Moliyaviy hisobotlar – bu shunday foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talablarini qondirishga qaratilgan hisobotlarki, bunday foydalanuvchilar ularning axborotga bo‘lgan maxsus talablariga moslashtirilgan hisobotlarni tadbirkorlik sub’ektidan talab qila olmaydi.
Ushbu ta’rifni qisqacha qilib, moliyaviy hisobot – korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risidagi yagona ommaviy axborot manbasi hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXSlar) “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha Kengashi” (MHXSK) tomonidan chiqariladi. Ular Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari(BHXS) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) o’z ichiga oladi.
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga asosan tuzilgan hisobotlar korxonaga qarz beruvchilar, hozirgi paytdagi va potensial investorlar, shuningdek boshqa kreditorlarga hisobot beruvchi tashkilotga resurslarni taqdim etish to’g’risidagi qarorlarni qabul qilishda foydali va zaruriy bo’ladigan moliyaviy axborotni taqdim etish uchun zarur.
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari dolzarbligi yana quyidagilardan iborat: