Bozor iqtisodiyotiga oʻtish



Yüklə 60,77 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.07.2022
ölçüsü60,77 Kb.
#62913
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish - Vikipediya



Bozor iqtisodiyotiga
oʻtish
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish — anʼanaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy
munosabatlardan bozor munosabatlariga oʻtish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy zarurat, chunki
anʼanaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va xalq farovonligini
taʼminlay olmay qoladi hamda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish
yoʻli tanlanadi. Tarixan Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning uch yoʻlini koʻrsatish mumkin: 1)
anʼanaviy natural xoʻjaligi iqtisodiyotidan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ; 2) qoloq va mustamlaka
harakteridagi iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ; 3) rejali buyruqbozlik iqtisodiyotdan
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish Shunga koʻra Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ning ilk klassik modeli;
mustamlakachilik zulmidan ozod boʻlgan Osiyo va Afrika mamlakatlari modeli; sobiq
sotsialistik mamlakatlar modeli mavjud. Klassik model eng koʻhna model sifatida Yevropa
mamlakatlariga xos boʻlgan. Bu yerda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish koʻp bosqichli boʻlib, asrlar
davom etgan tabiiytarixiy jarayon shaklida kechgan. Dastlab anʼanaviy natural xoʻjalik mayda
tovar xoʻjaligiga, bu esa oʻz navbatida asov bozor iqtisodiyomura aylangan. Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish ga xos boʻlgan qonuniyatlar Yevropa mamlakatlarida dastlabki sinovdan
oʻtgan. Osiyo va Afrika mamlakatlari modelini amalga oshirish toʻplangan tarixiy tajribaga
tayandi: anʼanaviy xoʻjalikni bozor xoʻjaligiga aylantirish mustamlakachilik zulmi sharoitida
metropoliyalar taʼsirida boshlandi va ular manfaatiga xizmat qildi, bu jarayon sunʼiy ravishda
toʻxtatilmay, aksincha mamlakatlar ozodlikka erishgan sharoitlarda ham davom etdi, bozor
munosabatlari oʻz tabiatiga moye tushadigan iqtisodiy zamindan — xususiy mulkchilikdan
oʻsib chikdi, chet elning moddiy va moliyaviy yordamiga tayandi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish
jarayoni tarixiy sakrash shaklida, yaʼni Yevropa uchun muqarrar boʻlgan tarixiy bosqichlarni
oʻtamay, ularni chetlagan holda anʼanaviy iqtisodiyot yoxud rivojlanmagan bozor xoʻjaligidan
uning rivojlangan shakliga oʻtish sari bormoqda.


Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ning eng soʻnggi modeli sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli
boʻlib, oʻtish bu mamlakatlarda rejalibuyruqbozlik iqtisodiyotini qayta qurish asosida
bormoqda. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning dastlabki
shartsharoiti har xil, shunga koʻra aholi orasida bozor koʻnikmalari ham turlicha darajada
saqlangan. Bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik xoʻjaligidan bozor iqtisodiyotining
zamonaviy taraqqiy etgan shakliga utiladi. Oʻtish jarayoni tez kechadi, chunki bu sotsializm
davridan qolgan moddiy bazaga, malakali ish kuchiga va ilmiy texnikaviy salohiyatga
tayanadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish u. ulardan baʼzilarining
davlat mustaqilligini taʼminlash bilan birgalikda kechmoqda. Bu MDH mamlakatlariga xos.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish u. keng va teran bozor islohotlarini talab qiladi. Oʻzbekistonning
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ham milliy mustaqillik va keng koʻlamli bozor islohotlarining
oʻtkazilishi bilan amalga oshirilmoqda (qarang Bozor islohotlari).
[1]
Karimov I., Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli, T., 1993;
Karimov I., Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida, T., 1995; Karimov I.,
Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari, T., 1997; Ekonomika perexodnogo perioda, M., 1995; Oʻlmasov A., Sharifxoʻjayev
M ., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1995; Toʻxliyev N., Bozorga oʻtishning mashaqqatli yoʻli, T.,
1999.
1. Oʻlmasov, Ahmadjon. "Bozor iqtisodiyotiga oʻtish" 
OʻzME

B-harfi (http://n.ziyouz.com/book
s/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20B%2
0harfi.pdf)
 Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 3 yillar avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bozor_iq
tisodiyotiga_o%CA%BBtish&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Bozor_iqtisodiyotiga_o tis
h&oldid=2005955
" dan olindi 

Yüklə 60,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin