8 Bronxial astmani oldini olish va kasallik yakuni
BRONXIAL ASTMA
So’nggi yigirma yil ichida astma bilan kasallanish holatlari ko’paydi va bugungi kunda astma ta’siridan taxminan 300 million kishi aziyat chekadi. Bu jins va yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda eng keng tarqalgan surunkali kasalliklar sirasidan. Bronxial astma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi juda yuqori. So’nggi yigirma yil ichida bolalardagi bronxial astma holatlari ortib borishi bunday hoaltni nafaqat kasallik, balki ijtimoiy muammo deb qarashga undamoqda va unga qarshi kurash uchun maksimal kuchlar qaratilgan.
Nafas qisilishi xurujlari turli tezliklarda kuzatiladi, ammo remissiya bosqichida (surunkali kasallikning vaqtinchalik yengillashishi) ham havo yo’llarida yallig’lanish jarayoni saqlanib qoladi. Bronxial astmada havo oqimining buzilishida quyidagi tarkibiy qismlar yotadi:
Bronxlarning silliq mushaklarining spazmlari yoki ularning shilliq qavatining shishishi tufayli nafas olish yo’llarining to’silib qolishi.
Nafas olish yo’llarining shilliq osti bezlari giperfunktsiyasi sababli sekretsiyasi tomonidan bronxlarning to’silib qolishi.
Bronxial devorda sklerotik o’zgarishlarga olib keladigan, kasallikning uzoq davom eitshi natijasida bronxning mushak to’qimasini biriktiruvchi to’qimaga almashishi.