial pnevmoniyada nafas yetishmovchiligi belgilari rivojlanishi belgilari kuzatiladi: hansirash, sianoz, qiyinchilik bilan yoʻtalish, nafas olishning zaiflashuvi. Koʻp hollarda oʻng qorincha yurak yetishmovchiligi belgilari ham shakllanadi.
  • Bolalarda pnevmoniya asoratlari quyidagilar boʻlishi mumkin: infeksion-toksik shok, oʻpka toʻqimasi absessi, plevrit, plevra empiyemasi, pnevmotoraks, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, respirator distress-sindromi, poliorgan yetishmovchilik, DVS-sindromi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə