Buxgalteriya va audit



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Saidazimxon Salohiddinov



 
 
 
 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TALIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITUTINING JIZZAX FILIALI 
“BUXGALTERIYA VA AUDIT”FANIDAN 
MUSTAQIL ISHI
 
MAVZU: AKADEMIK NUTQ. YOZMA VA OG’ZAKI USLUB VA 
UNING XUSUSIYATLARI. ME’YOR TUSHUNCHASI. NUTQ 
USLUBLARI 
 
 
 
BAJARDI: 924-guruh talabasi: 
Salohiddinov Saidazimxon 
 
QABUL QILDI 


 
AKADEMIK NUTQ. YOZMA VA OG’ZAKI USLUB VA 
UNING XUSUSIYATLARI. ME’YOR TUSHUNCHASI. NUTQ 
USLUBLARI 
1. So’zlashuv uslubi 
2. Ilmiy uslub 
3. Rasmiy-idoraviy uslub 
4. Ommabop (publitsistik) uslub 
5. Badiiy uslub 
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til 
hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish
qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda 
qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning 
qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi. 
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi 
adabiy til uslubi dеyiladi. 
O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1. So’zlashuv uslubi 
Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda
ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq 
ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan 
tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi. 
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik
vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni
do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol! 
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda 
gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – 
ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi
so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv
uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan
so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega
bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv
uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu


uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi.
So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar
qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va 
matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir
xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida
tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda
bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar,
ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu
xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi. 
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan
til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. 
Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy
so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi). 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin