Bunday hollarda laboratoriya sharoitida sodda usullar yordamida o’g’itlarning turi va nomini aniqlash mumkin



Yüklə 1,38 Mb.
tarix13.04.2020
ölçüsü1,38 Mb.
#30838
tuproqshunoslik va agrokimyodan

UrDU Kimyoviy texnologiya fakulteti QXMT yo`nalishi 162-guruh talabasi SHARIPOV BEKZODNING TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO FANIDAN Taqdimoti.

MAVZU; Mineral o’g’itlarni tashqi ko’rinishi va sifat reakstiyalar asosida farqlash. 1.Qishloq xo’jaligida keng foydalanadigan o’g’itlar. 2.O’g’itlarni bir birdan farqlash yo’lari

Qishloq xo’jaligida keng assortimentdagi mineral o’g’itlardan foydalaniladi. Lekin aksariyat mineral o’g’itlar tashqi belgilarining (rangi, zarrachalarining shakli va b.) o’xshash bo’lishi, shuningdek, ularni noto’g’ri tashish va saqlash natijasida ifloslanishi tashqi belgilariga ko’ra farqlashni qiyinlashtiradi.

  • Qishloq xo’jaligida keng assortimentdagi mineral o’g’itlardan foydalaniladi. Lekin aksariyat mineral o’g’itlar tashqi belgilarining (rangi, zarrachalarining shakli va b.) o’xshash bo’lishi, shuningdek, ularni noto’g’ri tashish va saqlash natijasida ifloslanishi tashqi belgilariga ko’ra farqlashni qiyinlashtiradi.
  • Bunday hollarda laboratoriya sharoitida sodda usullar yordamida o’g’itlarning turi va nomini aniqlash mumkin.
  • O’g’it sinchiqlab kuzatiladi, uning ranggi, hidi, tuzilishi, namligiga e’tibor beriladi, ayrim kimyoviy moddalarga ta’siri o’rganiladi va olingan natijalar quyidagi shaklga yozib boriladi yoki ilova qilingan «kalit» asosida aniqlanadi.



O’g’itning

Tashqi ko’ri-nishi

Suvda eruv-

chan-


ligi

NaOH bilan reak-stiyasi

BaCl2 bilan reak-stiyasi

AgNO3bilan reak-stiyasi

Ko’mir cho’g’iga munosabati

Alanga ranggining o’zgarishi

Boshqa reak-stiyalar

Nomi

For-

mu

lasi



Mineral o’g’itlarni sifat reakstiyalar asosida aniqlash natijalari

Mineral o’g’itlar kristal yoki kukunsimon holatda bo’lishi mumkin. Barcha azotli va kaliyli o’g’itlar hamda ammofos zarrabin holatdadir. Fosforli o’g’itlar va ohakka kukunsimon tuzilish ega.

  • Mineral o’g’itlar kristal yoki kukunsimon holatda bo’lishi mumkin. Barcha azotli va kaliyli o’g’itlar hamda ammofos zarrabin holatdadir. Fosforli o’g’itlar va ohakka kukunsimon tuzilish ega.
  • Suvda eruvchanligiga ko’ra barcha mineral o’g’itlar shartli ravishda uchta guruhga bo’linadi: 1) to’la yeriydigan o’g’itlar (barcha azotli va kaliyli o’g’itlar, ammofos va diammofos);
  • 2) chala yeriydigan o’g’itlar (prestipitat, supyerfosfat, qo’shsupyerfosfat, kalimag, nitrofosfatlar);
  • 3) yerimaydigan o’g’itlar (aksariyat fosforli o’g’itlar, ohak, gips).

Tajribani boshlash.

  • 1-2 g chamasi o’g’it toza probirkaga solinadi va 15-20 ml distillaggan suvda yeritiladi. Agar o’g’it suvda erisa, eritma uchta toza probirka va bita chini kosachaga bo’linadi va ularga navbat bilan NaOH, CaCl2, AgNO3 va difenilamin eritmalari ta’sir etdiriladi.
  • O’yuvchi natriy o’g’it tarkibida ammiak borligini aniqlashga yordam beradi. Probirkadagi o’g’it eritmasiga kamroq miqdorda ishqor eritmasi tomiziladi va aralashma gaz alangasida qizdiriladi. qizil lakmus qog’ozning ko’karishi yoki o’ziga xos hidning chiqishi ammiak borligidan dalolat beradi (demak, o’rganilayotgan o’g’it NH4NO3,(NH4)2SO4 yoki NH4 Cl lardan biridir).

Bariy xlorid eritmasi qo’shilganda oq rangli og’ir cho’kmaning tushishi, o’g’it tarkibida SO42- ioni mavjudligidan darak beradi. Agar hosil bo’lgan cho’kma kuchsiz xlorid yoki sirka kislotada yerimasa, bu cho’kma haqiqatan ham BaSO4 bo’ladi. Bundan ushbu o’g’it (NH4)2SO4, K2SO4, KCl• MgSO4•3H2O lardan biri hisoblanadi.

  • Bariy xlorid eritmasi qo’shilganda oq rangli og’ir cho’kmaning tushishi, o’g’it tarkibida SO42- ioni mavjudligidan darak beradi. Agar hosil bo’lgan cho’kma kuchsiz xlorid yoki sirka kislotada yerimasa, bu cho’kma haqiqatan ham BaSO4 bo’ladi. Bundan ushbu o’g’it (NH4)2SO4, K2SO4, KCl• MgSO4•3H2O lardan biri hisoblanadi.
  • Kumush nitrat eritmasi o’g’it tarkibida xlor yoki fosfat kislota borligini aniqlashda yordam beradi. Agar reakstiya natijasida oq iviqsimon cho’kma (AgCl) hosil bo’lsa, o’g’it tarkibida xlor mavjud (KCl, KCl• MgSO4•3H2O, KCl + mKCl• nNaCl); sariq cho’kma tushsa yoki eritma sarg’aysa o’g’it o’z tarkibida fosfor bo’ladi (supyerfosfat, prestipitat). Supyerfosfatni (oq yoki och kulrang granula) prestipitatdan (kulrang jilvali oq kukun) farqlash uchun ko’k lakmus qog’oz va bariy xloriddan foydalaniladi. Prestipitat eritmasiga botirilgan ko’k lakmus o’zgarmaydi, supyerfosfat eritmasida esa qizaradi. Supyerfosfat tarkibidagi gips (CaSO4) bilan ta’sirlashgan BaCl2 oq cho’kma hosil qiladi, prestipitatda bu narsa kuzatilmaydi.

O’g’it eritmasi tarkibida kalstiy mavjud bo’lsa, ammoniyning shovul kislotali tuzli eritmasi ta’sirida cho’kma tushadi.

  • O’g’it eritmasi tarkibida kalstiy mavjud bo’lsa, ammoniyning shovul kislotali tuzli eritmasi ta’sirida cho’kma tushadi.
  • Selitralar (Ca(NO3)2, NaNO3, KNO3)larning eritmalari difenilamin ta’sirida ko’k rangga o’tadi.
  • O’g’itlarning ko’mir cho’g’iga munosabati asosida azotli va kaliyli o’g’itlarni bir-biridan farqlash mumkin. Pichoq uchida olingan kaliyli o’g’it ko’mir cho’g’iga tashlansa, o’zgarmaydi, ba’zan chirsillaydi. Selitralar esa, ko’mir cho’g’ida o’ziga xos ovoz chiqarib yonadi. Ammiakli selitra ko’mir cho’g’ida eriydi, qaynaydi va ammiak hidini chiqaradi. Shuningdek, bu o’g’itlar alanga ranggiga ham o’ziga xos ta’sir ko’rsatadi. qoshiqchadagi o’g’it gaz alangasiga tutilganda, alanga apelsinsimon-sariq ranga o’tsa – natriyli selitra, alanga binafsha rangga o’tsa, kaliyli selitra hisoblanadi.

Kaliyli o’g’itlarni bir-biridan zarrachalarining ko’rinishiga qarab ajratish mumkin. Agar o’g’it yirik pushti va mayda oq rangli zarrachalar aralashmasidan iborat bo’lsa, kaliy xlorid (KCl), mayda pushti va oq zarrachalar aralashmasidan iborat bo’lsa, kaliy tuzi (KCl q mKCl•nNaCl), oq,pushti va ko’k zarrachalar aralashmasidan iborat bo’lsa, silvinit (mKCl•nNaCl) hisoblanadi.

  • Kaliyli o’g’itlarni bir-biridan zarrachalarining ko’rinishiga qarab ajratish mumkin. Agar o’g’it yirik pushti va mayda oq rangli zarrachalar aralashmasidan iborat bo’lsa, kaliy xlorid (KCl), mayda pushti va oq zarrachalar aralashmasidan iborat bo’lsa, kaliy tuzi (KCl q mKCl•nNaCl), oq,pushti va ko’k zarrachalar aralashmasidan iborat bo’lsa, silvinit (mKCl•nNaCl) hisoblanadi.

Ma’lumki, qishloq xo’jaligida nitrofos, nitrofoska, nitroammofos, nitroammofoska, ammofos, diammofos kabi murakkab-aralash o’g’itlardan ham keng foydalaniladi. Bu o’g’itlar bir paytning o’zida 2-3 ta oziq elementi sulfat ionlari, xlor va kalstiy tutgani bois tahlil bir oz boshqacha tarzda amalga oshiriladi: chinni havonchada maydalangan o’g’itdan 1 g chamasi olib, toza probirkaga joylanadi, ustiga 15 ml distillangan suv quyiladi va aralashtirib turgan holda 5 daqiqa qizdiriladi. Cho’kma tushib bo’lgach, tiniq eritma 5 ta probirkaga teng bo’linadi va ularga quyidagi moddalar ta’sir ettiriladi:

  • Ma’lumki, qishloq xo’jaligida nitrofos, nitrofoska, nitroammofos, nitroammofoska, ammofos, diammofos kabi murakkab-aralash o’g’itlardan ham keng foydalaniladi. Bu o’g’itlar bir paytning o’zida 2-3 ta oziq elementi sulfat ionlari, xlor va kalstiy tutgani bois tahlil bir oz boshqacha tarzda amalga oshiriladi: chinni havonchada maydalangan o’g’itdan 1 g chamasi olib, toza probirkaga joylanadi, ustiga 15 ml distillangan suv quyiladi va aralashtirib turgan holda 5 daqiqa qizdiriladi. Cho’kma tushib bo’lgach, tiniq eritma 5 ta probirkaga teng bo’linadi va ularga quyidagi moddalar ta’sir ettiriladi:
  • 1) NaOH cho’kmasi tushishi uchun);
  • 2) BaCl2(sulfat ionlarini aniqlash uchun);
  • 3) AgNO3 (xlor ionii mavjudligini aniqlash uchun);
  • 4) difenilamin (NO3ˉ mavjudligini aniqlash uchun);
  • 5) Barton reaktivi (fosfat ionlari bilan apelsinsimon-sariq rang hosil qiladi).
  • Kompleks o’g’itlar ustida amalga oshiriladigan reakstiyalar oddiy mineral o’g’itlardagi reakstiyalar kabi amalga oshiriladi.

O’g’itlarni sifat reakstiyalar asosida aniqlash uchun «kalit»

  • O’g’itlarni sifat reakstiyalar asosida aniqlash uchun «kalit»
  • (qavs ichidagi raqamlar aniqlash jarayonida murojaat qilinadigan keyingi bosqichlarni ko’rsatadi)
  • 1. O’g’it suvda yaxshi yeridi (2). O’g’it suvda kam yeridi yoki yerimadi (14).
  • 2. O’g’it eritmasiga o’yuvchi natriy eritmasi qo’shib qizdirilganda ammiak hidi chiqdi (3). O’yuvchi natriy eritmasi qo’shilganda ammiak hidi chiqmadi (8).
  • 3. O’g’it eritmasi kumush nitrat eritmasi bilan cho’kma (nitrat kislotada erimaydigan) hosil qildi (4). Kumush nitrat eritmasi bilan cho’kma hosil qilmadi, loyqalandi (6).
  • 4. Cho’kma oq rangda (5). Cho’kma sariq rangda – ammofos- NH4H2PO4yoki diammofos-(NH4)2HPO4.
  • 5. quruq o’g’it oq yoki sarg’ish tusda, ko’mir cho’g’ida chirsillamadi, oq tutun hosil qildi, ammiak va xlorid kislota hidi chiqdi – ammony xlorid-NH4Cl.

6. O’g’it eritmasi bariy xlorid eritmasi ta’sirida oq cho’kma (kuchsiz xlorid yoki sirka kislotada yerimaydigan) hosil qildi (7). O’g’it eritmasi bariy xlorid eritmasi ta’sirida oq cho’kma hosil qildi, ko’mir cho’g’ida yerimadi, chaqnamadi, ammiak hidi chiqdi – ammoniy sulfat-(NH4)2SO4.O’g’it eritmasi bariy xlorid eritmasi ta’sirida oq cho’kma hosil qilmadi (loyqalandi), o’g’it zarralari ko’mir cho’g’ida yerib, qaynadi va ammiak hidi chiqdi – ammiakli selitra-NH4NO3.

  • 6. O’g’it eritmasi bariy xlorid eritmasi ta’sirida oq cho’kma (kuchsiz xlorid yoki sirka kislotada yerimaydigan) hosil qildi (7). O’g’it eritmasi bariy xlorid eritmasi ta’sirida oq cho’kma hosil qildi, ko’mir cho’g’ida yerimadi, chaqnamadi, ammiak hidi chiqdi – ammoniy sulfat-(NH4)2SO4.O’g’it eritmasi bariy xlorid eritmasi ta’sirida oq cho’kma hosil qilmadi (loyqalandi), o’g’it zarralari ko’mir cho’g’ida yerib, qaynadi va ammiak hidi chiqdi – ammiakli selitra-NH4NO3.
  • 7.O’g’it eritmasi kumush nitrat eritmasi bilan kuchsiz nitrat kislotada yerimaydigan iviq oq cho’kma hosil qildi (8). O’g’it eritmasi kumush nitrat eritmasi ta’sirida cho’kma hosil qilmadi, sezilar-sezilmas loyqalandi (9).
  • 8. O’g’it pushti rangli kristallar ko’rinishida – silvinit-mKCl•nNaCl. O’g’it oq va pushti kristallar aralashmasidan iborat – kaliy xlorid-KCl. O’g’it nam, kircxil oq va pushti kristallar aralashmasi ko’rinishida – kaliy to’zi- KCl + m KCl•nNaCl.

9. O’g’it eritmasi ammoniyning shovulsirka kislotali to’zi eritmasi bilan oq cho’kma hosil qildi, difenilamin ta’sirida ko’kardi, ko’mir cho’g’ida yeridi, cho’g’lanib, oq dog’ qoldirib yondi – kalstiyli selitra- Sa(NO3)2. O’g’it eritmasi cho’kma hosil qilmadi, sezilar-sezilmas loyqalandi, difenilamin ta’sirida ko’kardi (10).

  • 9. O’g’it eritmasi ammoniyning shovulsirka kislotali to’zi eritmasi bilan oq cho’kma hosil qildi, difenilamin ta’sirida ko’kardi, ko’mir cho’g’ida yeridi, cho’g’lanib, oq dog’ qoldirib yondi – kalstiyli selitra- Sa(NO3)2. O’g’it eritmasi cho’kma hosil qilmadi, sezilar-sezilmas loyqalandi, difenilamin ta’sirida ko’kardi (10).
  • 10. O’g’it namunasi qoshiqchaga olib qizdirilganda yoki ko’mir cho’g’iga tashlanganda, ammiakning o’tkir hidi anqidi – mochevina-CO(NH2)2 . O’g’it qizdirilganda ammiak hidi chiqmadi
  • 11. O’g’it nam holatdagi yirik kristallardan iborat, ko’mir cho’g’ida chirsillab, sariq alanga berdi – natriyli selitra-NaNO3. Mayda kristall shakldagi o’g’it ko’mir cho’g’ida chirsillab, binafsha tusli alanga byerib yondi – kaliyli selitra-KNO3. O’g’it mayda, quruq kristallardan iborat, uning eritmasi bariy xlorid eritmasi bilan kuchsiz sirka va xlorid kislotalarda yerimaydigan oq cho’kma hosil qildi – kaliy sulfat-K2SO4. Ayni reakstiya kainit-(KCl•MgSO4 •3H2O)ga ham xos bo’lib, kumush nitrat eritmasi bilan ta’sirlashganda nisbatan ko’proq cho’kma hosil bo’ldi.

12. Probirkadagi moddaga xlorid yoki sirka kislota qo’shilganda, qaynab-ko’piklandi (13). Probirkadagi modda kislotalar ta’sirida qaynamadi yoki sezilar-sezilmas qaynadi (14).

  • 12. Probirkadagi moddaga xlorid yoki sirka kislota qo’shilganda, qaynab-ko’piklandi (13). Probirkadagi modda kislotalar ta’sirida qaynamadi yoki sezilar-sezilmas qaynadi (14).
  • 13. O’g’it oq yoki oqish-kulrang tusda – ohaktosh-CaCO3yoki myergel-MgCO3. O’g’it kulrang, changsimon kukun (ko’mir qoldiqlari bilan) holatida – o’choq kuli.
  • 14. quruq o’g’it oq rangda (15). O’g’it boshqa rangda (16).
  • 15. O’g’it eritmasiga kumush nitrat eritmasi qo’shilganda, cho’kmaning ustki qismi sarg’aydi - prestipitat-CaHPO4•2H2O. Cho’kmaning yuqori qismi sarg’aymadi - gips- CaSO4 • 2H2O.
  • 16. O’g’it och-kulrang yoki kulrang tusda (17). O’g’it boshqa rangda (20).
  • 17. O’g’itning ta’mi va reakstiyasi nordon (ko’k lakmus qizardi), bariy xlorid ta’sirida oq cho’kma tushdi (o’g’it tarkibidagi gips hisobiga) - supyerfosfat-Ca(H2PO4)2• H2O + 2CaSO4• 2H2O.
  • 18. O’g’it ko’mir cho’g’ida qorayib, kuygan suyak hidini chiqardi - suyak talqoni. O’g’it ko’mir cho’g’ida o’zgarmadi (19).
  • 19. O’g’it havorang-kulrang tusda, mayda, qiyin namlanadigan kukun holatida - apatit konstentrati-3Sa3(PO4)2 •Ca(F,Cl)2qboshqa aralashmalar. O’g’it tuproqsimon- kulrang tusda, yirik zarrachali - fosforit talqoni-Sa3(PO4)2qboshqa aralashmalar.
  • 20. O’g’it deyarli qora rangda, mayda, mayin kukun holatida – kalstiy stianamid-CaCN2. O’g’it to’q jigarrang tusda, og’ir kukun holatida - tomasshlak-Ca4P2O9 yoki Sa3(PO4)2CaO. O’g’it to’q kulrang tusda, kesakchasimon, bariy xlorid bilan yaqqol reakstiya berdi, kumush nitrat ta’sirida loyqalandi - kalimag-K2SO4 • 2MgSO4

E’tiboringiz uchun rahmat.

  • E’tiboringiz uchun rahmat.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin