Buxoro tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 5-dmtt logopedi Urunova Dilafro‘zning ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bilan olib borilgan korreksion – pedagogik ishlar yuzasidan 2022-2023 o`quv yili uchun yillik



Yüklə 30,63 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü30,63 Kb.
#166007
  1   2
Urunova Dilafro`z xisoboti




Buxoro tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 5-DMTT logopedi Urunova Dilafro‘zning ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bilan olib borilgan korreksion – pedagogik ishlar yuzasidan 2022-2023 o`quv yili uchun yillik
HISOBOTI
O`quv yilining sentyabr oyida DMTT tayyorlov va katta guruhidagi nutqida kamchiligi bo`lgan 5-6 yoshli bolalarning nutq holati tekshirilib, 12 nafar tarbiyalanuvchida nutq nuqsoni aniqlandi. 1- yarim yillikda Buxoro viloyat KTBTM logopedi Sh. Habibova bergan xulosasiga ko`ra 12 nafar bola bilan olib boriladigan korreksion ishlar aniqlanib olindi. Ota-onalar bilan suhbatlashib anamnez to`plandi. Korreksion ish uchun taqvim ish rejasi, istiqbolli rejalar tuzildi va mashg`ulotlar jadvali asosida bolalar yakka va guruhli mashg`ulotlarga jalb etildi. O‘quv yilining 1-yarim yilligida 12 nafar bola bilan olib borilgan korreksion pedagogik ishlar natijasida 6 nafar bolaning nutq kamchiligi bartaraf etilib sog`lomlashtirildi. Qolgan 6 nafar bolaning nutq kamchiligi navbatda turgan 9 nafar bola bilan birgalikda 2- yarim yillikda korreksion mashg`ulotlarga jalb qilindi.
Samarali ishlar natijasida 5- DMTT da yanvar – may oylari davomida 9 – nafar bola sog`lomlashtirildi. Bundan tashqari 6 nafar bolaning ba’zi harflarda sog`lomlashtirilgan holati mavjud o`tgan 6 oyda yuzaga kelgan muammo va muvaffaqiyatlarni inobatga bolgan holda kelasi o`quv yili uchun bir qancha vazifalar belgilab olindi. Logapedik mashg`ulotlarni yaxshi o`zlashtirgan, sog`lomlashtirilgan bolalar rag`batlantirildi.
Ifodali nutqni shakllantirish, nutqning tushunarligi va aniqligi, ravonligi ustida har bir mashg`ulotda ish olib borildi



Logopedik mashg`ulotlar uch bosqichda olib borildi:

  1. To`g`ri tovush talaffuzini shakllantirish

  2. Tovushlarni jumlalar, so`zlar, nutqda mustahkamlash

  3. Nutqni gramatik va leksik tomondan aniqlash va to`ldirish

O`quv yili davomida ochiq mashg`ulotlar va hamkorlikdagi mujassam mashg`ulotlar o`tkazildi.
Tarbiyalanuvchilar birgalikda ayniqsa sonor, sirg`aluvchi va til orqa tovushlari talafuzi ustida ishlar olib borildi. Bolada fonematik eshittirishning buzilishida ularda savod o`zlashtirilishida orqada qolishini olib kelishi mumkin. Shuni inobatga olib tashkilot tarbiyalanuvchilarining fonematik eshitish qobiliyatlari vaqti- vaqti bilan tekshirib borildi. Bolalar ta`lim tarbiyasi borasida ota-onalar bolan fikr almashildi. Rejada muvofiq musiqa rahbari bilan hamkorlikda logoritmika mashg`ulotini yuritdik. Jismoniy tarbiya yo`riqchisi bilan hamkorlikda umumiy va mayda qo`l matorikasini rivojlantirish faoliyatlari olib borildi.



Nutq kamchiligiga ega bo`lgan bolalar xaritasi to`ldirildi bolalarni 2- guruhda bo`lib frontal va yakka tartibdagi mashg`ulotlar o`z vaqtida olib borildi. Faoliyatlarda interfaol usullardan foydalanildi. Bolalarda mavjud bo`lmagan bolalarni tovushini shakllantirdim. Mavjud tovushlarni mustahkamlab, fonetik – fonematik idroki rivojlantirildi. Umumiy va mayda qo`l matorikasini rivojlantiruvchi ko`rgazmalar yasadim. Logopedik masajni gigiyena qoidalarga muvofiq bajardim. Guruhli faoliyatlarni o`yin tarzida olib bordim. Mashg`ulotlarda bolalarning individual hususiyat kelib chiqqan holda yondashdim.
O`quv yilining 2- yarmida O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim sohasida qabul qilingan qarorlar, Davlat standarti , “Ilk qadam ” dasturini o`rganib chiqdim hamda o`zim uchun sohaga oid ma`lumotlarni to`pladim.
5-DMTT da pedagoglar bilan hamkorlik rejasi asosida tarbiyachi, metodist, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo`riqchisi, til o`qituvchisi, psixolog bilan hamkorlikda nutq kamchiligiga ega bo`lgan.
1. To`ymurodov Amir - 26.03.2017 yil “R” tovushini “G`” deb talafuz qiladi .
Tashhisi: Dislaliya
2.Safarov Muhriddin – 12.08.2017 yil Sanor tovushlardan “R-L” tovushlarini noto`g`ri talafuz qiladi.
3. Abdulloyev Jasur – 20.03.2016 yil Tashhis Disloliya nutqida sanor tovushlardan “R” ni noto`ri talafuz qiladi.
4.Narziyev Temur – 07.11.2016 yil nutqidagi S,Z- shovqinli R – sonar tovushini
Noto`g`ri talafuz qiladi.
5 Xusniddinova Ferangiz 23.06.2016 yil Tashhis Disloliya Nutqida R tovushini V deb talafuz qiladi. Xusniddinova Farangiz bilan 01.04. 2023 yil sanasidan boshlab korreksion ishlar olib borilib R tovushini nutqa qo`yishga doir artikulatsion mashqlar logoritmika qo`l matorikasini rivojlantirish R tovushiga oid mantiqiy va didaktik o`yinlar mexanik va taqlid qilish usullaridan foydalanib kamchiliklar bartaraf qilindi va sog`lomlashtirildi.
6. Abdulloyev Bobir – 19.11.2017 yil Tashhis Disloliya Sanor tovushlardan S, Z tovushlarini noto`g`ri talafuz qiladi.
7. Axtamova Hadicha- S tovshini noto`g`ri talafuz qiladi
8. G`afforova Mastura - 29.09.2017 yil Sanor tovushlardan R va shovqinli tovushlardan S tovushin noto`g`ri talafuz qiladi.
9. Adizov Azizbek- 21.01.2017 yil Shovqinli tovushlardan S- Z ni noto`g`ri talafuz qiladi.
Ushbu tarbiyalanuvchilar bilan ro`yxatga olingan kundan boshlab 31.05.2023 yilgacha korreksion ishlar olib borildi S va Z, R tovushlarni nutqqa qo`yishda doir artikulatsion mashg`ulotlar, qo`l matorikasini rivojlantiruvchi didaktik o`yinlar orqali mashg`ulotlarga qiziqtirib borildi. Nutqidagi kamchiliklar bartaraf etildi. Va sog`lomlashtirildi.
10. Tosheva Roziyaxon- 05.08.2017 yil Tashhis Disloliya R tovushini noto`g`ri talafuz qiladi. Mashg`ulotni davom ettiramiz
11. Rustamova Go`zal – 13.03.2017 yil Tashhis Disloliya Shovqinli tovushlardan S tovushini noto`g`ri talafuz qiladi Mashg`ulot davomida S tovushi nutiqqa qo`yildi. Endigi navbat Rustamova G`o`zalning fonetik –fonematik eshitishdagi kamchiligini bartaraf etish
12. Xojjayev Abbos 10.04. 2017 yil Tashhis Disloliya Tarbiyachining nutqida chuqur til orqa tovushi Q va sonar tovush R tovushi yo`q edi.Korreksion mashgulotlar natijasida Q tovushi talafuzga qo`yildi. Xojiyev Abbos bilan korreksion ishlari davom ettiramiz va R tovushi ustida ishlaymiz.
13. Bo`stonov Muhammad 27.06.2017 yil Tashhis Disloliya Nutqida R tovushini noto`g`ri talafuz qiladi. Mashg`ulotlarni davom ettiramiz
14.Raximov Shoxrux- 13.11.2017 yil Tashhis Disloliya nutqida chuqur til orqa tovushlari K G va Sanor tovushlar E tovushi yo`q edi.Korreksion mashg`ulotlar natijasida K, G tovushlari nunqqa qo`yildi va navbatdagi vazifa R tovushi ustida ishlash
15.Ismatov Imron- 08.08. 2017 yil Tashhis Disloliya Nutqida chuqur til orqa tovushlari Q – K va sanor tovushlar R- L ni noto`g`ri talafuz qiladi. Olib Borilgan korreksion pedagogik ishlar natijasida L-Q-K tovushlari nutqa qo`yildi Istamov Imron bilan R tovushi ustida ishlash davom ettiriladi.
Jami 15 nafar tarbiyalanuvchidan 9 nafari sog`lomlashtirildi va 6 nafar bola bilan mashg`ulotlar davom ettiriladi.


Yüklə 30,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin