Boshlang‘ich sinflarda 10, 100, 1000 va ko‘p xonali sonlar mavzulari ustida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi.
1.Sonlarni nomerlashga o`rgatishning tayyorgarlik bosqichi.
2. Son bilan tanishtirish uslubiyati.
1. Sonlarni nomerlashga o`rgatishning tayyorgarlik bosqichi.
Tayyorgarlik davri. Tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi o‘quvchilarning bilim, uquv va malakalarini sistemalashtirish va to‘ldirish, nomerlashni o‘rganishga o‘tishda zarur bo‘ladigan bilimlarni egallashlariga sharoitlar yaratish, birinchi sinfga kelgan o‘quvchilarning matematik tayyorgarligini o‘rganish.
O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini 1 sentyabrgacha (o‘qituvchi o‘quvchilarning uyiga borganda, ularni maktabga yozishda, tibbiy tekshiruvni o‘tishda va h. k.) aniqlash maqsadga muvofiq. Agar birorta sababga ko‘ra o‘qituvchi o‘quv yilining boshlanishiga qadar bo‘lg‘usi o‘quvchilari bilan tanisha olmagan bo‘lsa, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi tayyorgarlik davrida aniqlanadi.
O‘quvchilarga quyidagi savollar berilishi mumkin:
1. Sanashni bilasanmi? Sanab ko‘r-chi!
2. Bu yerda. nechta cho‘p bor? (Masalan, 14 ta cho‘p beriladi.)
3. Qaysi doirachalar ko‘p? Ko‘k doirachalarmi yoki qizil doirachalarmi?
Olingan ma‘lumotlarni ulardan keyinchalik foydalanish qulay va oson bo‘ladigan qilib yozib qo‘yish foydalidir. Tekshirish natijalarini hisobga olgan holda o‘quvchilar bilan yakkama-yakka ishni darhol boshlab yuborish mumkin. O‘quvchilarning tayyorgarligini aniqlash qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘quvchilar predmetlarni (narsalarni) qay darajada sanay olishlarini aniqlash zarur:
ular sonlar ketma-ketligini qaysi chegaralarda biladilar, narsalar to‘plamini qaysi usul bilan taqqoslaydilar (cho‘t yordamida, narsalarni bir-biriga mos keltirish bilan yoki «chamalab», ya’ni katta-kichikligiga qarab taqqoslash bilan);
o‘quvchilar «katta», «kichik», «shuncha» munosabatlarini to‘g‘ri tushunadilarmi;
ular qanday raqamlar va geometrik figuralarni biladilar.
Biroq, tayyorgarlik davrida o‘quvchilarda ushbu bir qator malakalarni shakllantirish eng asosiydir:
o‘qituvchini eshitish va uning topshiriqlarini aniq bajarish malakasi, ko‘rgazmali qurollar bilan ishlay bilish malakasi. shuningdek, 10 ichida sonlarni nomerlashni va ular ustida arifmetik amallar bajarishni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘ladigan malakalar. Sanash malakasini paydo qilish ayniqsa muhimdir, shuning uchun sanashga doir mashqlar tayyorgarlik davrining har bir darsiga kiritiladi. O‘quvchilar atrof-muhitdagi narsalarni (predmetlarni);
nabor polotnosida ko‘rsatilgan predmetli rasmlarni; darslikda tasvirlangan rasmlardagi predmetlarni, shushshgdek, har qaysi o‘quvchida bo‘lishi zarur bo‘lgan didaktik material (cho‘plar, doirachalar, uchburchaklar)ni sanaydilar. Bu materialni arifmetik kassalarda yoki gugurt qutichalaridan yasalgan qo‘lo‘quvchi penallarda saqlash qulay.
2. Son bilan tanishtirish uslubiyati.
O‘qituvchi tayyorgarlik davrida o‘quvchilarga quyidagilar zarur ekailigini bilishi muhimdir:
1) Natural qatordagi sonlarning nomlari va ketma-ketligini bilish. Gap shundaki, o‘quvchilar maktabga kelganlarida ba‘zilari 5 gacha, ba‘zilari esa 10 gacha sanashni bilishadi. Shuning uchun boshidan boshlab, 10 ichida (xatto to‘g‘ri yo‘nalishda) sonlar ketma-ketligini aytib bera olmaydigan o‘quvchilarni aniqlab olish kerak. Keyingi barcha darslarda bu o‘quvchilar o‘quvchining diqqat markazida bo‘lishi kerak.
2) Narsalarni sanash sonlar ketma-ketligining o‘zini bilib qolmasdan, balki sonni va sanalayotgan guruhdagi narsani bir-biriga to‘g‘ri mos keltirishni, ya‘ni son — narsa juftini tashkil qilishni ham ko‘zda tutadi.
O‘quvchi sanar ekan, dastlab narsaga qo‘l tekkizib, kerakli (tegishli) sonni aytadi. So‘ngra narsaga ko‘rsatkichni tekkizib, o‘z harakatini sonni aytib bajaradi. Shundan keyingina narsalarni ko‘zdan kechirib (qarash bilan) sanashga o‘rganadi.
Narsalarni sanashda aytilgan sonlarning eng keyingisi «nechta? degan savolga javob berishini o‘quvchilar tushunishlari kerak. Olti yoshli o‘quvchilar uchun quyidagi xato tipikdir: o‘quvchi sanashni to‘g‘ri bajarsada, «nechta?» degan savolga boshqa sonni aytadi, ya‘ni javob tasodifiy xarakterga ega bo‘ladi.