Bosh miyaning tuzilishi Reja



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə1/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#43983
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
12-mavzu
UYQU, TUSH KO’RISH, GIPNOZ, Qon aylanish organizmning yosh xususiyatlari, Bosh-miya, Qon aylanish organizmning yosh xususiyatlari, 4

Aim.uz

Bosh miyaning tuzilishi

Reja

  1. Bosh miyaning tuzilishi uning yosh o’zgarishlari.

  2. Bosh miyaning anatomik tuzilishi.

  3. Markaziy nerv sistemasining stvol qismining tuzilishi.

  4. Vegetativ nerv sistemaning tuzilishi.

  5. Simpatik va parasimpatik nerv sistemasi

Yangi tugilgan bolaning bosh miyasining ogirligi 340-400 g bo’lib tana ogirligining 1/8-1/9 qismini tashkil etadi. Katta odamda esa 1/40 qismini tashkil etadi. Bolaning 7 yoshigacha bosh miya tez o’saboradi. Bosh miya odamning 20-30 yoshdagina o’sib tugaydi. Bola hayotining 1-2 yoshlarda bosh miya orqa miyaga nisbatan tezroq o’saboshlaydi, so’ng orqa miya tezroq o’sa boshlaydi.

1-jadval


Yoshga qarab bosh miya ogirligining o’zgarishi

Yesh

Bosh miya ogirligi (grammda)

Yangi tugilgan bola

400

1 yosh

800

3 yosh

1170

7 yosh

1250

13 yosh

1300

15 yosh

1350

18 yosh

1380

Katta odma

1400

Bosh miya hayvonot olamining taraqqiyoti jarayonida rivojlanib borgan. Bosh miya bo’laklarining rivojlanishi va vaznining ortishi turli hayvonlarda turlicha bo’ladi. Masalan, baliqlarda va qushlarda bosh miyaning miyacha qismi yaxshi rivojlangan, Sut emizuvchi hayvonlarda bosh miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan bo’lib, miya sopini o’rab oladi. Evolyutsion rivojlanishda markaziy nerv sistemasining ayrim qismlari tabaqalanib boradi. Bu bo’linish hayvonlarning hayot sharoitiga qarab turli xil bo’ladi. Yuksak darajada tuzilgan maymunlarda va odamda bosh miyannng katta yarim sharlar bo’lagi juda rivojlangan bo’lib, bosh miya vaznining 80% ni tashkil etadi.

Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan tashkil topgan. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayralari joylashgan. Bundan tashqari bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrologiya himoya qiluvchi va ushlab turuvchi tayanch to’qima hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonga o’xshash moddalar hosil bo’ladi. Bosh miya uzunchoq miya va Voroliy ko’prigi, miyacha, o’rta miya, oraliq miyadan iborat bo’lib bu qismlarni bosh miya. sopi deb yuritiladi. Bu qismlarni miya katta yarim sharlari qoplab turadi.


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə