Boshqaruv uslublarining psixologik tahlili



Yüklə 291,15 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü291,15 Kb.
#161684
9-mavzu

Boshqaruv uslublarining psixologik tahlili

Rahbarlik uslubi

  • Rahbarlik uslubi- boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda rahbarning o’ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning ijrosini tashkil etganda va qo’l ostidagi xodimlar ishlarini nazorat qilganda o’z vaziafalariga muvofiq ish ko’radi.
  • Biroq har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z boshqaruv uslubini belgilaydigan usullar bilan faoliyat ko’rsatadi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Shu nuqtai nazardan, rahbarlik uslublarini tasniflashdi ikki xi yondashuv yuzaga kelgan:
  • An’anaviy
  • Zamonaviy

Boshqaruv uslublari

Avtoritar uslub

  • Avtoritar rahbar barcha ko‘rsatmalarni ishchanlik ruhida, aniqravshan, keskin ohangda xodimlarga etkazadi. Muloqot jarayonida ham xodimlarga nisbatan do‘q-po‘pisa, keskin ta’qiqlash kabi qat’iy ohanglardan foydalanadi. Uning asosiy maqsadlaridan biri — nima yo‘l bilan bo‘lsa-da, o‘z hukmini o‘tkazish. Uning nutqi ham aniq va ravon, doimo jiddiy tusda bo‘ladi. Biror ish yuzasidan xodimlarni maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilish sof subyektiv bo’lib, bu narsa boshliqning kayfiyatiga va o‘sha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog’liq. Jamoa a’zolarining tilak-istaklari, ularning fikrlari va maslahatlari juda kam hollardagina inobatga olinadi, aksariyat hollarda bunday istaklar yoki ko‘rsatmalar to ‘g‘ridan-to‘g‘ri do‘q -po‘pisa, kamsitish yoki ma’naviy jazolash yo‘li bilan cheklanadi yoki qoniqtirilmaydi. Bunday rahbar o ‘z ish uslublari, kelajak rejalari, biror aniq ishni, operasiyani qanday amalga oshirm oqchiligini, odatda, jamoadan sir tutadi, uning fikricha, bu uning obro‘yiga salbiy ta ’sir ko‘rsatishi mumkin. Guruhdagi ijtimoiy-fazoviy munosabatlardagi o‘rni jihatidan, u Jamoadan chetda, avtonomdir.

Demokratik uslub

  • Demokratik rahbar, aksincha, bo‘ysunuvchilarga mustaqillik erk berish tarafdori. Ishda topshiriqlar berganda ishchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda taqsimlaydi. Bunda u xodimlaming shaxsiy moyilliklarini ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriqlar, odatda, taklif ma’nosida beriladi. Nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o ‘rtoqlarcha, do‘stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, uning lavozimini oshirish yoki ishdagi kamchilikka ko‘ra ishiga baho berish doimo jamoa a’zolarining fïkri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Tanqid, ko‘pincha taklif, istak shaklida qilingan ishlarning mazmuniga baho berish holida „aybdorga“ etkaziladi. Har bir yangi ish jamoa maslahatisiz boshlanmaydi. Shuning uchun ham uning fazoviy-ijtimoiy holati jamoa ichida bo’ladi. Jamoada tanqid va o‘z -o‘zini tanqid shunday yo‘lga qo‘yilganki, uning oqibatidan hech kim aziyat chekmaydi. Chunki, ko‘proq boshliq emas, balki jamoaning boshqa faollari — norasmiy liderlar tanqid qiladilar. Boshliq yo‘l qo‘ygan xato-kam chiliklarni jamoatchilik oldida bo‘yniga olishdan qo‘rqmaydi. Chunki undagi mas’uliyat hissi nafaqat yuqori boshqaruv tashkilotlari a’zolari bilan muloqot paytida, balki, xodimlar bilan muloqotda ham sezilib turadi va qo‘yilgan topshiriq yuzasidan mas’uliyatni boshqalarga ham bo‘lib berishni yaxshi ko‘radi.

Liberal uslub

  • Liberal (loqayd) uslubda ishlaydigan rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda taqiqlash, po‘pisa bo‘lmaydi, uning o’rniga ko‘pincha ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilan cheklanadi, xolos. Jamoada hamkorlik yo‘q boshliq jamoaning muammolari, ishning baland-pasti bilan qiziqmaydiganday, go'yoki boshqa „koinotda“ yurganga o'xshaydi. Aniq ko‘rsatmalar bermaydi, uning o‘rniga norasmiy liderlar yoki o‘ziga yaqin kishilar orqali qilinishi lozim bo‘lgan topshiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaratish, ishdagi kamchiliklami bartaraf etish, kerakli mahsulot, xom-ashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashish va hokazolardan iborat. Xodimlar bilan muloqotda bolishga to‘g‘ri kelganda, u doimo xushmuomala bo’lib, odob, axloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular bilan tortishmaydi. Majlislarda agar biror muammo munozarani keltirib chiqarsa, u bevosita jarayonga aralashmay, oxirgi so‘zni o‘ziga qoldiradi.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Yüklə 291,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin