BRONXIAL ASTMA Nafas yo'llarining surunkali yallig'lanish kasalligi bo'lib, bunda turli xildagi xujayralar, jumladan semiz xujayralar va eozinofillar ishtirok etadi. moyilligi bo'lgan individuumlarda bu yallig'lanish nafas yo'llarining tarqalgan, lekin doimiy bo'lmagan obstruksiyasi bilan bog'liq bo'lgan simptomlar rivojlanishini keltirib chiqaradi. bronxlar obstruksiyasi ko'pincha spontan yoki davo natijasida qaytar bo'lib, nafas yo'llarining turli tashqi ta'sirlarga sezuvchanligining oshishi bilan kechadi.
Etiologiya
Xavfli omillar
Nasliy moyillik
Allergen bilan kontaktda bo'lish
Patogenez
BA patogenezi asosini surunkali yallig'lanish tashkil etadi
astma uchun bronxlar yallig'lanishining ularning giperreaktivligi (turli nospesifik ta'sirlarga sezuvchanlikning me'yoridan ortiq bo'lishi) shakllanishiga olib keluvchi alohida shakli xosdir; yallig'lanishda eozinofillar, semiz hujayralar va limfositlar muhim o'rin tutadi.
yallig'langan giperreaktiv bronxlar triggerlar ta'siriga hansirash va bo'g'ilish xurujlari bilan namoyon bo'luvchi obstruktiv sindromga olib keluvchi nafas yo'llari silliq mushaklarining spazmi bilan, shilimshiqning gipersekresiyasi bilan, nafas yo'llari shilliq qavatining shishi va hujayrali yallig'lanish infiltrasiyasi bilan javob beradi.
Simptomlar haftasiga 1 martadan kam, kasalliknin qisqa vaqtga qo`zishi (bir necha soatdan bir necha kungacha), tungi simptomlar 1 oyda 2 marta va undan kam, qo`zish davrlari orasidagi vaqtda simptomlar kuzatilmasligi va upkalar faoliyatining me'yorida bo’lishi NChAT yoki JNChQ1 me'yorning 80% o`zgaruvchanlik < 20%
2 pog`ona engil persistirlovchi astma
simptomlar haftasiga 1 marta yoki ko`proq, lekie kuniga 1 martadan kam
kasallikning qo`zishi faollik va uyquni buzishi mumkin
astmaning tungi simptomlari 1 oyda 2 martadan ko’p kuzatiladi
kasallikning vaqtida aniqlanishi, bemorning ongi va o'zini nazorat qila bilish qobiliyatiga bog'liq. tajovuzkor omillar yo'qotilishi va o'z vaqtida malakali tibbiy yordamga murojaat qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega.